Muhandislik-texnologiya


Rim imperiyasi davri va o’rta asrlarda Yevropa falsafasi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə20/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193
Falsafa

Rim imperiyasi davri va o’rta asrlarda Yevropa falsafasi. Yevropada qadimgi Yunon va Rim davridan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi. 2. O’rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostitsizm eramizning 150-yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy taMimot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatining ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g’alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo’lib qolar edi va shunday bo’ldi ham. 354-yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya ‘ hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hech mahal mod diy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o’rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi «himoya qilish» — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki ap’apa yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash, Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qoyilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika» so’zi «ota» («padre») so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G’arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo’llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo’lgan Avreliy Avgustin (354—430) bo’lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo’lgan. Avgustin o’z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag’ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o’sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig’inish» 401-yilda yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. Unda Tavrot oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar ham yozgan.
«Sxolastika» so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga raoslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham baholash mumkin. O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish taqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bo’lgan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə