Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Hamkorlikdagi umumiy ehtiyojlarni aniqlash va ushbu ehtiyojdan foydalanish shartlarini muhokama qiling



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə72/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Hamkorlikdagi umumiy ehtiyojlarni aniqlash va ushbu ehtiyojdan foydalanish shartlarini muhokama qiling.
- Guruhdagi har xil a’zolarining talablarini aniqlash mexanizmlari, muhokama qilish turlarini ishlab chiqing. Masalan, ayrim a’zo- kutubxonalar ishonchli tarmoqlararo kiruv yoki kompyuter kurilmalari ko‘rinishidagi telekommunikatsiya infrastrukturalari yaratishda asosiy talablarga ega bo‘lishi mumkin. Boshqalar esa samarali kutubxonalararo kelishuvga yoki axborot zaxiralarini litsenziyalash sohalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahatlarga ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Eng muhimi esa, avvalombor guruh a’zolarinigina qiziqtiruvchi ehtiyojlarini aniqlashning ishonchli va maqsadli vositalarini ishlab chiqish hisoblanadi.
- Asosiy ehtiyojlar aniqlangan zahotiyoq, konsorsium orqali bu ehtiyojlarni qanday bajarish mumkinligi muhokama qilinadi. Masalan, foydalanuvchilarni dolzarb ilmiy va tibbiyot adabiyotlaridan bahramand bo‘lishlari uchun guruh quyidagi ko‘rinishlardagi bir yoki bir qancha strategiyalarni tanlashi mumkin:
a) barcha kutubxonalarni bahramand etish uchun umumiy qiymatini kutubxonalararo bo‘lishi bilan ko‘p hajmli obunani tashkil qilish;
b) bitta kutubxonani bir qism adabiyotga obuna qilish, qolgan kutubxonalarni mos ravishda qolgan adabiyotlarga obuna qilib, barcha konsorsiumga ishtirokchi kutubxonalar foydalanuvchilar uchun foydalanishga imkon yaratish;
d) har bir kutubxonani har xil mavzular bo‘yicha kollektiv ravishda bir qancha adabiyotlarga jamoaviy foydalanish uchun obuna qilish;
e) axborot zaxiralaridan foydalanish imkoniyatlari va litsenziyalashning umumiy shartlarida o‘zaro kelishuv bo‘yicha konsorsium tomonidan markazni amalga oshirish.
Tanlangan yechim konsorsiumning o‘ziga xos talablariga javob berishi shart.
Sotsial va siyosiy (kontekst) tomonlarini ko‘rib chiqing
- Ichida a’zo-kutubxonalar faoliyat ko‘rsatadigan siyosiy tuzilmalardagi o‘ziga xosliklardan o‘z foydangizga foydalaning. Siyosiy tuzilmalar markazlashgan yoki tarqoq bo‘lishi mumkin. Kutubxonalar rahbariyatining kuchli boshqaruviga bo‘ysunadigan bo‘lishi mumkin yoki budjetda xodimlarni jamlashda yoki boshqaruv tuzilmasida yetarlicha erkinlikka ega bo‘lish mumkin.
- Konsorsiumni tuzish va faoliyat ko‘rsatishi uchun kuchli va obro‘li shaxslarni ishga jalb qilishga harakat qiling. Asosiy figuralar muhim siyosiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashlarni ta’minlashlari mumkin. Konsorsiumdan foydalanuvchilarga bo‘ladigan foyda kutubxonachilar uchun eng katta foyda bo‘lishligini har doim ta’kidlamoq joizdir.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə