Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiya universiteti Kasb talimi fakulteti talabasi Mirzayev Temurbekning Fizika fanidan 2-Mustaqil ishi



Yüklə 295,16 Kb.
səhifə1/2
tarix04.05.2023
ölçüsü295,16 Kb.
#108313
  1   2

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiya universiteti
Kasb talimi fakulteti talabasi Mirzayev Temurbekning Fizika fanidan 2-Mustaqil ishi
Mavzu: Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi.
Reja: Kirish.
Asosiy qism.
Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot.
Lyuminetsent tahlilining tasnifi.
Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash.
Lyuminetsent tahlilning mohiyati.
Kirish Ma‘lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta‘sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi. Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanishi, fotoeffektKompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga(yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari(fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu ―yangi‖ tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi. Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘gri keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi ) spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan tajribalarda kuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. 
Maksvell elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddaning qisqa elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan to‘polon qilib qoldi. Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki, bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajriba haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi.


Yüklə 295,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə