Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Web of Science ma’lumotlar bazasining tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə65/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Web of Science ma’lumotlar bazasining tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
Web of ScienceTMCore Collection Web of ScienceTMCore Collection (1990-yildan hozirgi vaqtgacha)
Ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar, san’at va xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, kollokviumlar, s’ezdlar va amaliy ishlardagi tadqiqot materiallari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish.
«Поиск по пристатейной библиографии» - «Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati bo‘yicha qidiruv» va «Система поиска автора» - «Muallifni izlash tizimi» vositalari yordamida yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirish.
«Отчёт по цитированию» - «Iqtibos keltirish bo‘yicha hisobot» vositasi yordamida iqtibos keltirishlar va yo`nalishlarning o‘zgarish grafigini tuzish.
Yo‘nalishlarni va xususiyatlarni belgilash uchun tahliliy vositalaridan foydalanish.
1900-yilgacha bo‘lgan arxivlardan foydalanish.
Foydalanish uchun to‘plamlar:
Science Citation Index Expanded (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – ilmiy jurnallarning ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi hisoblanadi. 150 ta ilmiy fanlar bo‘yicha 8 300 asosiy jurnallarni qamrab olib, ko‘rsatkichlar bilan belgilangan maqollardagi barcha iqtibos keltirilgan havolalarni o‘z ichiga oladi.
Social Sciences Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – jurnallarning ijtimoiy fanlar bo‘yicha ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi bo‘lib, 50ta ijtimoiy fanlarga doir 2 900 ta jurnallarni butunlay qamrab oladi. Shuningdek unda butun dunyo bo‘yicha 3 500 dan ziyod eng yaxshi ilmiy va texnik jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlar ham ko‘rsatkichlar bilan belgilangan.
Arts & Humanities Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – gumanitar fanlar va san’atga oid jurnallarning ko‘p mazmunli ko‘rsatkichi hisoblanib, butun dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq ijtimoyiy fanlar va san’atga doir eng yaxshi jurnallarni to‘liq qamrab oladi. Shu bilan birga 6 000 dan ziyod asosiy ilmiy jurnallar va sotsiologiya bo‘yicha jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə