Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Sinfxona
 
Ovqatlanish xonasi derazasidan tushayotgan quyosh nurlari parket 
polni 
yoritib 
turardi. 
Biz 
deyarli 
ikki 
soatdan 
beri 
suhbatlashayotgandik. Telefon qayta-qayta jiringladi va Morri 
yordamchisi Konni
dan goʻshakni koʻtarishini soʻradi. U Morrining 
qora 
rangli kichik uchrashuv qaydlari daftarchasiga qoʻngʻiroq 
qiluvchilarning ismlarini yozayotgandi. Doʻstlari. Meditatsiya 
murabbiylari. 
Muhokama 
guruhi. 
Uning 
suratini 
jurnalida 
chiqarmoqchi boʻlgan muxbir. Keksa professorimdan xabar olishga 
oshiqayotgan bitta men emasligim ayon boʻldi: “Tungi xabarlar”dagi 
suhbat uni mashhur qilib yuborgandi. Biroq Morrining bunchalik 
serdoʻstligi meni hayratga soldi, balki bir oz hasad ham 
qilgandirman. Talabalik yillari
mizda atrofimda girdikapalak boʻlgan 
“oshna”larimni esladim. Qani hozir ular? 
– Bilasanmi, Mich, oʻlim toʻshagiga mixlanganimdan beri odamlar 
menga koʻproq qiziqish bildirib qoldi. 
– Siz har doim qiziqarli inson boʻlgansiz. 
– O, — jilmaydi Morri. — Juda iltifotlisan. 
“Hecham iltifotli emasman”, — xayolimdan oʻtkazdim. 
– Gap shundaki, — davom etdi Morri, — odamlar menga koʻprik 
sifatida qarashadi. Hozirgi ahvolimda meni tirik deb atash qiyin, 
lekin hali oʻlganim ham yoʻq. Na u yoqlik va na bu yoqlikman. 
Uni yoʻtal tutdi, soʻng yana yuziga tabassum yugurdi. 
– Men buyuk safarga otlandim, odamlar esa soʻnggi yoʻlga nimalarni 
hozirlash zarurligini aytib ketishimni kutishyapti. 
Yana telefon jiringladi. 
– Morri, gaplasha olasizmi, — soʻradi Konni. 
– Bandman, eski qadrdonim meni koʻrgani kelgan, — taʼkidladi u, — 
keyinroq qoʻngʻiroq qilishsin. 
U meni bunchalik iliq kutib olganining sababi menga qorongʻi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
27
Menda uni oʻn olti yil oldin tark etgan istiqboli porloq talabadan asar 
ham qolmagan. “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi boʻlmaganida, Morri men 
bilan qayta koʻrishmasdan oʻlib ketgan boʻlarmidi. Oʻzimni oqlash 
uchun zamonamizning barcha vakillari keltirishi mumkin boʻlgan 
yagona bahona bor edi: oʻzimning ham tashvishlarim boshimdan 
oshib-toshib yotgandi. Juda band edim. 
“Menga nima boʻldi?”,
— savol berdim oʻzimga. Morrining baland va 
boʻgʻiq ovozi meni boylar – zolim, koʻylak va boʻyinbogʻ – 
qamoqxona liboslari, tongda oʻrningdan turgach mototsiklda 
yuzingni shamolga tutib Parij koʻchalari boʻylab uchish yoki Tibetga 
yoʻl olish erkinligidan mosuvo hayot – hayot emas, deb yurgan 
talabalik yillarimga qaytardi. 
Menga nima boʻldi? 
Saksoninchi yillar keldi. Keyin toʻqsoninchi yillar. Oʻlim va xastalik 
nimaligini koʻrdim, semirdim, sochlarim toʻkila boshladi. Sanoqsiz 
orzularimni kattaroq maoshga almashdim, qizigʻi, nimalardan voz 
kechayotganimni anglab yetganim ham yoʻq. Yonimda oʻtirgan Morri 
esa, goʻyoki men uzoq taʼtildan qaytgandek, hali ham universitet 
yillaridagidek dunyoga hayrat bilan boqardi. 
– Qalbingni tortiq qilishga arzirli insonni topdingmi? — soʻradi u. 
– Odamlarga yaxshilik qilyapsanmi? 
– Qalbing xotirjammi? 
– Qoʻlingdan kelganicha insoniylikka intilyapsanmi? 
Yillar davomida oʻzimni aynan shu savollar ustida chuqur bosh 
qotirgandek koʻrsatishga urinib, yolgʻon ketidan yolgʻon qalashtirdim. 
Menga nima boʻldi?
Hech qachon pul uchun ishlamayman, Tinchlik 
Korpusiga qoʻshilaman, dunyoning goʻzal va ilhombaxsh yerlarida 
hayot kechiraman deb oʻzimga vaʼda bergandim-ku. 
Aslida esa, mana oʻn yildirki, faqat bir joyda – Detroytda ishlayman, 
faqat bitta bank xizmatlaridan foydalanaman va faqat bitta 
sartaroshga qatnayman. Yoshim oʻttiz yettida; kompyuter, modem 
va mobil telefonlar asiriga aylanganman, mehnat samaradorligim 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə