Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Yaxshi natijali konsorsiumlarning umumiy tasniflarini aniqlang



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə73/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Yaxshi natijali konsorsiumlarning umumiy tasniflarini aniqlang
- Konsorsium yaqqol aniqlangan va o‘lchanuvchi natijalar bilan to‘g‘ri aniqlangan missiya va maqsadlarga egadir;
- Bu tashkilot hayoti faol, moslashuvchan va ijodiydir;
- Konsorsium kutubxonalar va foydalanuvchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar beruvchi programma va xizmatlarni ta’minlaydi;
- Konsorsium a’zolari keng va faol ishtirok etadigan tashkilot hisoblanadi va uning a’zolari konsorsium yutuqlaridan manfaatdor bo‘ladi hamda yutuqlarga erishish uchun zarur holatlardan yon berishlarga ham borishga tayyor bo‘ladilar;
- Konsorsium ma’lum homiylik qo‘llab-quvvatlashlariga va o‘zi tomonidan to‘ldiruvchi moliyaviy bazaga ega;
- Konsorsium guruhlar orasida kuchli liderlarga, yaxshi rivojlangan va yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tuzilmasiga ega;
- Konsorsium, a’zolar orasidagi uzluksiz aloqalarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgandir;
- Missiyani bajarish uchun o‘z xohishiga ko‘ra yoki moliyalanuvchi shtat orqali bajarilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda xodimlarni adekvat ravishda butlash imkoniyatining mavjudligi.


Konsorsium tuzilishini rasmiylashtiring
Konsorsiumning tuzilishini ko‘rsatuvchi strategik, taktik va tezkor yechimlarni aniqlash eng muhim qadamlardan hisoblanmog‘i zarur. Bitta mamlakatga moslashtirilib ishlangan ishlanma va rivojlantirilgan namunalar boshqa mamlakatlarda qo‘llashga mos kelmasligi mumkin. Milliy tafovutlar nafaqat konsorsiumning u yoki bu ko‘rinishini nima uchun va qanday tanlash nuqtayi nazaridan, balki qanday faoliyat ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan ham konsorsiumni ishlab chiqishga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konsorsium yaratishda asosiy muammolarini yechishdagi ketma-ket tizimli yondashuv muhimdir.


Strategik yechimlar:
- Missiya va yuritish. Masalan, konsorsium elektron zaxiralarini sotib olish («buyimg club»), ta’lim dasturlari bilan ta’minlash, moliyaviy muammolarini yechish yoki birgalikda ishlatish uchun texnologiyalarini sotib olish kabilarni amalga oshira oladimi?
- Xomiylik, masalan, konsorsium bugungi hukumat agentligi yoki hukumat qo‘llab-quvvatlaydigan agentlik, erkin o‘z-o‘zini ta’minlovchi notijorat tashkilot yoki oddiy tashkilot bo‘ladimi?
- Mablag‘ bilan ta’minlash, masalan, mablag‘ bilan ta’minlash manbayi davlat tomonidanmi, a’zolik tushumlari yoki pullik xizmatlardanmi?

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə