Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə84/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   193
Falsafa

Nozidlik qonuni. Inson tafakkuri aniq, ravshan bо‘liishi bilan birga, ziddiyatsiz bо‘lishi ham zarur. Ziddiyatsizlik inson tafakkuriga xos bо‘lgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma’lumki, obyektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bо‘lishi, ham ega bо‘lmasligi mumkin emas. masalan, bir vaqtning о‘zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bо‘lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bо‘ladi.
Bir vaqtning о‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bо‘lmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yо‘l qо‘ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bо‘lishini ta’minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki о‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bо‘lishi mumkin emasligi, hech bо‘lmaganda ulardan biri, albatta, xato bо‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bо‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi.
Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid mulohazalarga nisbatan qо‘llanadi. Bunda qarama-qarshi mulohazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda xato bо‘lishi mumkin; о‘zaro zid mulohazalar esa, bir vaqtda xato bо‘lmaydi, ulardan biri xato bо‘lsa, ikkinchisi albatta chin bо‘ladi. Qarama-qarshi mulohazalarda esa, bunday bо‘lmaydi, ya’ni ulardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: “Arastu — mantiq fanining asoschisi” va “Arastu — mantiq fanining asoschisi emas” — bu о‘zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda xato bо‘lmaydi. Ulardan birinchisi chin bо‘lganligi uchun, ikkinchisi xato bо‘ladi. О‘zaro qarama-qarshi bо‘lgan “Bu dori shirin” va “Bu dori achchiq” mulohazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nisbatda xato bо‘lishi mumkin.
Uchinchisi – istisno” qonuni. Uchinchisi istisno qonuni Nozidlik qonunining mantiqiy davomi bо‘lib, fikrning tо‘liq mazmunini qamrab olib, bayon qilingan ikki zid fikrdan birichin, boshqasi xato, uchinchisiga о‘rin yо‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A yo V, yoki V emas bо‘ladi» formulasi orqali beriladi. Mulohazalar mantig‘ida bu qonun quyidagi formula orqali yoziladi: a   a (formula “ a yoki a emas” deb о‘qiladi. )
Bu qonun fikrlar о‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar fikrning tо‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bо‘lsa, unda “Uchinchisi – istisno” qonuni amal qilmaydi.
Masalan:
Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi.
Talaba imtihonda «ikki» baho oldi.
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning har ikkisi ham xato bо‘lishi va talaba imtihonda «о‘rta» yoki «yaxshi» baho olishi mumkin.
Agar, «Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi» va «Talaba imtihonda «a’lo» baho olmadi» mulohazalarini tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga о‘rin yо‘q ekanligi ma’lum bо‘ladi. Chunki «yaxshi», «о‘rta» va «ikki» baholar – «a’lo» baho emas.
“Uchinchisi-istisno” qonuni quyidagi holatlarda qо‘llanadi:
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida о‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan:
Toshkent – О‘zbekistonning poytaxti.
Toshkent – О‘zbekistonning poytaxti emas.
Bu mulohazalar birgalikda chin ham, xato ham bо‘la olmaydi. Ulardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi mulohazaga о‘rin yо‘q. “Uchinchisi-istisno” qonuni о‘zaro zid umumiy mulohazalar doirasida amal qilmaydi. Chunki umumiy mulohazalarda buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub har bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi.
Masalan:
Hamma faylasuflar notiqdir.
Hech bir faylasuf notiq emas.
Bu mulohazalardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi haqida xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Bunday holatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degan uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi.
Uchinchisi istisno qonuni:
1.Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan.
2.Umumiy tasdiq va juz’iy inkor etuvchi mulohazalarga nisbatan.
3.Umumiy inkor va juz’iy tasdiq mazmunidagi mulohazalarga nisbatan qо‘llanadi.
“Uchinchisi-istisno” qonunining amal qilishi uchun olingan zid munosabatlarni ifodalovchi mulohazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor mazmunida bо‘lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bо‘lishi shart emas. Olingan ikki tushuncha yoki mulohaza bir-birini hajm jihatdan tо‘liq inkor etishi kifoY. Masalan, “erkak” va “ayol” tushunchalarining har ikkisi ijobiy bо‘lib, “inson” tushunchasining tо‘liq mazmunini qamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi.
“Uchinchisi-istisno” qonunida ham, nozidlik qonunidagi kabi vaqt, munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks holda bu qonun о‘z kuchini yо‘qotadi, fikrning izchilligiga zarar yetadi va mantiqsizlikka yо‘l qо‘yiladi.
“Uchinchisi-istisno” qonuni, boshqa mantiqiy qonunlar singari, ziddiyatli mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlab berolmaydi. Buning uchun voqea va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson о‘z bilimlariga asoslangan holda о‘zaro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki xato ekanligini aniqlaydi. Bu qonun о‘zaro zid mulohazalar bir vaqtda chin bо‘lmasligini tasdiqlaydi.
“Uchinchisi-istisno” qonunini bilish, muhokama yuritishda tо‘g‘ri xulosa chiqarish uchun muhim bо‘lib, о‘zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yо‘l qо‘ymaydi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə