Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə21/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   193
Falsafa

Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiy (1038—1109) dir. U Shimoliy Italiyada tug’ilgan, 1093-yilda Ketterberiy shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angelm o’zining ikki asari bilan mashhur. Birinchisi «Monopoliya» — Xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko’p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bolishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Angelmning ikkinchi asari «Prologion» Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g’oya mavjuddir. Bu g’oya esa obektiv mavjudlikka ega bo’lgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo’lmaganda edi, narsa komil bo’lmas edi. Agar Xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, Xudo reallikda mavjuddir.
Arastu ta’limotining ko’p tomonlarini qabul qilgan o’rta asr sxolastlarini mo’tadil realistlar deb atalgan. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Akviniyalik Fomlar bo’lgan. Britaniyada tug’ilgan P. Abelyar (1079-1142) juda yoshligidanoq o’z bilimi bilan mashhur edi. Abelyar — mo’tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o’zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g’oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz kishidan ko’ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o’rgangan kishi afzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o’zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yollaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning fikricha, insonning o’limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo’lgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga axloqiy ta’sir ko’rsatish maqsadida sodir bo’ladi. Bu bilan odamlar o’z hayotini Xudoga boysundiradilar. Bu qarash axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Akviniyalik Foma (1224—1292) mo’tadil realizmning yana bir yirik vakili bo’lib hisoblanadi. Foma o’sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u mo’tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bolgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat bo’lib, 600 masalani yoritishga bag’ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning birinchi qismi Xudoning mavjudligi va borlig’i masalasida bahs yuritadi. Ikkinchi qismi «Xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi. Foma talimotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida G’arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O’sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309—1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo’l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Tavrot nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, Shuningdek, universaliylarning obektiv mavjudligini inkor qiladi. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu tushunchalarni odam o’z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir.
Rodjer Bekon (1214—1292) ham Okkam mansub bo’lgan oqim vakillaridandir. U o’z hayotini ilmiy tajribalarga bag’ishlagan.
Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday metodni XVII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o’rganish metodini qo’llash nominalistlar qarashlariga to’liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar o’rtasidagi qarama-qarshilik o’rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun o’rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o’rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri — 1150 va 1300-yillarda — Foma Akviniyskiyning mo’tadil realizmi nominalizm ustidan g’alaba qozondi. Lekin 1300-yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Bu ko’p jihatdan uyg’onish davri falsafasiga ta’sir ko’rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida universitetlar muhim o’rin tutadi. Ular bilim va ma’rifatning o’chog’i sifatida 1200-yillarda vujudga keldi. 1400-yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet mavjud bo’lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug’ullanish tashkil etar edi. Universitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo’ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata boshlaydi. Abelyarning o’qituvchi sifatidagi shuhrati ko’p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Universitetlar, Shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko’chib o’tishlariga sabab bo’ldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo’zg’olon ko’tarishi va 1209-yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko’chib o’tishlari natijasida vujudga keldi.
Universitetlar qadimgi Yunoniston va Rirnda, shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham mashhur bo’lgan ustoz va shogirdlar to’planib ilm o’rganadigan, o’rgatiladigan va ilmiy bahslar olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo’lsa-da, ammo fan sohalarining ko’pligi tufayli alohida ilm o’chog’iga aylanib qoldi. Ularning tajribasi keyinroq butun dunyoga tarqalib ketdi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə