Muallifdan


X. Malay-polineziya tillari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
X. Malay-polineziya tillari.
Bu tillarga malay yoki indoneziya 
tili kiradi. Indoneziya Respublikasining (poytaxti Jakarta) davlat tili. 
Shuningdek, madura tili, bali tili, yavan tili, tagalog tili, maori tili, 
samoa tili va uvea tili kabi bir qancha tillar ham shunga kiradi. Bu 
tillarda so‘zlashuvchi kishilar soni hali yaxshi aniqlanmagan. 
Umuman, malay-polineziya tillarida 90 milliondan ortiq kishi 
so‘zlashadi.
XI. Avstraliya guruhi tillari
. Bu tillar oilasiga juda ko‘p tillar 
kiradi, lekin ular ham yaxshi o‘rganilmagan.
XII. Papua tillari.
Bu tillarda so‘zlashuvchilar Yangi Gvineya 
orolida yashaydi. Bu tillar ham hali yaxshi o‘rganilmagan.
XIII. Sudan tillari.
Sudan tillarida so‘zlashuvchilar Afrikada 
yashaydi. Bu tillar bir necha guruhlarga bo‘linadi: chunonchi: nil-
chad, nil-abissan, nil-ekvator, kardofan, nil-kongo, ubang, shor niger-
chad, niger-kamerun, quyi-niger, dagomey, niger-latgal, liberi va 
senegal gviney guruhlari kabi.
XIV. Bantu tillari.
Bu tillarda so‘zlashuvchilar markaziy va 
Janubiy Afrikada yashaydi. Bu tillar: teke, songo, suaxeln, konde, 
makua va sotko kabi bir necha guruhlarga bo‘linadi.
XV. Paleoafrika tillari. 
Bu tillarda so‘zlashuvchilar ham 
Afrikada yashaydi. Ular ikki guruhga ya’ni bushmen va gottentog 
tillari guruhiga bo‘linadi.
XVI. Paleoosiyo tillari
. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Rossiya 
Federasiyasining Shimoli-Sharqida yashaydi. 
Paleoosiyo tillari ikki 
guruhga
:
1. Chukot guruhi va 2) Sibir‘ guruhiga
bo‘linadi. Chukot 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58 
58
guruhiga chukot tili (1,5 ming kishi so‘zlashadi), koryak tili (7 ming 
kishi so‘zlashadi), kamchadal tili (2,5 ming kishi so‘zlashadi) kiradi. 
Sibir guruhiga odul tili (ming kishi so‘zlashadi), nivx tili (4 ming 
kishi so‘zlashadi), ket tili (2 ming kishi so‘zlashadi) kiradi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə