Muhandislik-texnologiya


Formal va dialektik mantiq. F



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə82/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193
Falsafa

Formal va dialektik mantiq. Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida о‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib о‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun-qoidalariga amal qilishni taqozo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham doimo falsafa tarkibida rivojlanib kelgan.
Dialektika rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qaramaqarshiliklar darajasiga kо‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bо‘lmay, balki ular о‘rtasidagi qarama-qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb kо‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir-biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bо‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir.
Falsafada “qonun” tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Mantiq ilmida esa “qonun” tushunchasi fikrlash elementlari о‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bо‘ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formal mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari obyektiv olam va bilish jarayoniga xos bо‘lgan eng umumiy qonunlar bо‘lib, dialektik mantiqning о‘rganish sohasi hisoblanadi. Formal mantiq qonunlari esa faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib о‘rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning tо‘g‘ri tuzilishi, aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bо‘lishini e’tiborga olgan holda о‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zaruriy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning tо‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bо‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar), xulosa chiqarishning shakllanishi va о‘zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlariga amal qilish tо‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bо‘lish va asoslanganlik tо‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bо‘lganligi uchun, ularning har birini alohida-alohida kо‘rib chiqamiz.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə