Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi



Yüklə 108,79 Kb.
səhifə4/10
tarix18.02.2022
ölçüsü108,79 Kb.
#83899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
14-Anvar

Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.

Y aqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mutlaq yangi

texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib,

uning yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish

maromini buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin.

Buning uchun insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik

diodlarining intensivligini tezda va yuqori aniqlikda o’zgartira olish qobiliyatiga

ega texnologiyalardan foydalaniladi. Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi

(inglizcha, light – yorug’lik so’zidan olingan) deb nomlanadigan bo’ldi.

M a’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish g’oyasi yaqinda paydo

bo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. Ilk marta simsiz

telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu voqea

1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining “Fotofon” deb nomlangan kashfiyoti

yordamida amalga oshirgan. Y o rug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy qiziqishlar, asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi kunda Wi-Fi texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda, avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda, deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu texnologiya orqali ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari (access point) va unga bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga halaqit berib qolishi mumkin. Bu esa simsiz tarmoqning o’tkazish imkoniyatini pasaytiradi, natijada kishilarda ma’lumotlarni o’tkazishning muqobil variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ldi. Garald Xaas – Edinburg universiteti professori ilk Li-Fi timsolini namoyish qildi. U o’tkazgan tajribada ma’lumotlarni o’tkazish tezligi 10 Mbit/s gacha yetdi. Biroq, professor Xaas interfeys tezligini 100 Mbit/s gacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Y o rug’lik orqali ma’lumotlarni o’tkazish texnologiyasiga ko’pchilikning

qiziqishi baland, chunki unda hech qanday radioto’lqinlarsiz ma’lumotlarni simsiz

tarmoqda o’tkazish mumkin. Bundan tashqari, neft platformalarida, suv ostida,

navigatsiya qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda radioto’lqinlardan foydalanish

ko’pincha ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 108,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə