Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
58
oʻzini. 
Keyingi yil Morrining hayotiga xaloskor inson kirib keldi: oʻgay onasi 
Iva. U ruminiyalik muhojir boʻlib, past boʻyli, jingalak sochli, koʻrimsiz 
ayol edi. Kamida ikkita ayolning gʻayrati bor edi unda. Ayol uyda ota 
yaratgan boʻgʻiq muhitga iliq nur olib kirdi. Er jim qolganda, ayol uni 
gapga solar, tunlari esa bolalarga qoʻshiq kuylab berardi. Uning 
tinchlantiruvchi ovozi, uy vazifalarini bajarishga yordamlashishi, oʻjar 
tabiati Morrining koʻngliga malham boʻlardi. Hali ham oyogʻiga 
maxsus moslama kiyib yurgan ukasi shifoxonadan qaytganida, 
ikkalasi oshxonadagi yigʻma karavotda birga uxlaydigan boʻlishdi. 
Iva har tun uyquga ketishdan oldin ularga xayrli tun tilab, oʻpib 
qoʻygani kirardi. Morri ushbu oʻpichlarni kuchukcha sutini kutgani 
kabi oshiqib kutar, qalbining tub-
tubida yana onalik boʻlgandek his 
qilardi oʻzini. 
Ammo qashshoqlik ularni hech tark etay demasdi. Endilikda ular 
Bronksga koʻchib oʻtib, Tremon Avenyudagi pishiq gʻishtdan 
qurilgan 
koʻp qavatli uyning bir xonali xonadonida istiqomat 
qilishardi. Uy yaqinida usti ochiq italyan qovoqxonasi joylashgan 
boʻlib, u yerda qari kishilar yoz oqshomlarini bochchi oʻynash bilan 
oʻtkazishardi. Buyuk iqtisodiy inqiroz sababli Morrining otasiga 
moʻynachilik bozorida ish topish yanada qiyinlashdi. Baʼzan oila 
kechki ovqatga oʻtirganda, Iva dasturxonga qoʻygani nondan boshqa 
narsa topmasdi. 
– Yana nima bor yegani? — soʻrardi Devid. 
– Boshqa hech narsa yoʻq, — javob qaytarardi Iva. 
Morri va Devidni uxlashga yotqizayotib, Iva ularga yahudiy tilida 
ashula aytib berardi. Hatto qoʻshiqlar ham gʻamgin va gʻarib edi. 
Sigaret sotishga urinayotgan qizcha haqidagisi boʻlardi: 
Sigaretlardan olib qoling, 
Ular quruq: yomgʻirda ivimagan. 
Yetimchaga rahmingiz kelsin. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
59
Ogʻir oilaviy sharoitga qaramasdan, Morri odamlarga mehr berish va 
oʻzgalar haqida qaygʻurishga oʻrgatilgandi. Va ilm olishga ham. Ivani 
faqat aʼlo baholar qoniqtirardi, chunki u taʼlimni qashshoqlikdan 
qutulishning yagona chorasi deb bilardi. Uning oʻzi ham ingliz tilini 
yaxshiroq oʻrganish uchun tungi maktabga qatnardi. Ivaning 
mehnatlari tufayli Morri bilimga chanqoq boʻlib oʻsdi. 
U tunlari oshxona stolida, chiroq yorugʻida dars qilardi. Ertalablari 
esa onasi uchun marhumlar haqqiga oʻqiladigan duo – Izkor aytgani 
sinagogaga qatnardi. Qanchalik ishonish qiyin boʻlmasin, otasi unga 
marhuma onasini tilga olishni taqiqlab qoʻygandi. Charli yosh 
Devidning Ivani oʻz onasidek koʻrishini xohlardi. 
Morri uchun bu 
oʻta ogʻir yuk edi. Yillar davomida onasidan qolgan 
yagona yodgorlik uning oʻlimi haqidagi telegramma edi. U 
telegrammani kelgan kuniyoq yashirib qoʻygandi. 
Morri uni butun umr yonida saqladi. 
Morri oʻsmirlik yoshiga yetganda, otasi uni oʻzi ishlaydigan moʻyna 
fabrikasiga olib bordi. Buyuk iqtisodiy inqiroz yillari edi. Otasi 
Morriga ish topib berish maqsadida yurardi. 
U fabrikaga qadam qoʻyishi bilan devorlar uni toʻrt tomondan 
qurshab olgandek boʻldi. Xona qorongʻi va issiq, deraza oynalari 
kirlanib yotar, bir-
biriga tiqib oʻrnatilgan mashinalar poyezd 
gʻildiraklaridek taraqlab ishlardi. Havoda uchib yurgan moʻyna 
tolalari nafas olishni ogʻirlashtirar, ishchilar igna ustida 
bukchaygancha moʻyna boʻlaklarini bir-biriga yoʻrmalab ulashar, 
xoʻjayin esa qatorma-qator yurib, ularni tezroq ishlashga chaqirardi. 
Morri zoʻrgʻa nafas olardi. U otasining yonida yuragini hovuchlab 
turar, xoʻjayin unga ham baqirib qolishi mumkinligidan dahshatga 
tushardi. 
Tushlik payti otasi Morrini xoʻjayinning oldiga olib bordi. Bolani 
oldinga itarib, unga biror ish topilarmikan deb soʻradi. Ammo 
kattalarga ham deyarli ish yoʻq edi, bor ishchilar esa fabrikani tark 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
60
etish niyatida emasdi. 
Shu holat Morriga najot boʻldi. U bu jirkanch joyni tezroq tark etishni 
xohlardi. Morri shu onda o
ʻzicha qasam ichdi va umrining oxirigacha 
unga sodiq qoldi: u hech qachon insonlar ekspluatatsiya qilinadigan 
ishda ishlamaydi va boshqalarning peshona teri evaziga pul 
topmaydi. 
– Kim boʻlmoqchisan unda? — soʻrardi Iva. 
– Bilmadim, — javob qaytarardi Morri. U huquqshunoslikni 
roʻyxatdan oʻchirib tashlagandi, chunki huquqshunoslarni yomon 
koʻrardi. Shuningdek, tibbiyotni ham roʻyxatdan chiqarishga toʻgʻri 
keldi, chunki qondan qoʻrqardi. 
Kim boʻlmoqchisan? 
Hayotimda uchratgan eng yaxshi professor tasodifan o
ʻqituvchilikni 
tanlagandi.
“Oʻqituvchi abadiyatga taʼsir koʻrsata oladi, uning taʼsiri qayerda 
tugashini hech qachon bilib boʻlmaydi”. 
Genri Adams

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə