Muallifdan


XVII. Eskimos tillari guruhi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
XVII. Eskimos tillari guruhi
. Bu tillar guruhiga: eskimos tili (bu 
tilda so‘zlashuvchilar Chukotka yarim orolida, Vrangel‘ orolida, 
alyaskaning shimolida, Kanadada. Grenlandiyada yashaydi) va aleut 
tili (bu tilda so‘zlashuvchilar Komandor va Aleut orollarida 
yashaydi) kiradi.
XVIII. Amerika hindularining tillari.
Amerika hindularining 
tillari 200 dan oshiq bo‘lib, ular uch guruhga:
1) Shimoliy Amerika; 2) Markaziy Amerika; 3) Janubiy Amerika
guruhlariga bo‘linadi.
XIX. Austr-Osiyo tillari
. Bu tillarga: mon-kxmer (6 millionga 
yaqin kishi so‘zlashadi), bunda (6 milliondan ko‘p kishi so‘zlashadi), 
malakk, markaziy va janubi-sharqiy tillar guruhi kiradi.
XX. Hech qanday tillar guruhiga
kirmagan Uzoq Sharq tillari:
1) 
yapon tili.
Yaponiyaning (poytaxti Tokio) davlat tili bo‘lib, bu 
tilda 100 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
2) 
ryukyu tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar Ryu-Kyu orolida 
yashaydi;
3) 
quriya (koreya) tili
. Quriya Xalq Demokratik Respublikasining 
(poytaxti Pxen‘yan) davlat tili va Janubiy Quriya Respubilkasining 
(poytaxti Seul) davlat tili bo‘lib, bu tilda 60 milliondan ortiq kishi 
so‘zlashadi;
4) 
ayn tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 18 mingga yaqin bo‘lib, ular 
Yaponiyaning shimolidagi Xokkaydo orolida yashaydi.
XXI. Burjaski tili.
Bu til ham hech qanday guruhga kirmaydi. Bu 
tilda so‘zlashuvchilar 30 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular 
Hindistonning shimolida, Qorakorum dovonlarida yashaydi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, geneologik tasnif har 
bir tilning kelib chiqishini, tarixiy taraqqiyotini, tillarning o‘zaro 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
59 
59
munosabatini hozirgi ahvolini va shu kabi qator masalalarni chuqur 
o‘rganishni talab qiladi. Lekin anchagina tillar bu jihatdan ham 
chuqur tekshirilib o‘rganilmagan. Shuning uchun bu tillarning qaysi 
tillar bilan qardosh ekanligi, qaysi til oilasiga, qaysi til guruhiga 
mansub ekanligi ham hali hal qilinmagan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə