Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

 
Ikkinchi seshanba: Oʻz
-
oʻziga achinish haqida 
suhbatlashamiz
 
Keyingi seshan
ba yana Morrini koʻrgani bordim. Undan keyingi 
seshanba kunlari ham. 
Ushbu tashriflarni siz oʻylaganingizdan-da 
koʻproq intiqib kutardim, oʻlayotgan odamning boshida oʻtirish uchun 
har hafta yetti yuz mil masofadan uchib borganimdan ham bilib 
olavering. Mo
rrining yonidaligimda oʻzimni boshqa davrga tushib 
qolgandik his qilardim va oʻsha davrdagi men oʻzimga koʻproq 
yoqardi. Aeroportdan manzilgacha boʻlgan masofani bosib oʻtishda 
foydalanish uchun ijaraga mobil telefon olishni toʻxtatdim. “Kerak 
boʻlsa, kutishadi”, - taʼkidlardim oʻzimga, Morriga taqlid qilib. 
Detroytda nashriyot bilan bogʻliq mojaro tinchimadi. Aksincha
yanada avj oldi. Ish tashlovchilar va ularning oʻrniga ishga olinganlar 
oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar sodir boʻla boshladi; yuk mashinalari 
qatnovini toʻsib, yoʻlga yotib olganlar kaltaklanar va hibsga olinardi. 
Shu voqealar taʼsiri ostida, Morri bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarim 
menga inson mehri yordamida poklanishdek tuyulardi. Biz hayot 
haqida, muhabbat haqida suhbatlashardik. Morrining sevimli 
mavzularidan biri 
– rahmdillik va jamiyatimizda uning taqchilligi 
sabablari haqida ham suhbatlashdik. Uchinchi tashrifimdan oldin 
“Non va tomosha” deb nomlangan doʻkonda toʻxtab oʻtdim – 
Morrining uyida ularning yorligʻi tushirilgan paketlarga koʻzim 
tushgandi, Morri ularning mahsulotlarini yoqtirsa kerak deb oʻyladim, 
– plastik idishga qadoqlangan sabzavotli vermishel, sabzi shoʻrva va 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
44
pahlava kabi bir qancha mahsulotlardan koʻpgina xarid qildim. 
Morrining kabinetiga kira solib, xuddi hozirgina bankni tunab 
qaytgandek, qoʻlimdagi paketlarni tepaga koʻtardim. 
– Oziq-ovqat yetkazib berish xizmati! – qichqirdim men. 
Morri koʻz qorachiqlarini aylantirib, jilmaydi. 
Men 
esa 
kasallik 
rivojlanishining 
yangi 
belgilari 
paydo 
boʻlmadimikan deb uni zimdan koʻzdan kechiraman. Barmoqlari 
qalam ushlash yoki koʻzoynagini tutib turish kabi vazifalarni yaxshi 
bajarayotgandi, lekin u qoʻllarini koʻkragidan yuqoriga koʻtara 
olmasdi. U kundan kunga oshxona va mehmonxonada kamroq vaqt 
oʻtkazib, koʻproq kabinetidagi yostiqlar, yopinchiqlar va qurib qolgan 
oyoqlari uchun maxsus yasalgan penoplast tirgaklar bilan yasatilgan 
yumshoq kresloda yotardi. Uning yonida qoʻngʻiroqcha turardi va 
yostiqni toʻgʻrilab qoʻyish yoki, uning tili bilan aytganda, “tashqariga 
chiqib kelish” zarur boʻlganda, qoʻngʻiroqni chalib, shaxsiy 
qarovchilari armiyasidagilardan biri 
– Konni, Toni, Berta yoki Eymini 
yordamga chaqirardi. Morri uchun qoʻngʻiroqni koʻtarish har doim 
ham oson kechmasdi va buni uddalay olmagan paytlari oʻzidan 
hafsalasi pir boʻlardi. 
Morridan “oʻzingizga achinasizmi?” deb soʻradim. 
– Baʼzan, ertalablari, – javob berdi u, – odatda aynan shu vaqtda 
motam tutaman. Uygʻonib, butun tanamni paypaslayman: qoʻllarim, 
barmoqlarim va boshqa nimaiki aʼzolarim ishlayotgan boʻlsa, 
hammasini q
imirlatib koʻraman va ishdan chiqqan tana aʼzolarimga 
aza tutaman. Oʻlim meni sekin-asta, makkorona yoʻl bilan mahv 
etayotganidan chuqur qaygʻuga botaman. Keyin esa birdaniga 
zorlanishni toʻxtataman. 
– Shunday osongina-ya? 
– Yigʻlagim kelsa, yaxshigina yigʻlab olaman. Lekin keyin diqqatimni 
meni hali tark etmagan ijobiy narsalarga qarataman. Mendan xabar 
olgani kelayotgan odamlarga. Ulardan eshitadigan hikoyalarga. 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə