Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari


Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni



Yüklə 144 Kb.
səhifə3/6
tarix22.06.2023
ölçüsü144 Kb.
#118450
1   2   3   4   5   6
ISLOM DINI G\'OYALARINING TA\'LIM-TARBIYAGA TASIRI

1.2.Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni
Movarounnahrda VIII-IX asrlarda islom dinining keng tarqalishi barcha sohalar, fan, madaniyat, falsafa, ijtimoiy hayot rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’sha davr tarixini tahlil qilar ekanmiz, mashhur mutafakkirlar, qomusiy olimlar yetishib chiqqanini ko’ramiz. Demak, o’sha davr tarixi, madaniyati, ilmu fani, ta’lim–tarbiya jarayoni o’ziga xos tarzda bo’lib, turli xil tarix silsilalari, urushlar, nizolar oqibatida ham ijobiy rivoj topganligini ta’kidlashimiz mumkin. Bu o’rinda ta’lim-tarbiya ishlarining rivojlanishi g’oyalarini chuqur tahlil etishimiz, uni atroflicha mantiqiy baholash, imkon darajasida tarixiy merosimizning ilmiy-nazariy asoslaridan foydalanish yo’llarini izlash zaruriyati kelib chiqadi.
“Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etildi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida joylashgan edi. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda “ustod” deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom “shayx ul islom” nomi bilan yanada ulug’landi. Ustodlardan keyin xatiblar turardi.
O’sha davrda islom madaniyati shakllanishining ichki va tashqi manbalari, tamoyillari, ahkomlari, munosabatlari asta-sekinlik bilan rivojlana borganligini, shuningdek ta’lim-tarbiya sohasiga oid o’zaro munosabatlar, ustoz-shogird munosabatlari paydo bo’la boshlaganligini qayd etishimiz mumkin.
Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar emas, balki ko’pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o’lmas yodgorlik bo’lib, u o’z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo’lni bosib o’tdi. Abbosiy xalifalar /750-1258/ davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning poytaxti Bag’dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun asosiy vosita rolini o’ynadi.
Chunonchi, G.N.Sharbatov ta’kidlaganidek, “arablar hamda madaniyat va ilmu fanda arab tilini xalqaro til tariqasida qo’llagan O’rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Sharqning boshqa xalqlari tomonidan yaratilgan ko’pdan-ko’p badiiy, tarixiy, jug’rofiy, ilmiy va diniy asarlar ham mana shu davrning mahsulidir”.
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona) mavjud edi.
Maktablar boshlang’ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish o’rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al‑xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalarini egallaganlaridan so’ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning ettidan bir qismi”) o’qishni boshlaganlar
O’quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan so’ng «Chor-kitob» (To’rt kitob)ni o’qishga kirishganlar. «Chor-kitob» fors-tojik tilida yozilgan bo’lib, uning birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish, namoz o’qish, ro’za tutish va h.q.) she’riy usulda bayon etilgan, ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritilgan parchalar o’rin olgan. “Chor-kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi o’quvchilarni shariatning asosiy ustuni – musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan. Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan va XIII asrda yozilgan to’rtinchi qismida Qur’oni karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan.
Shundan so’ng o’quvchilar mutlaq din masalalariga bag’ishlangan “Sabotul ojizin” kitobini o’qishni boshlaganlar. Ushbu asar ko’pincha uning muallifining nomi bilan, ya’ni – “So’fi Olloyor” deb yuritiladi. Bu sof diniy asar bo’lib, unda diniy masalalar she’riy usulda bayon qilingan.
Maktabni tamomlagan o’quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar.
Madrasa odatda ikki bo’limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola) bo’limlardan iborat bo’lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganini qayd etish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo’lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
Birinchi bo’limda talabalar din ahkomlarini o’rganganlar. Ikkinchi bo’limda esa – Qur’oni karimga muvofiq holda bayon etilgan islomning asosiy qonunlari o’qitilgan. Bundan tashqari, arab tilshunosligi, mantiq, tarix, she’r yozish ilmi, metafizika va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasalarda barcha mashg’ulotlar arab tilida olib borilgan.
Madrasa talabalarini shartli ravishda uchta kursga bo’lish mumkin. Birinchi, ya’ni boshlang’ich kurs adnā (quyi), ikkinchi kurs – avsat (o’rta) va uchinchi kurs – a‘lo (yuqori) deb nomlangan. Biroq, kurslarning nomlari hamma madrasalarda ham bir xil bo’lmagan. Shu o’rinda bunday kurslarga ajratish faqat yirik madrasalarda mavjud bo’lgani, talabalar soni 20 kishiga yetmagan kichik madrasalarda esa talabalarning barchasi faqat bitta mudarrisga mashg’ulotga qatnaganlarini qayd etish lozim.
Madrasalarda ta’limning predmetli tizimidan foydalanilmagan. Mashg’ulotlar maxsus kitoblar bo’yicha o’tkazilgan. Ushbu kitoblarni o’rganishni shartli ravishda uch davrga bo’lish mumkin:

  1. Filologiya fanlari. Bu davrda arab va fors-tojik tili, shuningdek, she’riyat va ritorikani o’rganishga doir qo’llanmalar o’zlashtirilgan.

  2. Diniy bilimlar va islom huquqi. Bunda Qur’oni karim va uning ko’plab tafsirlari o’rganilgan.

  3. Umumiy ta’lim. Ushbu davrda tabiatshunoslik kabi dunyoviy fanlar o’qitilgan.

Har bir kitobni to’liq o’rganib chiqish uchun muayyan muddat belgilanmagan bo’lib, talabaning qancha vaqt davomida o’qishi uning sabr-toqatiga va o’zlashtirishiga bog’liq edi. Chunonchi, quyi kursni o’zlashtirish uchun talabalarga kamida 7-8 yil zarur bo’lgan. Ushbu davrda asosan qisqacha musulmon katexizisi, arab grammatikasi, huquq va mantiq ilmi o’rganilgan.



Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə