Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Uchrashuv
 
Boston tashqarisida joylashgan sokin Gʻarbiy Nyuton shaharchasida 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
22
ijaraga olingan 
mashinani Morrining koʻchasiga burar ekanman, bir 
qoʻlimda qahva finjonini tutib, quloq va yelkam orasiga esa qoʻl 
telefonimni qistirib olgandim. Telefon orqali prodyuser bilan 
televideniye uchun birgalikda tayyorlayotgan koʻrsatuvimiz haqida 
gaplashayotgandim. Bir koʻzim mashinaning raqamli soatida (bir 
necha soatdan keyin ortga uchishim zarur edi), ikkinchisi esa ikki 
chetiga qator daraxtlar ekilgan koʻcha boʻylab tizilgan pochta 
qutilarining raqamlarida edi. Mashina radiosi yangiliklar toʻlqiniga 
sozlangandi. Hayotim shu tarzda kechardi: bir vaqtning oʻzida 
beshta ishni bajarardim. 
– Tasmani orqaga aylantir, — dedim prodyuserga. — Shu qismini 
yana bir eshitib koʻrishim kerak. 
– Hozir, — javob berdi u. — Bir soniya. 
Kutilmaganda, Morrining uyiga yetib kelganimni angladim. Tormozni 
keskin bosganimdan, tizzamga qahva toʻkildi. Mashina toʻxtar ekan, 
baland qizil zarang daraxti va uning yaqinidagi yoʻlakda oʻtirgan uch 
kishiga koʻzim tushdi. Yosh yigitcha va oʻrta yoshlardagi ayol 
nogironlar aravachasidagi qariyaning ikki yonida oʻtirishardi. Morri. 
Nigohim keksa professorimga tushishi bilan muzlab qoldim. 
– Allo? — qulogʻimda prodyuserning ovozi jaranglardi. — Qayerga 
yoʻqolib qolding? 
Uni oʻn olti yildan beri koʻrmagandim. Yuzlari soʻlgʻin, sochlari 
siyraklashib, oqlari koʻpayibdi. Birdaniga hali u bilan uchrashishga 
tayyor emasligimni angladim. Birinchidan, telefondagi ishimni hal 
qilishim zarur edi. Ikkinchidan, Morri kelganimni sezmadi degan 
umidda shu atrofdagi mahallada bir-ikki aylanish qilib, ishlarimni 
bitirib olmoqchi, bahonada, ruhan uchrashuvga ham tayyorgarlik 
koʻrmoqchi edim. Biroq Morri – men bir vaqtlar yaqindan tanigan 
odamning soʻnib borayotgan nusxasi mashinaga qarab jilmayar, 
qovushtirilgan qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, mashinadan chiqishimni 
kutardi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
23
– Hoy? — chaqirdi prodyuser yana. — Shu yerdamisan? 
Birga oʻtgan damlarimiz, yosh paytim Morrining menga koʻrsatgan 
mehri va yaxshiliklari hurmati uchun ham telefonni oʻchirib, 
mashinadan chiqishim, yugurib borib quchoqlashib koʻrishishim 
kerak edi. Buning oʻrniga esa motorni oʻchirib, xuddi nimanidir 
izlayotgandek 
oʻrindiq ostiga engashdim. 
– Ha, ha, shu yerdaman, — shivirladim men va to ishimiz 
yakunlanmaguncha prodyuser bilan gaplashishda davom etdim. 
Yana oxirgi 
yillarda usta boʻlib ketgan hunarimni koʻrsatdim: ishimni 
hamma narsadan ustun qoʻydim, hatto umri tugab borayotgan 
professorimning maysazorda meni intizor kutib turgani ham meni 
bundan qaytara olmadi. Hozir bu qilmishimdan juda uyalaman, 
albatta, lekin oʻsha kuni oʻzimni aynan shunday tutdim. 
Besh daqiqalardan soʻng, Morri meni quchoqlab koʻrishayotgan, 
siyraklashib qolgan sochlari yuzimga tegib turar edi. “Tushib ketgan 
kalitimni qidirayotgandim, shunga mashinadan chiqishim qiyin 
boʻldi” deb aytdim va uni mahkamroq bagʻrimga bosdim, xuddi shu 
bilan kichkina yolgʻonimni ezgʻilab tashlay oladigandek. Bahor 
quyoshi iliq nur taratib turgan boʻlsa ham, Morri ustiga yengil kurtka 
kiyib, oyoqlarini yopinchiq bilan oʻrab olgandi. Undan bir oz achqimtil 
hid kelardi, odatda, kuni dori-
ukol bilan oʻtayotgan kishilardan 
shunday hid taraladi. Yuzi yuzimga yaqin kelganida, uning nafas 
olishi ham qiyinlashib qolganini sezdim. 
– Qadrdon doʻstim, — shivirladi u. — Va nihoyat qaytding, a! 
Morri tomon egilib turarkanman, u me
ni hech qoʻyib yuborgisi 
kelmas, bilaklarimdan tutib ohista chayqalardi. Shuncha yillar oʻtib 
ketgan boʻlsa ham professorning meni bunchalik iliq qarshi olishidan 
bir oz shoshib qoldim: oʻtmishim va hozirim oʻrtasiga qurilgan tosh 
devor tufayli bir paytlar 
qanchalik yaqin boʻlganimizni butunlay 
unutib 
yuborgandim. 
Bitiruv 
oqshomi, 
charm 
portfel, 
xayrlashayotganimizda uning koʻzlari yoshlangani yodimga tushdi 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
24
va boʻgʻzimga nimadir tiqilgandek yutinib qoʻydim, chunki men ortiq 
u bilgan sodda, iqtidorli talaba yigitcha emasligimni ich-ichimdan his 
etib turardim. 
Yaqin bir necha soat ichida u oʻzgarib ketganimni payqamaydi deb 
umid qilardim. 
Uyga kirgach, ovqatlanish xonasidagi yongʻoq daraxtidan boʻlgan 
stol yoniga oʻtirdik. Derazadan qoʻshnining uyi koʻrinib turibdi. Morri 
aravachasida 
tipirchilab, 
qulayroq 
joylashib 
olishga 
urindi. 
Odatdagidek, u meni taom bilan siylamoqchi boʻldi, yoʻq deya 
olmadim. Yordamchilaridan biri, Konni ismli baquvvat italyan ayol 
nonni kesib, pomidor toʻgʻrab berdi. Bir nechta idishda tovuqli salat, 
xumus va tabuli keltirdi. Keyin esa bir qancha hapdorilarni olib keldi. 
Morri dorilarga qarab, chuqur xoʻrsindi. Uning koʻzlari ancha 
choʻkkani, ozib ketganidan yonoq suyaklari boʻrtib qolgani 
eʼtiborimni tortdi. Bu oʻzgarishlar uni yanada qariroq va dagʻalroq 
qilib koʻrsatardi. Faqat u tabassum qilganida, osilib qolgan yonoqlari 
pardadek yigʻilib, dagʻallik qayergadir yoʻqolardi. 
– Mich, — dedi u. — Oʻlayotganimdan xabaring bor, deb oʻylayman. 
Albatta, bundan boxabar edim. 
– Nima ham derdim, — Morri hapdorilarni yutib, qogʻoz stakanni 
stolga qoʻydi va chuqur tin oldi. — Senga bu haqida gapirib 
beraymi? 
– Nima haqida? Oʻlish qandayligi haqidami? 
– Ha, — dedi u. 
Shu tarzda professor bilan soʻnggi fandan darslarimiz boshlangan, 
faqat hali men bundan bexabar edim. 
Universitetda birinchi kursman. Morrining yoshi universitetimiz 
professorlarining koʻpchiliginikidan ulugʻroq, meniki esa, maktabni 
bir yil ertaroq bitirganim uchun, kursdoshlarimnikidan kichikroq. 
Yoshimni yashirish maqsadida eski kulrang jemferlar kiyaman, 
sportzalda boks bilan shugʻullanaman, chekmasam-da, doim 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
25
labimga yoqilmagan sigaret qistirib yuraman. Toʻkilib qolgan 
“Merkuriy Kugar” mashinamning oynalarini tushirib, musiqani baland 
qoʻyib haydayman. Men oʻzligimni dagʻallikdan izlasam-da, 
Morrining yumshoqfeʼlligi meni oʻziga tortadi. U menga yosh boladek 
munosabatda boʻlmagani uchunmi, uning yonida oʻzimni xotirjam 
sezaman: kattaroq koʻrinishga urinmayman. 
U bizga dars bergan fan nihoyasiga yetgach, men yana u dars 
beradigan boshqa fanga yozilaman. Morridan baho olish oson
chunki ballar uni qiziqtirmaydi. Aytishlaricha, u bir yili 
– Vetnam 
urushi davrida barcha erkak talabalarga A baho qoʻyib, ularni armiya 
chaqiruvidan qutqarib qolgan ekan. 
Men Morriga “Murabbiy” deb murojaat qila boshladim, maktabda 
jismoniy tarbiya oʻqituvchimni shunday chaqirardim. Morriga bu 
laqab yoqdi. 
– Murabbiy — takrorlaydi u. — Nima ham derdim, endi murabbiying 
boʻlaman. Sen esa mening oʻyinchim boʻlasan. Hayotning men 
qarilik qiladigan moʻjizakor jabhalarida oʻrnimga toʻp surishing 
mumkin. 
Baʼzida universitet oshxonasida birga ovqatlanamiz. Morrining 
mendan battar palpisligi koʻnglimga taskin beradi. U chaynashni 
oʻrniga jagʻi tinmay gapiradi, ogʻzini katta-katta ochib kuladi, tuxumli 
salatga toʻla ogʻzi bilan joʻshqin nutqlar soʻzlaydi, bu paytda tishlari 
orasidan sargʻish tuxum boʻlakchalari har yoqqa sochilayotganiga 
zarracha eʼtibor bersa qani. 
Uning bu qiliqlari juda gʻashimni keltiradi. Tanishganimizdan beri 
meni nuqul ikki istak taqib qiladi: uni 
quchoqlab olish va qoʻliga 
sochiqcha tutqizish.
 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
26

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə