Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Kutubxona konsorsiumlari uchun modellar



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə76/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Kutubxona konsorsiumlari uchun modellar
Butun jahonda qancha konsorsium bo‘lsa, qariyb shuncha konsorsiumlar yaratish modellari mavjuddir. Har bir konsorsium o‘z viloyati yoki mamlakati muhitida hech qanday o‘ziga xos tashqi tuzilmalar ta’sirisiz shakllangan. Kutubxonachilar o‘z konsorsiumlari tuzilishini o‘zgartirish uchun o‘zga konsorsiumlar ega bo‘lgan tajribalardan foydalandilar, ammo birorta ham konsorsium boshqa mamlakatlardan aynan ko‘chirilmagan. Bundan tashqari, agarda konsorsiumlar o‘zlari yaratilgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘ziga xoslik tomonlarini hisobga olgan bo‘lsa, ular anchagina muvaffaqiyatlarga egadirlar. Bu hujjat lokal konsorsiumlarni shakllantirishda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan bir qancha omillarni oydinlashtirish uchun Qo‘shma Shtatlar va Yevropaning bir nechta konsorsiumlarining tuzilishini ta’riflab beradi. Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda butun jahonda 250 taga yaqin konsorsium mavjud.
Ammo konsorsium o‘zi nima degani haqidagi kelishilgan standart yoki yo‘riqnoma mavjud emas. Bu yerda asosan, konsorsiumlarni yaratish, harakatlantirish va boshqarish tajribalarini hisobga olish hamda ular muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tushunib yetish muhimdir. Quyida keltiriladigan konsorsiumlar muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ammo bir-biriga o‘xshaydiganlari yo‘q. Ularning ayrimlari tuzilishi bo‘yicha yuqori darajada bo‘lsa, boshqalari esa tashkiliy jihatdan ancha erkinliklarga ega. Ayrimlari moliyaviy ta’minlangan bo‘lsa, boshqalari esa iqtisodiy jihatdan ancha noqulay sharoitdadir. Ayrimlari uzoq yillik tajribaga ega bo‘lsa, boshqalari esa endigina tashkil topgan. Unda ularning umumiyligi nimada? Ular konsorsiumning muvaffaqiyatiga ishonadigan kuchli professional shaxslar shtatiga (full time bo‘lishi shart emas) egadirlar. Bundan tashqari, ular a’zolarining kuchli qo‘llab-quvvatlashiga va harakatlarining aniq rejasiga egadirlar. Ularning barchasi kutubxona ishlari bo‘yicha xalqaro kooperatsiyada ishtirok etadilar va chet mamlakatlar konsorsiumlarining tajribalarini faol ravishda o‘rganadilar.
1.OhioLink. Bu konsorsium Ogayo shtati orqali akademik kutubxonalarga xizmat ko‘rsatadi. Bu davlat agentligidir. Muvaffaqiyatlar uchta eng muhim omillardan hosil bo‘ladi: a) OhioLink - Ogayo Shtati kutubxonalari orasida ancha oldingi yaqin hamkorlikdan shakllangan; b) hokimiyat tomonidan kuchli iqtisodiy va siyosiy yordam oladi; d) shtat administrativ samaradorlik bilan strategik ko‘rinishlarni birlashtiradi. Boshqarma tomonidan akademik tashkilotlar raxbarlaridan saylash yo‘li bilan shakllantirilgan OhioLink tuzilishi juda formaldir. Boshqarma yiliga olti marta yig‘iladi va ijroiya qo‘mitasi hamda turli kichik komissiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Asosiy moliyalashtirishni Ogayo Shtati orqali o‘zlarining qo‘shimcha mablag‘larini maxsus elektron qurilmalarning to‘lovi uchun hadya qiluvchi ta’sischi institutlar tomonidan amalga oshiriladi. OhioLink asosiy shtatidagi xodimlariga ham ega. Bu haqdagi to‘la ma’lumotni http:||www. OhioLink.edu WEB sahifasidan olish mumkin.
2.NELINET. Bu Qo‘shma Shtatlarning shtatlararo konsorsiumidir. Bu - tashkilotlarning oltita shtatga xizmat ko‘rsatuvchi «a’zolik kooperativi». Bu konsorsium erkli, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlovchi; daromad ko‘rmaydigan tashkilot bo‘lib, doimiy shtatga ega. A’zolari konsorsium a’zolari orasidan saylanuvchi Direktorlar boshqarmasiga ham ega. NELINET OCLC xizmati, anjumanlar va boshqa ta’lim dasturlarini, maslahat xizmatlari, elektron resurslarni litsenziyalash, raqamli kutubxonalar xizmati va moliyaviy xizmatlar kabilarni ta’minlashi mumkin. NELINET xizmat ko‘rsatish va a’zolik badallari orqali to‘liq moliyalashtirilgan. Demak, kutubxonalar o‘z foydalanuvchilariga pullik xizmat ko`rsatmaganlarida tashkilot faoliyatini davom ettira olmas edi. Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni http:||www.nelinet.net WEB sahifalaridan olish mumkin.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə