Моррининг сешанба дарслари


Birinchi seshanba: borliq haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Birinchi seshanba: borliq haqida suhbatlashamiz
 
Konni eshikni ochib, meni ichkariga taklif qildi. Morri oshxona stoli 
yonida nogironlar aravachasida oʻtirar, keng paxta koʻylak va undan 
ham kengroq ishton kiyib olgandi. Morrining oyoqlari qurib, soni ikki 
kaft ichiga sigʻadigan darajada ozib ketganligi sababli uning ishtoni 
haddan tashqari keng boʻlib koʻrinardi. Agar tik tura olganda edi
boʻyi besh futdan oshmas, oltinchi sinf bolasining jinsi shimi unga 
bemalol sigʻgan boʻlardi. 
– Sizga bir narsa keltirdim, — jigarrang qogʻoz qopchani qoʻlimda 
tutganc
ha eʼlon qildim men. Aeroportdan kelishimda yoʻl yoqasidagi 
doʻkonda toʻxtab, bir oz kurka goʻshti, kartoshka salat, makaron 
salat va bir nechta kulcha non sotib olgandim. Uyda yetarlicha oziq-
ovqat borligini bilardim, shunday boʻlsa-da, nimadir hadya qilishni 
xohladim. Boshqa usulda yordam berishga ojiz edim. Bundan 
tashqari, Morrining ovqatxoʻrligi ham yodimda edi. 
– Ehhe, shuncha yegulik, — Morrining yuziga xursandchilik yugurdi. 
— Lekin endi bularni birga yeyishmasang boʻlmaydi. 
Atrofi toʻqima kursilar bilan oʻralgan oshxona stoli yoniga oʻtirdik. Bu 
safar oʻn olti yillik ayriliqning oʻrnini toʻldirishga ehtiyoj boʻlmagani 
sababli bir pasda universitet davridagi mavzularimiz muhokamasiga 
shoʻngʻidik. Morri menga savollar beradi, javoblarimni tinglaydi va 
ora-
orada toʻxtatib, tajribali oshpaz taom taʼmini yaxshilash uchun 
unga ziravor qoʻshgani kabi men aytishni esdan chiqargan yoki 
mening xayolimga kelmagan fikrlar bilan mulohazalarimni toʻldirib 
turadi. U nashriyotimizdagi ish tashlash haqida soʻradi va 
kutilganidek nima sababdan ikkala tomon oddiygina muloqotga 
kirishib, muammolarini hal qilib qoʻya qolmasligi uning mantigʻiga 
sigʻmasdi. Unga hamma ham u kabi dono emasligini aytdim. 
Vaqti-vaqti bilan hojatxonaga borish uchun tanaffus qilishimizga 
toʻgʻri kelardi: bu jarayon anchagina vaqt olardi. Konni uni 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
39
aravachasida 
hojatxonagacha 
surib 
borar, 
keyin 
turishga 
yordamlashib, tuvakka hojatini chiqarguncha suyab turardi. Har 
safar hojatxonadan qaytganda sillasi qurigani koʻrinib turardi. 
– Ted Koppelga yaqin orada kimdir orqamni ham artib qoʻyishiga 
toʻgʻri kelishini aytganim, esingdami? — soʻradi u. 
Men kuldim. Bunday gaplar osonlikcha esdan chiqmaydi. 
– Xullas, oʻsha kun yaqinlashyapti. Shu narsa meni xavotirga soladi. 
– Nega? 
– Chunki bu qaramlikning yaqqol belgisi. Kimdir tagingni artib 
qoʻyishi. Lekin buni ustida ishlayapman. Shu jarayondan ham zavq 
olishga urinyapman. 
– Zavq olishga? 
– Ha. Bundoq oʻylab qarasam, yana bolalikka qaytish imkonim bor 
ekan. 
– Bu jarayonga oʻzgacha nigoh bilan qarash. 
– Endi hayotga oʻzgacha nigoh bilan boqishga majburman. Tan 
olaylik: bozor-
oʻcharga chiqolmayman, toʻlovlarni amalga oshirish 
uchun bankka borolmayman, chiqindilarni tashlab kelishga ham 
yaramayman. Ammo shu yerda qolgan kunlarimni sanab, hayotda 
oʻzim uchun muhim deb oʻylagan narsalarimni kuzatib oʻtirish 
qoʻlimdan keladi. Buning uchun menda sabab ham bor, vaqtim ham 
bemalol. 
– Demak, — dedim men ham javobimda uning sinik kayfiyatini aks 
ettirib, 
— hayot mazmunini topishning siri uydagi chiqindilarni 
tashqariga chiqarmaslikda ekan-da? 
Uning gaplarimdan kulganini koʻrib yengil tortdim. 
Konni ovqatdan boʻshagan idishlarni olib chiqib ketarkan, koʻzim 
gazetalar toʻplamiga tushdi. Ular men kelishimdan oldin oʻqilgani 
koʻrinib turardi. 
– Yangiliklarni kuzatib borasizmi? — soʻradim men. 
– Ha, — dedi Morri. — Bu senga gʻalati tuyulyaptimi? Oʻlyapman 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə