Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə24/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193
Falsafa

Fransuz falsafasi. O’rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraqqiyotida Fransiyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o’rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Volter, Lametri, Gelvetsiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.
R. Dekart (1596—1650) falsafasida dualizm asosiy o’rin tutadi. Uning fikricha materiya va ruh borliqning asosida yotadi va xudoga boysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u inson tafakkuriga bog’liq bo’lmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhurdir. Bilishda fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart ratsionalizm ta’limotining asoschisi bo’lib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi shubha ostiga olib bo’lmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tekshirish shubha ostiga olish mumkin. Dekart o’sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo’lib, o’z davrida aniq fanlar sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga kiritgan olim hisoblanadi.
Nemis mumtoz falsafasi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa G’arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o’rinni egalladi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724—1804) faqat mashhur faylasufgina bolib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushunt: ruvchi ta’limotlarga zarba berdi. Kant o’z davri tabiatshunosligi erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Kant falsafada katta o’rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Hegel (1770-1831) ijodida o’zining yuksak cho’qqisiga erishdi. Hegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O’sha davrlarda hukmron bo’lgan metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Hegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning obektiv shakllaridir. Borliqning asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g’oya» yoki «dunyo ruhi» yotadi.
Rivojlanish g’oyasi Hegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor doira ichida emas, doimiy, quyidan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor o’zgarishlarining tub sifat o’zgarishlariga o’tishi yuz beradi. Rivojlanishning manbai esa har qanday o’z-o’zidan harakatning sababi bo’lgan qarama-qarshilikdir. Hegel falsafasida borliq dialektik o’tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan. Hegel fikricha, tarix dunyoviy ruhning yoki mutlaq g’oyaning rivoji sifatida namoyon bo’ladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning o’z-o’zidan rivoji tarixidir. Hegel ta’limoticha, aql tarixda shunday namoyon bo’ladiki, unda har bir xalq ruh o’z-o’zini anglab, tobora yuqorilab borishiga o’z hissasini qo’shish huquqini oladi. Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik) amalga oshmaydi. Hegel umumjahon tarixini to’rt bosqichga bo’ladi: 1. Sharq dunyosi. 2. Yunon dunyosi. 3. Rumo dunyosi. 4. German dunyosi: Hegelning da’vosicha, faqat german xalqlarida to’liq erkinlik bo’lgan. Bu xalqlar o’z tarixiy rivojlanishlarida isloxotchilik (reformatsiya), 1789-yil Fransuz inqilobi mevalaridan bahramand bo’lganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va siyosiy erkinlikka erishganlar. Hegelning ta’kidlashicha, aqlga muvofiq davlatchilikni o’rnatgan faqat german xalqigina umumjahon — tarixiy jarayonining haqiqiy timsolidir. Hegel umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan metodi ham boshqa kamchiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan xoli emas edi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə