Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari


II.BOB. ISLOM DINI MANBALARIDAN TA'LIM-TARBIYA VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH



Yüklə 144 Kb.
səhifə4/6
tarix22.06.2023
ölçüsü144 Kb.
#118450
1   2   3   4   5   6
ISLOM DINI G\'OYALARINING TA\'LIM-TARBIYAGA TASIRI

II.BOB. ISLOM DINI MANBALARIDAN TA'LIM-TARBIYA VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH.
2.1.Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.
«Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi. Qur’on 114 suradan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonnmg ma’naviy kamolga etishida qay darajada muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislar Allohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafosadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan. Xuddi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan. Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olamshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Qur'oni Karimdagi oyatlardan biri madinalik sahobalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga kelib, uylari uzoqlik qilayotgani bois, uylarini sotib, yaqinroq joyga ko‘chib kelishlari haqida shikoyat qilganlarida nozil bo‘lgan. Ya'ni uylarni sotishga hojat yo‘q, uzoqdan kelayotgan bo‘lsalar, har bir bosilgan qadamlariga savob beriladi, mazmunida.«Biz ular keltirgan qadamlarni, bosgan qadamlarni ham yozamiz va ularning asarini ham yozamiz», – deya marhamat qilingan. Tafsirlarning birida bu oyatdagi «ularning izi» degani – bu asarimiz, avlodlarimizdir, degan fikr bildirilgan.Allohning bu oyatidan tushunamizki, Alloh nafaqat amalimizni, balki avlodlarimiz amalini ham o‘zimizga yozadi. Shuning uchun tarbiya vojib bo‘ladi.Orqamizdan yaxshi tarbiyali farzand qoldiraylikki, ortimizdan faqat savob borsin, yomonlik bormasin.Islomda tarbiya vojibdirTarbiya dinimizda vojib amal, deb e'lon qilingan. Biz eng ko‘p ishlatadigan tarbiya, murabbiy so‘zlari Allohning «Rob» ismi bilan bitta o‘zakdan olingani tarbiyachilar mas'uliyatini oshirsa kerak, deb o‘ylayman.Demak, bu yengil ish emas. Tarbiya – faqat ta'sir, tartib yoki nazorat, taftish emas, u ilohiy narsa. Tarbiya farzandni doim nazoratga olish, kuzatib borish degani, chunki Alloh taolo surai Fotihaning birinchi oyatida olamlarning robbisi Allohga maqtovlar bo‘lsin, degan.Bu oyatda Alloh Rob ismini keltirgan. «Robbil a'lamiyn» – butun olamlarning murabbiysi degani. Agar Alloh murabbiyligi, ya'ni nazorati, kuzatuvini lahza to‘xtatsa, olamlar izdan chiqib ketadi. Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bo‘lsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tug‘iladigan bola fitratda tug‘iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza bo‘ladi, u oq qog‘oz kabidir.Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog‘liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa bo‘ldi. G’arb va SHarq tadqiqotchilari “Qur’on”ni jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar.
Xat-savodi bo’lgan Abu Bakr as-Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Koaablar “Qur’on” oyatlarini yigirma uch yil davomida yod olib borganlar va xat bilan bitganlar.
Uchinchi xalifa Usmon ibn Affonning topshirig’iga ko’ra “Qur’on” suralari va oyatlari birinchi bo’lib sahoba Zayd ibn Sobit tomonidan kiyik terisidan tayyorlangan sahifalarga bitilgan. So’ngra ushbu manbadan 6 nusxa ko’chirtirilib, markaziy shaharlarga bitta nusxadan yuborilgan hamda qur’onning faqat ana shu nusxalaridan foydalanishga farmon berilgan. SHunday qilib, “Qur’on” musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida asosiy qo’llanma bo’lib qoladi.
Ma’lumki, islom g’oyalari, musulmonchilikning talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari “Qur’on” va uning tafsirlari, “Hadisi SHarif”, shariat qoidalari bitilgan qo’llanmalar hamda ilohiyotga oid adabiyotlari mazmunida batafsil ifodalangan.
“Qur’on”- dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat bo’lib, ularning 9O tasi Muhammad Alayhis-salom Makka shahrida, 24 tasi esa Madina shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo’linganligi to’g’risida manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “qur’on” g’oyalari kishilarni tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi. SHunga ko’ra, u katta axloqiy qimmatga ega. “qur’on”g’oyalarining ma’naviy-axloqiy xususiyatlari xususida so’z yuritilar ekan, uning insonning ma’naviy kamolga yetishida qay darajada muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz. SHuning uchun u mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug’ qadriyati sifatida e’zozlanib kelinmoqda.
Qur’oni Karim kishilarni tinch-totuv yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat ko’rsatishga undaydi. SHunga ko’ra u katta axloqiy ahamiyatga ega. “Qur’on”ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga erishishida rioya etishi lozim bo’lgan talablarni bir butun holda mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. SHu bois u necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug’ qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlanib kelinmoqda.
Aslini olganda, islomda ilohiy va dunyoviy hodisalar alohida-alohida olib qaralmaydi. Islom ta’limotida insonning ruhiy va jismoniy kamolotiga ham birdek e’tibor beriladi.
Islomiy g’oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ’ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go’zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ’ib etadi.
Buni biz “Qur’on”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo’ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o’zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. “Qur’on”ning “Zumar” surasi 9-oyatida kishilarni ilm o’rganishga da’vat etuvchi shunday fikrlar bayon etiladi: “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo’lurmi? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar”.1
“Qur’on”da har bir mo’min-musulmon bajarishi zarur bo’lgan yaxshi amallar inson kamolotini belgilovchi omillardir, deb tushuntiriladi. Zero, Islom dini g’oyalarining asl mohiyati ham kishilarga yomonlikning salbiy oqibatlarini ko’rsatish, ularni doimo to’g’ri yo’lda yurishga da’vat etish va yomonlikning oldini olishdan iboratdir.
Beva-bechora, yetim-esir va qarovsiz kishilarga nisbatan ehson ko’rsatish, xayr qilish insonga xos bo’lgan eng muhim axloqiy xislatlardan biri ekanligi, insonda imonning o’ziga xos mezoni sanalgan saxovat, mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, to’g’rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e’tibor beriladi. SHundanmi, insondagi axloqiy xislatlardan eng muhimi hayru ehson haqida alohida fikr yuritiladi. «Ehson» tushunchasi mazmunan keng qamrovli bo’lib, unda muomala ham, inson tomonidan amalga oshiriladigan barcha yaxshi amallar mohiyati ham aks etadi. O’zgalarga nisbatan ehson ko’rsatish - har bir insonning eng oddiy insoniy burchi bo’lishi lozimligi aytiladi. Zero, ikki olamning yaratguvchisi bo’lgan Olloh barcha ne’matlarni o’zi yaratgan mavjudotlarga ehson etgan. Olloh tomonidan qilingan ehsondan foydalanguvchi bandalar ham aholining eng nochor qatlami vakillariga nisbatan muruvvatli bo’lishlari, ularga xayru-ehson ko’rsatishlari lozim: “Olloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Ollohning bandalariga) infoq-ehson qil” (“qasos” surasi, 77-oyat). SHuningdek, kim birovga ehson qilsa, uning foydasi o’ziga qaytishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi o’zida ruhiy qanoat his etishi, boshqalar tomonidan hurmat-ehtiromga sazovor bo’lishi ta’kidlanadi. Mazkur fikrlar «qur’on»da quyidagicha ifodalanadi: «Kim chiroyli amal qilsa, unga o’n barobar bo’lib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o’shaning barobarinda jazolanur» («An’om» surasi, 160-oyat).

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə