Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Qavs 
 
Qavsning o‘zbek yozuda tinish belgisi sifatida qo‘llanishi XIX 
asrning 70-yillaridan boshlangan. Qavs struktura jihatdan ikki 
elementli tinish belgisi sanaladi. Uning 1-elementi ochiluvchi qavs, 
2- elementi yopiluvchi qavs deb yuritiladi. Yopiluvchi qavs raqam 
yoki harf bilan belgilashda ishlatiladi. 
Qavs:
1.
Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror qismiga 
qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z yoki iboralar qavsga olinadi:
 Salomat 
opa (adabiyot muallimasi) ertaga shoir bilan uchrashuvga 
kelishimizni tayinladilar

Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki 
nuqta, tire) qavsdan so‘ngga ko‘chiriladi. 
2.
Kirish gaplar, remarkalar qavs bilan beriladi:
 Qirg‘iz 
O‘roz belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni 
(kim biladi, buni qachonlardan beri saqlab keladi) chiqarib 
sekingina tashladi. (O.); Maryamxonim (yig‘lab); Majburiyat keltirdi 
mani? 
(H.H) 
3. Misol yoki ko‘chirmalar manbai qavs ichida beriladi: “Turk 
nazmida men chu tortib alam...” (Navoiy) 
Qo‘shtirnoq
quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1.
Ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘yiladi.
2.
Kinoya bilan aytilgan so‘z yoki so‘z birikmalari 
qo‘shtirnoqqa olinadi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
167 
167
3.
 
Badiiy asarlar, ayrim uyushma, korxonalar nomi, orden 
va medal nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: “
Layli va Majnun” dostoni, 
“Mustaqqillik ordeni”, “Yulduz”ishlab chiqarish birlashmasi. 
Qo‘shtirnoqqa olingan so‘z turlovchi qo‘shimcha bilan kelsa, bu 
qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi:.
.. erining “kirdikori 
”dan xabardor bo‘lganday o‘smoqchiladi 
Shakarxon. (H.N) 
Gaplar qo‘shtirnoqqa olinganda so‘roq, undov belgilari 
qo‘shtirnoq ichida, nuqta, vergul qo‘shtirnoqdan tashqarida qo‘yiladi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə