Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
28
universitet davridagidan koʻra ancha yuqori. Men kabi kishilarni 
nazariga ham ilmaydigan badavlat sportchilar haqida maqolalar 
yozaman. Endi yoshim atrofimdagilardan kichik ham emas, ortiq 
kulrang jemferlar kiyib olib, yoqilmagan sigaretni labimga qistirish 
orqali kattaroq koʻrinishga urinmayman ham. Tuxum salatli sendvich 
tanavvul qilish bahonasida hayot mazmuni haqida oxiri yoʻq 
muhokamalarga kirishmayman. 
Ish koʻpligidan nafas olishga ham vaqtim boʻlmasa-da, negadir 
hayotdan qoniqmaslik hissi meni taʼqib qilaveradi. 
Menga nima boʻldi? 
– Murabbiy, — deb yubordim beixtiyor uning eski laqabi yodimga 
tushib. 
Morrining yuziga nur yugurdi. 
– Shunday. Men hali ham murabbiyingman. 
U jilmayib qoʻydi va qirq daqiqa oldin boshlagan taomini yeyishda 
davom etdi. Men uning ovqatlanishini tomosha qildim: qoʻllari shu 
qadar ehtiyotkorona harakatlanardiki, koʻrgan kishi Morri endigina 
qoʻllaridan foydalanishni oʻrganyapti deb oʻylardi. U pichoqni 
mahkam tuta olmasdi: barmoqlari qaltirardi. Har bir tishlam uning 
uchun butun bir kurash edi: yutishdan oldin luqmasini maydalab 
chaynardi. Baʼzan chaynagani ogʻiz chetlaridan oqib tushar, u esa 
sochiqcha bilan labini artish uchun qoʻlidagini qoʻyishga majbur 
boʻlardi. Terisi bilagidan mushtigacha qarilik dogʻlari bilan qoplangan 
va shoʻrvadagi tovuqning terisidek osilib qolgandi. 
Biz 
– xasta qariya va yosh hamda sogʻlom erkak bir oz muddat xona 
sukunatiga gʻarq boʻlib, shu taxlit ovqatlandik. Xonadagi jimlik 
oʻngʻaysiz edi, lekin bu oʻngʻaysizlikni faqat men his qilayotgandek 
edim. 
– Oʻlim, — dedi toʻsatdan Morri, — qaygʻu chekishga arzigulik 
yagona narsa, Mich. Baxtsiz hayot kechirish umuman boshqa 
masala. Mendan xabar olgani kelganlarning koʻpchiligi baxtsiz. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
29
– Nega? 
– Xoʻsh, birinchidan, mavjud qarashlarimiz odamlarga oʻzlaridan 
qoniqish hosil qilish imkonini bermaydi. Biz yoshlarga yanglish 
qadriyatlarni singdiramiz. Jamiyatda mavjud qarashlar hayotingni 
zaharlasa, ularga amal qilma, deyish uchun jasorat kerak. Bunday 
hollarda oʻz qarashlaringni yarat. Bu narsa aksariyat kishilarning 
qoʻlidan kelmaydi. Ular mendan ham baxtsizroq, hattoki hozirgi 
ahvolimda ham. Men oʻlayotgan boʻlishim mumkindir, lekin meni 
yaxshi koʻradigan, mehribon yaqinlarim yonimda. Bunday deya 
oladiganlarning soni nechta deb oʻylaysan? 
Men uning 
zarracha ham oʻziga achinmayotganidan lol qoldim. 
Raqs tushish, suzish, yuvinish va hattoki yurish baxtidan mosuvo 
Morri; eshigi taqillasa, borib javob bera olmaydigan, yuvinib 
chiqqach, artinishni eplay olmaydigan, yotoqda mustaqil boshqa 
tomonga oʻgirilib yotishga ham yaramaydigan Morri. Qanday qilib 
shuncha narsani bu qadar xotirjam qabul qilish mumkin? Uning 
sanchqini zoʻrgʻa ishlatayotganini kuzatdim: pomidor boʻlagini 
olishga urindi, dastlabki ikki urinishda uddasidan chiqa olmadi 
– 
qanday achinarli holat; shunga qaramasdan, Morrining yonimda 
ekanligi, 
xuddi 
talabalik 
yillarimdagidek, 
menga 
qandaydir 
osoyishtalik baxsh etganini inkor etolmayman. 
Qoʻl soatimga koʻz tashladim, tarki odat – amri mahol, joʻnash 
vaqtim yaqinlashib qolgandi, uyga qaytish parvozim vaqtini 
oʻzgartirishimga toʻgʻri keladi, menimcha. 
– Bilasanmi, men qanday oʻlaman? — soʻradi u. 
Unga hayratlanib qaradim. 
– Boʻgʻilib oʻlaman. Koʻksov tufayli oʻpkam xastalikka dosh 
berolmaydi. ALS tobora yuqorilab boryapti. Allaqachon oyoqlarimni 
i
shdan chiqargan. U tez orada bilaklarim va qoʻllarimga yetib keladi. 
Va navbat oʻpkamga kelganida, — yelka qisib qoʻydi u, — umrim 
nihoyasiga yetadi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
30
Unga nima deyishni bilmasdim. 
– Bilasizmi...Oldindan biror narsa deb boʻlmaydi, — dedim 
kalovlanib. 
Morri 
koʻzlarini yumdi. 
– Men bilaman, Mich. Lekin sen qoʻrqma. Yaxshi umr kechirdim, 
oʻlim haqligini esa hammamiz bilamiz. Yana toʻrt-besh oycha vaqtim 
qolgan boʻlsa kerak. 
– Qoʻysangiz-chi, — dedim asabiylashib, — Hech kim anigʻini 
bilmaydi… 
– Men bilaman, – mayin ovozda javob qaytardi Morri. — Buni 
aniqlash mumkin boʻlgan kichik test ham bor. Menga shifokor 
koʻrsatgandi. 
– Test? 
– Bir necha marta nafas ol. 
Uning aytganini bajardim. 
– Yana bir marta nafas ol, faqat bu safar nafas chiqarayotganingda 
yana nafas olishdan oldin ulgurganingcha sana. 
Nafas chiqarar ekanman, tez sanay boshladim. 
– Bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz… 
Nafasim tugashidan avval yetmishgacha sanashga ulgurdim. 
– Yaxshi, — dedi Morri. — Oʻpkang sogʻlom. Endi meni kuzat. 
U nafas oldi va past, qaltiroq ovozda sanay boshladi. 
– Bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz, toʻqqiz, oʻn, oʻn bir, oʻn 
ikki, oʻn uch, oʻn toʻrt, oʻn besh, oʻn olti, oʻn yetti, oʻn sakkiz… 
Shundan soʻng toʻxtab, yutoqib nafas oldi. 
– Shifokor birinchi marta bu mashqni qilishimni soʻraganida, yigirma 
uchgacha sanagan edim. Hozir esa oʻn sakkizgacha. 
U koʻzini yumdi va bosh chayqadi: 
– Yonilgʻi bakim deyarli boʻshab qolgan. 
Asablarim taranglashganidan sonimga mushtladim. Koʻrganlarim bir 
kun uchun yetarli edi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
31
Morri bilan quchoqlashib xayrlashdim. 
– Keksa professoringni yana koʻrgani kel. 
Oxirgi xayrlashuvimizda bergan shu kabi vaʼdamni eslamaslikka 
harakat qilib, undan yana xabar olgani kelishga soʻz berdim. 
Morri bizga oʻqishni buyurgan kitoblarni universitetdagi kitob 
doʻkonidan xarid qilaman. Avvallari men mavjudligini ham bilmagan 
kitoblarni sotib olaman: “Yoshlik: shaxsiyat va inqiroz”, “Men va 
sen”, “Shaxsning ikkilanishi”. 
Universitetga kirishdan oldin 
inson munosabatlarini oʻrganish 
alohida fan hisoblanishi mumkinligini tasavvurimga ham sigʻdira 
olmasdim. 
Morrini 
uchratgunimcha, 
bunday 
narsalarga 
ishonmasdim. 
Uning kitoblarga boʻlgan ishtiyoqi shu qadar cheksizki, yuqtirib 
olmaslikni iloji yoʻq. Baʼzan darsdan keyin, sinfxona boʻshagach, 
jiddiy suhbatga kirishamiz. U menga hayotim toʻgʻrisida savollar 
beradi, keyin esa Erix Fromm, Martin Buber, Erik Eriksondan 
iqtiboslar keltiradi. Maslahat berar ekan, oʻzi ham aynan shunday 
fikrdaligi aniq boʻlsa-da, koʻp hollarda ularning fikrlarini keltirib oʻtadi. 
Aynan shu lahzalarda men uning shunchaki “amaki” emas, haqiqiy 
professor ekanligini tushunib yetganman. Kunlarning birida mening 
yoshimda jamiyat mendan nimalarni kutishi va oʻzim nimani 
xohlashimni aniq farqlab olish qiyinligidan shikoyat qildim. 
– Senga qarama-qarshiliklar tortishuvi haqida aytganmanmi? — 
soʻradi u. 
– Qarama-qarshiliklar tortishuvi? 
– Hayot tortishuvlar ketma-ketligidan iborat: goh oldinga, goh 
orqaga. Sen nimanidir qilishni xohlaysan, lekin butunlay boshqa 
narsani qilishga toʻgʻri keladi. Oʻzing uchun mutlaqo bezarar deb 
oʻylagan narsang seni jarohatlaydi. Hech narsa oʻz-oʻzidan 
boʻlmasligini bilsang ham maʼlum narsalarga ular bor boʻlishi 
shartdek qaraysan. Qarama-qarshiliklar tortishuvi r
ezina bogʻichni 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
32
tarang tortganingdagi holatga oʻxshaydi. Koʻpchiligimiz esa shu 
bogʻichning oʻrtasida yashaymiz. 
– Kurash musobaqasini eslatarkan, — deyman men. 
Kurash musobaqasi, — kuladi u. — Ha, hayotni shunday 
tasvirlasa ham boʻladi. 
– Xoʻsh, bu kurashda kim gʻolib chiqadi? — soʻrayman men. 
– Kim gʻolib chiqadi? — jilmayadi u egri tishlarini koʻrsatib. Koʻzlari 
atrofidagi ajinlar yigʻiladi. — Muhabbat gʻolib chiqadi. Har doim 
muhabbat gʻalaba qozonadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə