Muallifdan


Fraza – nutqning yagona intonasiyaga ega o‘zaro to‘la pauza  bilan ajraluvchi qismi.  Fonetik transkripsiya



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Fraza
– nutqning yagona intonasiyaga ega o‘zaro to‘la pauza 
bilan ajraluvchi qismi. 
Fonetik transkripsiya
– talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi 
va xorijiy tillar lug‘atida keng qo‘llaniladi. Har bir talaffuz qilingan 
tovushni aks ettirish fonetik transkripsiyaning asosiy vazifasidir. 
Transkripsiya har qanday alfavitga asoslangan bo‘lishi mumkin. 
Ba'zi maxsus tovushlarni belgilash uchun esa diakritik belgilardan, 
boshqa alifbelardan qo‘shimcha belgilar olishdan, mavjud belgilarni 
teskari yozish yo‘lidan foydalaniladi. Fonetik transkripsiya chet tilini 
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.. 
Fonematik transkripsiya
– Grammatika kitoblarida misollarning 
morfologik strukturasini ko‘rsatish uchun ko‘proq ishlatiladi, chunki 
bunday hollarda so‘z talaffuzidan ko‘ra so‘z tarkibi ahamiyatlidir; 
mazkur transkripsiya asosan fonemalarni qanday o‘rinda ishlatilgan 
bo‘lishidan qat'i nazar, doim bir xil belgi bilan ko‘rsatishdir. 
Flektiv tillar 
–o‘zak morfema va affiksal morfema chegarasini 
ajratish qiyin bo‘lgan tillar. 
Unga xos belgilar: 
-
bir affiks bir necha ma’noni beradi 
-
affiks bir vaqtda ham shaxs, zamon va sonni ko‘rsatishi 
mumkin. 
-
affiks bir necha variantga ega bo‘lishi mumkin 
-
o‘zak va negizga affikslar qo‘shilganda tovushlar almashinuvi 
kuzatilishi mumkin. 
-
o‘zak va negiz, negiz va grammatik affikslar o‘rtasidagi 
chegarani belgilash qiyinchilik tug‘diradi. 
Fonetika
– tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil 
bo‘lishi, tiplari, tovushlar o‘zgarishi, bo‘g‘inlar, ularning tuzilishi 
tiplari, strukturasi; urg‘u, urg‘u tiplari va intonatsiya haqidagi 
tarmog‘idir. 
Vulgarizm (lot.)- dag‘al so‘z. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173 
173
Grammatika 
(yun.)-tilshunoslikning 
so‘z 
shakllari 
(shakl 
yasalishi), so‘z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik 
qurilishi) haqidagi bo‘limi. 
Grammatik ma’no - so‘zning shakliy qismi grammatik shakli 
ifodalaydigan ma’no. 
Grafika (yun.)-nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining 
muayyan tuzilishi. 
Dialekt 
(yun.)-umumxalq 
tilining ma’lum bir hududda 
qo‘llanadigan ko‘rinishi. 
Dialog (yun.)- suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan 
nutqi. 
Jargon (fr.)- biror guruh vakillarining o‘z nutqi bilan 
ko‘pchilikdan 
ajralib 
turish 
maqsadida 
o‘zgacha ma’noda 
qo‘llaydigan so‘z va iboralar. 
Leksema (yun.)- tilning lug‘at tarkibiga xos birlik; til 
qurilishining lug‘aviy ma’no anglatuvchi birligi. 
Leksik ma’no- so‘zning material qismi (leksema) bildiradigan 
ma’no; lug‘aviy ma’no. 
Lingvistika - tilshunoslik. 
Morfema (yun.)- tilning ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga 
bo‘linmaydigan eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zak 
(so‘z) morfema; 2) affiksal morfema (qo‘shimcha morfema). 
Morfemika-morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari haqidagi 
bo‘lim, ta’limot. 
Morfologiya (yun.)-grammatik ma’no so‘z shakllari, so‘z 
turkumlari haqidagi grammatik ta’limot. 
Neologizm (yun.)- yangi so‘z, iboralar. Neologizmlar – 
taraqqiyotni jadallashtirishga aloqador tushunchalarni belgilash 
maqsadida yaratilgan yangi, hali o‘zlashib ketmagan so‘zlardir. 
Numerativ-hisob so‘zlari. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə