Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Agar a’zolik tushumlari bo‘lsa ularning miqdori qanday aniqlanadi?



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə74/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Agar a’zolik tushumlari bo‘lsa ularning miqdori qanday aniqlanadi?
Agarda tashkilot to‘laligiga ko‘pchiliklar tashkiloti bo‘lsa, hech qanday mablag‘ bilan ta’minlashga ehtiyoj bo‘lmaydi. Masalan, markazlashtirilgan hukumat dasturlari nashriyotchilar va sotuvchilar e’tiborini jalb qiluvchi yechimlarga ega bo‘ladi, lekin markazlashtirilgan byurokratiya esa ko‘pgina tashabbuslarni susaytirishi ham mumkin.
- A’zolik, masalan, konsorsiumga a’zolik kutubxonalarning turi va o‘lchamiga ko‘ra chegaralangan bo‘ladimi? A’zolikka tushadigan yangi arizalar yoki konsorsiumdan chiqish uchun arizalarga nisbatan qanday qarorlar qabul qilinadi? Foydali (bitimlar) kelishuvlar tuzish imkoniyatlariga ta’sir qilishda konsorsium xarakteri va qiymati bo‘ladimi?
- Geografik egallab olish, masalan, konsorsium milliy, mintaqaviy (viloyat, tuman va h.k.) yoki lokal bo‘la oladimi?
Taktik yechimlar:
- Dasturlar, masalan, konsorsium elektron zaxiralarni va ularning sotilishini litsenziyalashni ta’minlash, zaxiralardan hamkorlikda foydalanish dasturlarini amalga oshirish, yig‘ma katalog, raqamli kutubxonalar loyihalari yoki fondlarini saqlash dasturlarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash kabilarni bajara oladimi?
- Xizmat ko‘rsatishlar, masalan, konsorsium o‘qitish, maslahat berish, texnik yordam ko‘rsatish, texnologik ko‘mak, kutubxonalarga adabiyotlar yetkazib berish (shu jumladan, elektron kitoblar) bo‘yicha xizmatlar yoki moliyaviy xizmatlar (markazlashgan sotib olish yoki mablag‘ bilan ta’minlash, hisobotlar tuzish) ko‘rsata oladimi?
- Texnologiya, masalan, konsorsium hamma uchun qulay texnologik muhit, birgalikda ishlatiladigan kutubxona sistemalari, portal boshqaruvi yoki boshqa sistemalarni yarata oladimi va ularni ta’minlay oladimi?
Tezkor yechimlar:
- Boshqarish, masalan, konsorsiumda a’zolar kengashi, boshqarma, ishchi yoki tashabbuskor guruhlar bo‘ladimi? «Ijrochi» qo‘mita bo‘ladimi va agarda bo‘lsa, u holda a’zolar qanday saylanadi? Konsorsium mustaqil rasmiy shaxs bo‘la oladimi yoki hukumat agentligi sifatida ushlab turiladimi? Umuman olganda, konsorsium rasmiy statusga ega bo‘ladimi yoki norasmiy birlashma sifatida ishlayveradimi? Hech qanday rasmiy saylangan boshqaruvga ega bo‘lmagan norasmiy konsorsium yechimlar qabul qilishda ancha tezkor bo‘lishi mumkin, lekin konsorsiumning tartibli va doimiy bo‘lmagan asosi sababli uning ayrim masalalari bajarilmasdan qolishligi bilan chegaralangan ham bo‘ladi.
- Xodimlar tarkibini to‘ldirish, masalan, konsorsiumda shtat birliklari bo‘ladimi va agarda bo‘lsa shtatda nechta odam va ularning darajasi va saviyasi qanday bo‘ladi? Professional daraja bilan shtat bo‘ladimi? Ko‘ngillilarning roli qanday bo‘ladi? Ko‘ngilli tashkilotlar ancha arzon bo‘lsalar-da, ular to‘laydigan shtat tashkiliy barqarorlikni va ko‘ngillilar amalga oshira olmaydigan ishlarni bajarish uchun xodimlarni jalb qila olishi mumkin. Doimiy shtat konsorsiumning ancha samarali bo‘lishiga yordam berishi mumkin, lekin muvaffaqiyatni aniqlovchi omil bo‘la olmaydi.
- To‘lov shakllari, masalan, konsorsium to‘liq tashqi mablag‘ bilan ta’minlash asosida faoliyat ko‘rsata olmaydimi (va hisobot tuzish talab qilinmaydimi)?
Konsorsiumning hisob raqami orqali moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladimi yoki resurslar bilan ta’minlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi har bir kutubxona bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolaydimi? Agarda konsorsium hukumat agentligi bo‘lmasa, odatda tashkilotning hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bir qancha moliyaviy badallarni talab qiladi. Konsorsiumning barcha dasturlarini umumiy qo‘llab turish uchun a’zolik badallari miqdorini qanday belgilashni konsorsium hal qilmog‘i kerak.
Konsorsium javob berishi kerak bo‘lgan yuqorida sanab o‘tilgan savollarning murakkablik darajasi konsorsium ta’minlaydigan xizmat turlariga bog‘liqdir. Misol uchun, konsorsium faqatgina elektron resurslarni litsenziyalash bo‘yicha kelishuvlarni olib borish bilan chegaralansa, u holda bu amalning murakkablik darajasi ancha kam bo‘ladi. Agarda u yig‘ma katalog yaratish bo‘yicha amallar, kutubxonalararo almashish dasturi, ta’lim yoki maslahat xizmati, fondlar tahlili yoki raqamli kutubxonalar yoki fondlarni saqlash dasturlari, umumiy elektron ma’lumotlar bazasi yaratish, 3-ilovada har xil modellar misolida keltirilgan.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə