Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə13/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Huquqiy cheklovlar

Huquq me’yorlari asosida har bir kutubxona foydalanuvchilarini o‘z fondlarida saqlanayotgan hujjatlar mualliflik huquqi, intellektual mulk himoyasi ostidagi ekanligi yoxud boshqa qonuniy hujjatlar asosida himoyalanishini tushuntirishlari lozim Bu maqsadlar uchun odatda broshyuralar, mualliflik huquqi to‘g‘risida nusxalash va foydalanish haqida axborot varaqalari orqali tarqatiladi.


Mualliflik huquqi muallif vafotidan keyin 70 yilgacha amal qiladi. Britaniya kutubxonasida bunday mualliflarning asarlarini nucxalashda asarning huquq egalaridan ruxsat olinishi yoki nusxa olish uchun haq to‘lanishi lozim. (copyright fee). Lekin bu tartib notijorat maqsadda foydalanuvchilar uchun qo‘llanilmaydi.
AQSHning Kongress kutubxonasi materiallarni nusxalash borasidagi siyosatda mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Qonunga asoslanadi. Huquq egalari nusxalashga, asarni ijro etishga ruxsat berishda bitta chegaralanish, bu «halol foydalanish» («fair use») doktrinasidir.
Kodeks halol foydalanishda har bir konkret holat uchun to‘rtta faktorni aniqlab beradi:

  1. Foydalanishning maqsad va xarakteri – tijorat maqsadlaridami yoki notijorat ta’limiy maqsadlardami ;

  2. Asarlarga bo‘lgan mualliflik huquqlarining tabiati;

  3. Mualliflik huquqi qonuni bilan himoyalangan asardan foydalanilgan qismining hajmi va ahamiyati;

  4. Potensial bozorda mualliflik huquqi qonuni bilan himoyalangan asardan foydalanishdan keladigan samaradorlik hamda uning qiymatga ta’siri.

AQSHda asardan «halol foydalanish»ning quyidagi holatlarini ko‘rib o‘tish mumkin:

  • tanqidiy tahlilda yoki havola keltirishda illustratsiyalarning sharhlashda qo‘llanilishi;

Miqdoriy chegaralanishlar

Kutubxonalar fondidagi materiallarni nusxalash va ko‘paytirishda faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etiladi, boshqa hech qanday maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Taxminan shunday mazmundagi matn kutubxonalarning nusxalash bo‘limi qoidalariga kiritilgan. Britaniya kutubxonasi o‘z foydalanuvchilarini nusxalashning maqsadi: ilmiy tadqiqot yoki mustaqil ta’lim olish maqsadida ekani va hech qanday tijorat maqsadlariga yo‘naltirilmaganligi haqidagi blank-ariza to‘ldirilishi haqida ogohlantiradi. Britaniya kutubxonalari va Fransiya Milliy kutubxonasi saytlarida miqdoriy belgilariga ko‘ra chegaralanishlar ko‘rsatilgan.


Fransuzlar bu borada liberal: kitoblarga nisbatan quyidagi qoidalar qo‘llaniladi. Bunga ko‘ra ishning umumiy hajmidan 10%ni nusxalash mumkin, vaqtli nashrlarni esa – nashrning 30% ni nusxalash mumkin.
Britaniya kutubxonasi:

  • kitob yoki broshyura, hisobotlarni 5%gacha, yoki bitta bo‘limni;

  • bitta maqolani butunligicha yoki agar maqola katta bo‘lsa, jurnal, gazetaning 5%gacha;

  • konferensiya materiallaridan bitta maqolani butunligicha, agar maqola katta bo‘lsa 5%gacha;

  • hikoya va she’rlarning antologiyasining 5%gachasi, agar 10 varraqdan ortmasa;

  • sud materiallari yoki chop etilgan ma’ruzalarning bir butuni yoki 5%gacha nusxalashga ruxsat beradi.

Dunyoning yetakchi kutubxonalarining mualliflik huquqi va nusxalash bo‘yicha normativ talablarining asosiy manbalari quyidagilar:
http://www.copyright.gov/fls/fl102.htmlCopyright – Fair use (AQH Kongress kutubxonasi)
http://www.bl.uk/services/npo/pdf/microfilmquality.pdf (Britaniya kutubonasi)
http://www.bnf.fr/site_bnf_eng/tools/copyright.htm Bibliothèque nationale de France : Small reminder on french copyrights (Fransiya Milliy kutubonasi)
http://www.bnf.fr/pages/dernmin/pdf/photocopies.pdf -o`sha yerda
http://www.lib.helsinki.fi/english/services/rapidcopies.htm (FiN Milliy kutubonasi)
http://www.kb.dk/en/priser/foto/foto_8_generelle_betingelser.html (Daniya Qirollik kutubxonasi)
http://www.nla.gov.au/pub/gateways/issues/77/story08.html The Fair Dealing Review and its importance for Australian libraries by Sarah Waladan
Executive Officer of the Australian Digital Alliance (ADA) and Copyright Adviser (law and policy) for the Australian Libraries Copyright Committee (ALCC).




    1. Yüklə 5,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə