Muallifdan


Fin tillariga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
2. Fin tillariga quyidagilar kiradi:
a) 
fin tili
. Bu til Finlandiyaning (poytaxti Xel‘sinki) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda 
so‘zlovchilarning bir qismi Kareliya Respublikasida yashaydi;
b) 
eston tili
. Bu til Estoniya respublikasining (poytaxti Tallin) 
davlat tili bo‘lib, bu tilda bir milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. 
3. Ming kishi so‘zlashadigan veps tili, 15 ming kishi 
so‘zlashadigan ijor tili ham fin tillari guruhiga kiradi. Bu tillarda 
so‘zlashuvchilar Sankt-Peterburg viloyatida yashaydilar;
v) 
komi-permyak tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 180 mingga yaqin 
kishi bo‘lib, ular Rossiya Federasiyasining Komi-Permyak milliy 
okrugida yashaydilar;
g) 
komi-ziryan tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 250 mingga yaqin 
kishi bo‘lib, ular Komi Respublikasida yashaydilar;
d) 
udmurd tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 580 ming kishi bo‘lib, 
ular Udmurd Respublikasida yashaydilar.
e) 
mari tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 500 mingga yaqin kishi 
bo‘lib, ular asosan, Mari Respublikasida yashaydilar.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
54 
54
Bulardan tashqari, erzya va moksha-ijor tillari ham fin tillari 
guruhiga kiradi.
V. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi:
a) 
ozarbayjon tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 15 
milliondan oshadi. Bulardan 9 milliondan ko‘prog‘i Eronda, 6 
milliondan ko‘prog‘i esa Ozarbayjonda yashaydi. Bu til Ozarbayjon 
Respublikasining (poytaxti Boku) davlat tilidir;
b
) turk (usmonli turk) tili.
Bu til Turkiyaning (poytaxti Anqara) 
davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) 
turkman tili
. Bu til Turkmaniston Respublikasi (poytaxti 
Ashxobod) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi 
so‘zlashadi;
g) 
o‘zbek tili.
Bu til O‘zbekiston Respublikasining (poytaxti 
Toshkent) davlat tili bo‘lib, bu tilda 16 milliondan ortiq kishi 
so‘zlashadi;
d) 
qozoq tili
. Bu til Qozog‘iston respublikasining (poytaxti Olma 
Ota) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
e) 
qirg‘iz tili
. Bu til Qirg‘iziston Respublikasining (poytaxti 
Bishkek) davlat tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ortiq kishi 
so‘zlashadi;
j) 
tatar (Qozon tatarlari) tili.
Bu til Tatariston Respublikasining 
asosiy davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilar 6,5 milliondan 
ortiqdir;
z) 
uyg‘ur tili.
Bu tilda so‘zlashuvchilar 5 milliondan ortiqroq 
bo‘lib, ular asosan Xitoy Xalq Respublikasining Sin szan-uyg‘ur 
avtonom tumanida yashaydilar;
i) 
chuvash tili
. Bu til Chuvash Respublikasida yashovchi xalqning 
tili bo‘lib, bu tilda 1,5 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi;
k) 
boshqird tili
. Bu til Boshqirdiston respublikasida yashovchi 
asosiy xalqning tili bo‘lib, bu tilda 1 millionga yaqin kishi 
so‘zlashadi;
l) 
yoqut tili
. Bu til Yoqutiston respublikasida yashovchi xalqning 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55 
55
tili bo‘lib, 300 mingdan ko‘p kishi so‘zlashadi;
m) 
qoraqalpoq tili.
Qoraqalpog‘istonda yashovchi xalqlarning tili 
bo‘lib, bu tilda 200 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
i) 
tuva tili
. Tuva respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili 
bo‘lib, bu tilda 150 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
Shuningdek, qumiq tili (310 ming kishi so‘zlashadi), qorachoy tili 
(100 mingcha kishi so‘zlashadi), balqar tili (50 ming kishi 
so‘zlashadi), xakas tili (60 ming kishi so‘zlashdi) va yana bir qancha 
boshqa tillar hamda o‘lik tillardan o‘rxo‘n, pechena, qipchoq, 
qadimgi uyg‘ur, bulg‘or va xazar tillari ham turkiy tillar oilasiga 
kiradi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə