Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti qarshi filiali tt 13-23 guruh talabasi mamatov Bekzod



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#152241
  1   2   3   4   5   6   7
etika

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT 13-23 GURUH TALABASI Mamatov Bekzod


Mavzu: Axloq falsafasi (etika).Nafosat falsafasi(estetika)

Axloq falsafasi(Etika)

  • REJA:
  • Axloq falsafasi(Etika). Nafosat falsafasi(Estetika).
  • Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi.
  • Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi.
  • O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati.
  • Etika fanining o‘rganish ob’ekti axloqdir. Axloq – ijtimoiy ongning maxsus shakli, jamiyat ma’naviy hayotining muhim sohasi. Etikaning predmeti axloq vujudga kelishi va taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari, uning mohiyati, tarkibi, tamoyillari va me’yorlaridir. Etika axloq vujudga kelishi va taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganganligi sababli falsafiy fan bo‘lib hisoblanadi. Uni qadimdan «amaliy falsafa» deb atab kelganlar. Chunki falsafaning ontologiya, gnoseologiya, sotsiologiya, estetika, mantiq kabi boshqa sohalaridan farqli ravishda etika odamlarning o‘zlarini turli sharoitlarda qanday tutishlari, qanday qilib axloqiy bo‘lib borishi qonun-qoidalarini o‘rgatadi, ularning axloqiy munosabatlarini shakllantiradi. Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq« so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot ob’ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə