Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari



Yüklə 144 Kb.
səhifə2/6
tarix22.06.2023
ölçüsü144 Kb.
#118450
1   2   3   4   5   6
ISLOM DINI G\'OYALARINING TA\'LIM-TARBIYAGA TASIRI

Kurs ishining maqsadi: Ta‘lim-tarbiya jarayonida islom dini g'oyalaridan
foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

  • Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni

  • Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.

  • Hadis ilmining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati

Kurs ishining predmeti: Islom dini yoyilishi va islom g’oyasining ta’lim-tarbiyaga ta’siri ilmiy ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi “Kirish”, ikki bob, 4 paragraf, “Xulosa” va “Foidalanilgan adabiyotlar ro’yxati” dan tashkil topgan.


I.BOB. ISLOM DININING TARQALISHI VA UNING TA’LIM-TARBIYAGA TA’SIRI.
1.2.Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Din-(arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Xudo yoki xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir. Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.YII asr boshlarida Islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz orti hamda SHimoliy Afrikada joylashgan bir qator mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.
YII asr o’rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar. Arab istilochilarining Movarounnahrga bo’lgan birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676 yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug’diyona, Kesh hamda Nasaf kabi shaharlarga hujum uyushtirildi va bosib olindi.
Arab istilochilari tomonidan uyushtirilgan ikkinchi yurish 705 yili Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim boshchiligida olib borilib, nihoyatda keskin tusga ega bo’ldi. Qutayba ibn Muslim 706 yili Zarafshon vodiysiga yurish boshlab, oqibatda Poykend, Buxoro, Samaraqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa shaharlarni qo’lga kiritdi. Keyinchalik esa Xorazm zabt etildi. Qutayba ibn Muslimning Movaraunnahrga uyushtirgan yurishi 715 yili uning Farg’onada qo’zg’olonchi arab jangchilari tomonidan o’ldirilishi bilan to’xtadi.
Arab istilochilari YIII asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrni to’la zabt etishga erishdilar.
Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. CHunki Movarounnahr yurti arab istilosiga qadar ham ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan taraqqiy etgan bo’lib, bu mamlakatda yashovchi xalqlar turmush tarziga ko’ra ham arablarga nisbatan bir qadar ustunlikka ega edilar. Zero, mazkur hududda yashovchi xalqlarning aksariyati o’troq xalqlar bo’lib, turg’un holda dehqonchilik bilan shug’ullanar edilar. SHu bois ular tezda arab istilochilariga bo’ysuna qolmadilar. Aholining istilochilarga bo’ysunishni istamaganligining asosiy sabablaridan biri ular tomonidan ko’rsatilgan istibdod va qatog’onlar ekanligi bilan bir qatorda bosqinchilarning mahalliy xalqning yillar daomida tarkib topgan ma’naviy-madaniy merosi – san’ati, adabiyoti, yozuvi, osori-atiqalari hamda me’moriy yodgorliklarini poymol etishga qaratilgan harakatni ham olib borganligi bo’ldi. SHu bois arab istilochilari xalqni o’zlariga bo’ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ’ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Natijada o’z oldilariga qo’ygan asosiy maqsadga erishdilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g’oyalari yoyilgunga qadar bu yerda yashovchi xalqlar ko’p sonli xudolarga, quyoshga, Ko’k din (shaman)ga hamda o’zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig’inishar edi.
SHunga ko’ra o’lkada yagona bir g’oyaviy e’tiqod tarkib topmagan bo’lib, bu holat aksariyat vaziyatlarda turli elatlar o’rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarar va o’zaro janjallarga sabab bo’lar edi. Movarounnahrda Islom ta’limoti g’oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan SHariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo’ysunish, yagona va qudratli Ollohga sig’inish, shuningdek, Ollohning yerdagi rasuli (elchisi) bo’lgan Muhammad Alayhis-salom ko’rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin hozirladi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi.
Arablar o’lkada Islom dini g’oyalarini yoyishda turli usullardan foydalandilar. Ana shunday usullardan biri mazkur dinga e’tiqod qilgan kishilarning jon solig’idan ozod etilishi bo’ldi. Movarounnahr xalqlari o’rtasida Islom ta’limoti asoslarini yoyishda arab istilochilari tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlarning mohiyati xususida tarixchi Abu Muhammad Narshaxiy o’zining «Buxoro tarixi» nomli kitobida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Buxoro aholisi har safar (Islom lashkari kelganda) musulmon bo’lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib, yana kofir bo’lgan edilar. U to’rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko’p qiyinchiliklardan keyin (bu yerda) Islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo’llar bilan ularga qiyinchiliklar tug’dirib, dillariga musulmonchilikni o’rnashtirdi. Ular esa Islom dinini yuzakigina qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edilar. Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo’lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo’ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisini o’z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqarishni to’g’ri deb topdi va shu yo’l bilan u musulmonchilikni o’rnatdi hamda shariat hukmlarini bajarishga majbur qildi. qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo’qotdi. U ko’p jiddu jahd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo’lsa, uni jazolar edi. U masjidi jome bino qildi va odamlarga juma namozini o’qishga buyruq berdi”3.
Istilochilik yurishlari davrida arablar mahalliy xalqning boy madaniy merosini yo’q qildilar. Bu haqida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: «Qutayba esa Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va (bilimini) boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. SHuning uchun u (xabar va rivoyatlar) Islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin: Qutayba ibn Muslim al-Vohishiy xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga tayanadigan bo’ldilar»4.
Islom dini ana shunday g’oyaviy-siyosiy kurashlar jarayonida shakllandi va rivojlandi.
Islom dini Arabiston yarim orolida uning ko’p asrlik tarixi negizida shakllangan. U o’ziga xos diniy-siyosiy oqim, shuningdek, umuminsoniy taraqqiyotni belgilab berishda muhim ahamiyatga ega ma’naviy omil sanaladi. Ayni vaqtda Islom dini kishilik jamiyatining ibtidoiy davri xususiyatlaridan voqif bo’lish va O’rta asr Uyg’onish davrining ro’y berishi uchun ma’naviy-g’oyaviy poydevor qo’ygan ijtimoiy ehtiyoj sifatida yuzaga keldi. Islom ta’limoti o’zining insonparvar g’oyalari va ularni insonlar ongida chuqur singdira olish imkoniyatlari tufayli o’n to’rt asrdan buyon borliqni ong yordamida mafkuraviy tarzda idrok etishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Islom ta’limotining bu qadar ulkan hududga yoyilishi va umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etilishida Ollohning rasuli (erdagi vakili) bo’lgan payg’ambar Muhammad Alayhis-salomning o’rni va shaxsiy roli beqiyosdir. Qur’on oyatlarini o’rganish o’zgalik bilan o’zlikning Islomdagi uyg’unlashuvini aniq belgilash, uning asoschisi shaxsini ko’ra olish, his qilish imkonini beradi.
Arab istilochilarining Movarounnahrdagi g’alabasidan so’ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u yerda ham Islom dinning asoslari xususida ma’lumot beruvchi muqaddas kitob – “Qur’on” yaratilgan til - arab tilini o’rganish joriy etildi. Diniy ulamolarning maxsus ko’rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi. SHu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o’qitilishi yo’lga qo’yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab tilida o’rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamlakatlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi. Biroq o’g’il bolalargina mazkur maktablarda savod o’rganish huquqiga ega bo’ldilar. Maktablar, shuningdek, keyinchalik bunyod etilgan va maqomi jihatidan hozirgi oliy o’quv yurtlariga teng bo’lgan madrasalarda ta’lim va tarbiya ishlari SHariat qoidalariga muvofiq yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu o’quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma’lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlarning asoslari ham o’qitilgan. Machitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya berish ishi bilan shug’ullanganlar. Shariyati Islom farzandga birinchi o'rinda ota onani javobgar qilib qo'ygan. Ota - ona zimmasiga tarbiyani vojib qilib yuklagan. O'qituvchilar bola hayotining ma'lum qismida uning tarbiyasiga go'yoki ota - onalar tomonidan yollangan murabbiylar hisoblanadilar. Ularni aybdor qilish hech mantiqqa to'g'ri kelmaydi . Abu Hanifaning bir o'g'li bor edi. Ustozlari Hammod bin Sharaf nomlariga atab o'g'liga Hammod deb ism qo'ygandilar. Imom hazratlari katta savdogar bo'lganlar. U juda band edi va farzandiga avvalgi Qur'oniy ta'limni berish uchun ustoz yolladilar. Iltimos qildilarki, o'g'limizga Qur'on o'qishni o'rgatib bering. Ustoz Hammodga surai Fotihani yodlatdi. Ustozni huzurida otasiga Hammod fotiha surasini chiroyli qilib tilovat qilib berdi. Shunda Imom Hanifa cho'ntaklaridagi 500 dinorni ustozning oldiga qo'ydilar. 1 dinor tanga 5 gramm oltindan bo'ladi 500 dinor katta pul bo'lgan. 1 dinorga o'sha mahalda katta qo'y berilgan. Bu degani Fotiha surasini o'rgatgani uchun ustozga 500 ta qo'y berildi . Shunda ustoz biroz xijolat bo'ldi. Hazratga juda ko'p pul berganligi bitta dinor ham ko'plik qilishini aytganida Imom Hanifa bir gap aytdi : «Ustoz, xizm ngizni yengil sanamang . Bu hali yonimda bo'lganidir. Agar yonimda butun molim bo'lganida poyingizga qo'ygan bo'lardi. O'g'limga Fotihani, Qur'onning onasi bo'lgan surani o‘rgatganingiz uchun" Go'zal tarbiyadan yaxshi meros yo'q To'g'ri, har bir ota - ona farzandiga faqat yaxshilikni ilinadi. Farzandi uchun ortiqcha orzu - havas qiladi va ikkalasi birga ishlaydi. Ota - ona farzandini tarbiya qilish kerak bo'lgan paytda orzu - havas uchun tirikchilik qilishga majbur bo'ladi, bola tarbiya oladigan yoshda to'liq tarbiya ololmay qoladi. Ammo, afsuski, ertaga orzu - havaslar o'tmay qolishi bor. Aslida orzu - havas chiroyli tarbiya bilan bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Ota farzandiga chiroyli tarbiyadan ko'ra, yaxshi odob berishdan ko'ra yaxshiroq narsa meros qoldirmagan», degan hadislari bor.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə