Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə62/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

«Проблемы дальнего Востока» («Far Eastern Affairs») - Rossiya Fanlar Akademiyasining har kvartalda chop etiladigan ijtimoiy-siyosiy jurnali. Rossiya yetakchi olimlarining analitik sharhlari, tanqidiy maqolalarini aks ettiradi.
«Международная жизнь» («International Affairs») - Dunyo siyosati, RFRning diplomatiyasi, xalqaro munosabatlarini aks ettiruvchi jurnal bo‘lib, ingliz tilida yiliga 6 marotaba chop etiladi.
«Военная мысль» («Military Thought»).- Rossiya Federatsiyasi Harbiy mudofaa vazirligining yetakchi nashri maqomiga ega hisoblanadigan har kvartalda chop etiladigan jurnali. Rossiya harbiy doktrinasi va strategiyasining aks ettirib, 1918-yildan chop etiladi.
«Общественные науки» («Social Sciences»).- kvartallik jurnal bo‘lib, Rossiya Fanlar Akademiyasi institutlarining 25 jurnalida chop etiladigan ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, tanqidiy sharhlar, analitik materiallarni o‘z ichiga oladi.
«Дайджест посоветской прессы» (The Current Digest of the Post-Soviet Press). sobiq Ittifoq davlatlari hududida chop etilgan gazeta va jurnallaridagi muhim materiallar yig‘indisidan iborat.
Bugungi kunda «IVIS» Rossiya, MDH va Baltiya davlatlaridan rus tilidagi kitob, gazeta, jurnallarning mikrofishlar va mikrofilmlardagi materiallarini qamrab oladilar.
Barcha mikrofilmlar arxivlarda saqlash qoidalari asosida xalqaro ANSI/ISO standartlari asosidagi maxsus qutilarda saqlanadi.
3.11. FAN VA TA’LIMGA OID ANALITIK MA’LUMOT BAZALARI
Analitik ma’lumot bazalari (yoki analitik axborot tizimi) oddiy ilmiy axborot resurslari ma’lumot bazalaridan farqli o‘laroq manbalarning (jurnal, maqola, kitob va boshqalar) o‘zidan iqtiboslik borasidagi qimmatli analitik axborotni o‘z ichiga oladi, shuningdek, maxsus qidiruv tizimiga ega bo‘lib, impakt faktor, indeks Xirsha kriteriylari bo‘yicha muallif va tashkilotlar reytingini shakllantiradi.
Bunday axborot tizimlari muhim analitik funksiyalarni bajaradi va quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • U yoki bu ilmiy manbalar (jurnallar, kitoblar, hisobotlar va boshqalar) yuqori qiymatga ega, ko‘p murojaat qilinadigan, iqtibosligi yuqori manbalarni ajratib ko‘rsatadi;

  • Ilmiy nashrlar o‘zlarining ilmiy jurnallari sifatini oshirishga, kuchli mualliflarni jalb qilish orqali, bunday ma’lumot bazalari ro‘yxatiga tushishga intiladilar;

  • Yosh tadqiqotchilar o‘zining sohasida yetakchi bo‘lgan, ro‘yxatlardagi ilmiy maslahatchilarni (supervayzerlar) topishi ancha mushkul;

  • Tadqiqotchilar ilmiy ishlar va jahon miqyosidagi ilmiy yangiliklarning rivojlanish tendensiyalarini kuzatish imkonini berib ilmiy izlanishda to‘g‘ri yo‘nalish tanlashga yordam beradi.

IMPА́KT-FА́KTOR ilmiy jurnalning sonli ko‘rsatkichi. 1960-yillardan boshlab,  Ilmiy axborot instituti tomonidan (ingl. Institute for Scientific Information, ISI), 1992-yilda Thomson korporatsiyasi tomonidan sotib olingan) har yili hisoblab chiqilib, «Journal Citation Report» jurnalida e’lon qilinadi. Impakt Faktor asosida jurnallar darajasi, ularda chop etilgan maqolalar sifatini baholaydi, tadqiqotchilarga iqtisodiy ko‘mak beradi va xodimlarni ishga oladi.
2016-yilda jurnalning Impakt-faktori quyidagi tarzda hisoblanadi: 
I2016 = A/B,

  • bunda: A — 2016 yil davomida mazkur jurnalda 2014-2015 yillarda chop etilgan maqolalarning iqtiboslik soni (ISI tomonidan kuzatilgan);

  • B - mazkur jurnalda 2014-2015 yillarda mazkur jurnalda chop etilgan maqolalar soni;


Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə