Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə15/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193
Falsafa

Ibn Arabiy falsafasi Yevropa falsafiy an’anasida foydalanilgan tilga juda yaqin bо‘lgan tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, kо‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, zamon kabi kategoriyalar va atamalardan foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bо‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, gо‘zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, rо‘yo va h.k.).
Har bir filosofema, Ibn Arabiyda bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli yechimlarning har biri bо‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish о‘rinli bо‘ladi deb о‘ylaymiz.
1. Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uning vositasi – aql, amalga oshirish usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. Kо‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u tо‘g‘ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi, mantiqan tо‘g‘ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bо‘lishi, biron-bir bо‘g‘inda uzilmasligi lozimligini kо‘rsatadi va о‘zi isbotlashning mantiqiy metodlarini kо‘p karra qо‘llaydi.
Mantiqiy bilish Ibn Arabiy uchun qimmatsiz emas, u dunyoni bilishga xizmat qiladi. «Faylasufning barcha bilimi ham soxta emas, u nimadadir haq bо‘lishi mumkin, ayniqsa, payg‘ambar ham shu haqda sо‘z yuritgan bо‘lsa. Sen faylasuf dinsiz yashaydi, deb aytishing mumkin, biroq unda dinning yо‘qligi faylasufning butun ta’limoti soxta ekanligini isbotlamaydi: buni aql asoslari bilan har qanday aql egasi anglab yetadi». «Aql asoslari» (avval al aql) – bu keyinchalik Dekart qayd etuvchi intuitiv jihatdan aniq va shak-shubhasiz oqilona haqiqatlardir.
Ibn Arabiy fikriga kо‘ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir. Oqilona bilim (ilm)ning qimmati Ibn Arabiyda shubha uyg‘otmaydi: «Narsani bilish, hech shubhasiz, uni bilmaslikdan ma’qulroqdir». Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida tо‘g‘ri bilim beradi: u, masalan, rangli oyna orqali о‘tgan yorug‘lik oyna rangini kasb etsa-da, о‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh kо‘zga kichkina bо‘lib kо‘rinsa-da, aslida Yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. Tо‘g‘ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni yechish uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bо‘lib turgan о‘tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik yechimi topilishi lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos bо‘lishi, uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud о‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yо‘li bilan yechish: yechimdan shartlar sari. Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida о‘rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga ham yashirin ichki (botin) ma’noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma’no borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada obyekti hisoblanadi. Yashirin ma’noni anglash narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita kо‘rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish subyekti о‘zining bilish obyektidan ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan anglab yetadi. Bunga bilish subyekti bо‘lgan insonda ham «yashirin ma’no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy bо‘lgani uchun bilish obyekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi, «tashqi mohiyat»da esa subyekt va obyektning alohidaligi saqlanib qoladi.
Mushohada yuritish yо‘li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e’tibori bilan, butundan qism sari harakatdan iborat bо‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda qismning mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy asarda bо‘lganidek) avval butunning mazmunini anglab yetish lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan butunni tushunish mumkin emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bо‘lib, mushohada yuritishga asoslanadi va uni biz shu til nomi bilan estetik filosofema deb ataymiz.
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yо‘l bilan yechish: shartlar va yechim ayniydir. Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yо‘li bilan bilishdan mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish subyekti va obyektining ayniylik shartidir. Bilish subyekti bu ayniylikka erishgach, о‘zining subyektlik mohiyatini yо‘qotadi; subyekt va obyekt о‘rtasidagi tafovut yо‘qoladi, biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yо‘qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, subyektiv о‘zlikning «halok bо‘lish», yо‘qolish holati deb ataladi.
Biz ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va immanentligi muammosi yechimining uch variantini kо‘rib chiqdik. Yechimning birinchi yо‘lini qismdan butun sari yо‘l, mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yо‘l deb belgilash mumkin. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism» deb, muammoning izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yо‘l butundan qism sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini faraz qildik, u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) kо‘rsatdik va sо‘ng uni tahlil qildik, transsendent-immanent muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bо‘lishi lozimligini kо‘rishga harakat qildik. Nihoyat, yechimning uchinchi varianti qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo va barcha yо‘nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda transsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda u о‘z yechimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u yechilmaydi, balki о‘z asosini yо‘qotadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə