Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə12/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193
Falsafa

Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil о‘zgarish va rivojlanishda bо‘ladi, materiya narsalar shaklini о‘zi yaratadi va о‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan.
Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...sо‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada о‘z tasdig‘ini topmagan».
Beruniyni yetarli asos bilan о‘rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og‘irligini aniqlash bо‘yicha bir qancha tajribalar о‘tkazdi. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim meyorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida obyektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta о‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, о‘rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi. G‘oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi, bilimning haqiqiyligi tajribada sinalishi muhimdir.
Beruniyning ijodida kuzatish muhim о‘rin egallaydi. Tabiatni ilmiy о‘rganishda kuzatish bilishning boshqa shakllari bilan о‘zaro bog‘langan.
Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadi. Binobarin, kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan kо‘rinishida qayd etadi. Kuzatishlarning eski ma’lumotlari obyektning haqiqiy kо‘rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.
Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning Yerdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy va sun’iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.
Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixida ham yetakchi о‘rinlardan birini egallaydi. U о‘sha davrda ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e’tibor bergan. Olimni о‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.
Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki о‘rganilayotgan obyekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mо‘ljal, ilmiy tadqiqotlar jabhasi cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yо‘llari va vositalarini topish borasidagi izlanishlarda muhim rol о‘ynadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə