Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
40
deb dunyoda nimalar sodir boʻlayotganiga qiziqmasligim kerakmi? 
– Balki. 
U xoʻrsindi. 
– Balki sen haqdirsan. Ehtimol, bu narsalar meni qiziqtirmasligi 
kerakdir. Bari bir ular 
qanday yakun topishini koʻrishga ulgurmasam. 
Lekin buni tushuntirish qiyin, Mich. Hozir oʻzim azob chekayotganim 
uchun 
boshqa 
azoblanayotganlarning 
dardini 
oldingidan-da 
yaxshiroq his qilaman. Yaqinda televizordan Bosniyada koʻchani 
yugurib kesib oʻtayotgan odamlar oʻqqa tutilganini, oʻldirilganini 
koʻrsatishdi. Begunoh qurbonlarni koʻrib, koʻzimga yosh keldi. Ular 
chekayotgan azob-
uqubatlarni oʻz boshimdan kechirayotgandek his 
qildim. U odamlarning hech birini tanimayman. Ammo… Qanday 
tushuntirsam ekan? Me
ni...ular bilan qandaydir rishta bogʻlab 
turgandek tuyuladi. 
Uning koʻzlari namlandi, men esa mavzuni oʻzgartirishga urindim, 
biroq u yuzini artib, qoʻlini siltadi. 
– Salga yigʻlaydigan boʻlib qolganman, — dedi u. — Eʼtibor berma. 
“Taajjub” ichimda oʻylayman men. Oʻzim yangiliklar sohasida 
ishlardim. Oʻlganlar haqidagi voqealarni yoritardim. Motam 
tutayotgan oila aʼzolari bilan suhbatlashardim. Hatto dafn 
marosimlarida ham ishtirok etardim. Lekin hech yigʻlamagandim. 
Morri esa dunyoning narigi yarmida yashayotgan insonlarning 
azoblanishini koʻrib koʻz-yosh toʻkayotgandi. Qiziq, odam umri 
oxirlaganda shu holatga tushib qolarmikan? Balki oʻlim oxir-oqibat 
mutlaqo begonalarni ham bir-
biriga achinib, koʻz-yosh toʻkadigan 
qilib qoʻyuvchi ulkan langarchoʻpdir. 
Morri sochiqchaga burnini qoqdi. 
– Sen bu narsani toʻgʻri tushunasan, a? Erkaklar ham yigʻlashini? 
– Albatta, — deb, javob qaytardim tezda. 
U jilmaydi. 
– Eh, Mich, men bilan koʻngli boʻsh insonga aylanasan. Kuni kelib, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
41
yigʻlash normal holat ekanini isbotlayman senga. 
– Ha, ha, — dedim men. 
– Ha, ha, — dedi u ham. 
Ikkimiz ham kulib yubordik, chunki Morrining yigirma yilcha oldin shu 
gapni koʻp takrorlash odati bor edi. Asosan, seshanba kunlari. 
Aslida, seshanba har doim birgalikda oʻtkazadigan kunimiz boʻlgan. 
Morrining men qatnashgan darslari seshanbada boʻlardi, uning 
qabul soatlari seshanba kunlariga belgilangandi, va nihoyat, men 
Morri tavsiya qilgan mavzuda diplom ishimni yozayotganimda ham 
boshidanoq Morri bilan seshanba kunlari goh uning kabinetida, goh 
universitet oshxonasida, gohida esa Perlman Xoll korpusining 
zinapoyalarida birga oʻtirib mavzu ustida ishlardik. 
Shu sababli hovlisida qizil zarang daraxti qad koʻtargan uydagi 
uchrashuvlarimizni ham seshanbadan boshqa kuni oʻtkazib 
boʻlmaydigandek tuyulardi. Ketishga hozirlanayotib, Morriga shu 
haqida eslatdim. 
– Biz seshanba odamlarimiz, — dedi u. 
– Seshanba odamlari, — takrorladim men. 
Morri jilmaydi. 
– Mich, sen oʻzim tanimagan insonlar haqida ham qaygʻurishim 
toʻgʻrisida soʻraganding. Lekin shu xastalik tufayli oʻzim anglab 
yetgan eng muhim narsa nimaligini aytaymi? 
– Nima ekan? 
– Hayotda eng muhim narsa bu — oʻzgalarga mehr ulashish va uni 
oʻzing ham qabul qilishni oʻrganish. 
Uning ovozi pasayib, shivirlab gapini davom ettirdi. 
– Mehrni qabul qila bilish. Oʻzimizni mehr-muhabbatga noloyiq deb 
oʻylaymiz; unga qalbimizni ochsak, oʻta koʻngilchan boʻlib qolamiz 
deb oʻylaymiz. Ammo Levin ismli bir dono kishi toʻgʻri aytgan: “Mehr-
muhabbat 
— bu yagona oqilona amal”. 
Taʼsirli chiqishi uchun bir oz tin olib, keyin yana takrorladi: “Mehr-


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
42
muhabbat 
— bu yagona oqilona amal”. 
Men odobli talaba kabi bosh irgʻab, tasdiqladim va u beholgina 
nafas chiqardi. Men uni bagʻrimga bosish uchun egildim. Keyin esa 
oʻzimga xos boʻlmagan ishni qilib, uning yuzidan oʻpib qoʻydim. 
Uning siyraklashib borayotgan soqol moʻylari yuzimga botib, 
bemajol qoʻllarini qoʻllarimga tegganini his qildim. 
– Demak, keyingi seshanba kelasan, a? — shivirlab soʻradi u. 
U sinfga kirib, bir soʻz aytmasdan kursisiga borib oʻtiradi. Indamay 
bizga qaraydi, biz unga qaraymiz. Avvaliga bir-ikki burchakdan 
qiqirlab kulgan ovoz eshitiladi, biroq Morri faqat yelkasini uchirib 
qoʻyadi, xolos. Oxir-oqibat, sinfni chuqur sukunat egallaydi va biz 
eng past tovushlarni ham ilgʻay boshlaymiz: xona burchagidagi 
is
itish radiatorining gʻuvullashi, baqaloq talabalardan birining 
pishillab nafas olishi. 
Baʼzilarimiz asabiylasha boshlaymiz. Qachon u biror gap aytarkan? 
Tipirchilab, qoʻl soatlarimizni tekshiramiz. Baʼzi talabalar oʻzlarini 
bularning barchasidan yuqoriroq turadigandek tutib, derazadan 
tashqarini tomosha qiladi. Oʻn besh daqiqacha davom etgan 
jimjitlikdan soʻng Morri pichirlab, sukunatni buzadi. 
– Bu yerda nima boʻlyapti? 
Sekin-
asta Morri koʻzlaganidek sukunatning inson munosabatlariga 
taʼsirini muhokama qila boshlaymiz. Nega jimjitlikdan xijolat 
chekamiz? Shovqin-suron bizga qanday tasalli beradi? 
Sukunat menga xalal bermaydi. Doʻstlarim bilan tinimsiz 
chugʻurlashsam-da, 
odamlar 
oldida 
his-
tuygʻularim 
haqida 
gapirishdan tortinaman, ayniqsa, ular kursdoshim b
oʻlmasa. Agar 
darsda shu talab qilinsa, men soatlab jimjitlikda oʻtirishim mumkin. 
Sinfdan chiqayotganimda Morri meni toʻxtatadi. 
– Bugun kam gapirding, — deydi u. 
– Bilmasam. Qoʻshimcha qilishga arzirli fikr kelmadi. 
– Menimcha, senda qoʻshimcha qilishga fikrlar koʻp. Rostini aytsam, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
43
menga yoshligida sen kabi oʻylarini ichida saqlashni xush koʻrgan bir 
kishini eslatasan, Mich. 
– Kimni? 
– Meni.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə