Muallifdan


German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49 
49
a) 
ingliz tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 400 millionga 
etadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy 
Amerika Shtatlari, Kanada, Janubiy Amerika Ittifoqi va boshqa 
joylarda yashaydi. Ingliz tili buyuk Britaniya (Poytaxti London), 
Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlari (poytaxti Vashington), Kanada 
(poytaxti Ottava) kabi bir qancha mamlakatlarning davlat tilidir;
b
) nemis tili
. Nemis tili Germaniya Federativ Respublikasining 
(poytaxti Berlin), Avstriya Respublikasining (poytaxti Vena) davlat 
tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 100 milliondan oshadi);
v) 
daniya tili.
Bu til Daniyaning (poytaxti Kopengagen) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 4 millionga yaqindir;
g) 
shved tili
. Bu til Shvetsiyaning (poytaxti Stokgolm) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda 7 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
d) 
norveg tili
. Bu til Norvegiyaning (poytaxti Oslo) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda 3,5 million kishi so‘zlashadi;
e) 
golland tili.
Bu til Gollandiyaning (Niderlandiyaning) (poytaxti 
Amsterdam) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 million kishi so‘zlashadi;
j
) island tili
. Bu til Islandiyaning (poytaxti Reykyavik) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda 250 ming kishi so‘zlashadi.
O‘lik tillardan vesgod va ostgot tillari ham german tillari guruhiga 
kiradi.
6. Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: 
a) 
fransuz tili
. Bu til Fransiyaning (poytaxti Parij) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda 60 million kishi so‘zlashadi;
b) 
italyan tili
. Bu til Italiyaning (poytaxti Rim) davlat tili bo‘lib, 
bu tilda 50 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) 
ispan tili.
Bu til Ispaniyaning (poytaxti Madrid) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda 95 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
g) 
portugal tili.
Bu til Portugaliyaning (poytaxti Lissabon) davlat 
tilib bo‘lib, bu tilda 45 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
d) 
rumin tili
. Bu til Ruminiya Respublikasining (poytaxti 
Buxarest) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 18 millionga yaqin kishi 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50 
50
so‘zlashadi; 
e) 
moldava tili
. Bu til Moldaviya respublikasining (poytaxti 
Kishinev) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi 
so‘zlashadi;
j) 
provansal tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 milliondan ko‘p 
kishi bo‘lib, ular Fransiyaning janubi-sharqida yashaydi;
z) 
sardin tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq bo‘lib, 
ular Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi;
i) 
katalan tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar besh milliondan oshiq 
kishi bo‘lib, ular asosan, Ispaniyada yashaydi;
k) 
reto-roman tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 550 ming kishi 
bo‘lib, ularning aksariyati Italiyada yashaydi.
O‘lik tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga 
kiradi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə