Muallifdan


Turkiy tillarning ayrim sintaktik xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Turkiy tillarning ayrim sintaktik xususiyatlari 
Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan 
tobelanadi. Turkiy tillarda aniqlovchning yana bir turi borki, u 
tilshunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap 
bo‘laklari, boshqa til oilasidagiga, masalan hind – evropa tillari 
oilasidagiga nisbatan o‘zining muntazam joylashish tartibiga ega. 
Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan tomoni 
shundaki, bu tillarda qo‘shma gapning ergashgan qo‘shma gap 
tipidan tashqari, funksional va struktural jihatdan boshqa til 
oilalaridagi ergash gapga teng keluvchi ravishdosh, sifatdosh 
oborotlari keng tarqalgan va taraqqiy qilgan.
Mahmud Koshg‘ariyning “Kitobi javohir an-nahv fi-l-lug‘at at-
turk” nomli ikkinchi asarida turkiy tillar sintaksisi ustida bahs 
yuritiladi. 
11-
§. 
TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI 
Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga 
ko‘ra guruhlarga ajratilgan.
O‘zbek tili mansub bo‘lgan turkiy tillar guruhi o‘ttizga yaqin tilni 
o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu 
bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida 
shakllangan o‘ziga xos jihatlari mavjud.
O‘zbek tili fani quyidagi bo‘limlardan iborat. 
1. 
Fonetika
-nutq tovushlari, bo‘g‘in va urg‘u haqidagi bo‘lim.
 
2. 
Orfoepiya
-adabiy tilning to‘g‘ri talaffuz qoidalari haqidagi 
bo‘lim.
 
3. 
Orfografiya
-to‘g‘ri yozish yoki imlo qoidalarini o‘rganadi.
 
4. 
Grafika
-tovush va harf munosabati, alifbo tizimi, yozuv va 
uning turlarini o‘rganadi.
 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67 
67
5. 
Leksikologiya
-so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi, lug‘aviy 
ma’noning taraqqiyot yo‘llari, so‘zning shakl va ma’no 
munosabatiga ko‘ra turlari haqidagi bo‘lim.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə