Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə25/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   193
Falsafa

XX asr va hozirgi zamon falsafasi. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yomlarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham bo’ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma-xil oqim va yo’nalishlar mavjud. O’z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.

  1. asrga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’z!arining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo’shimchani qo’shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.

Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — stsientizm (lot. scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’Hmotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antistsientizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, Frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba’zi diniyfalsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qoymaslik talabi bilan bog’liqdir. Antistsientizmning ayrim o’ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to’xtatib qoyish g’oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida birbiriga muqobil bo’lgan yo’nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antistsientizm, materializm va idealizm o’z o’rniga ega bo’lmoqda.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko’pchilik nemis olimi Artur Shopengauer (1788—1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo’lishi, irodani esa ongsiz ko’r-ko’rona intilish tarzida tushunadi. Maxluqotlarning instinktlari, xattiharakatlari — irodaning namoyon bo’lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo’lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irratsional asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g’ildiragiga bog’liqdir.
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844—1900) fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo’lgan irodadir». Nitsshe inson borlig’ida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o’rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari surilgan. U o’z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo’lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo’lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning so’nishi va barham topishi to’g’risidagi g’oyasiga asoslanib, 1918-yilda G. Shpengler «Yevropaning so’nishi» degan asarini yozadi.
0’tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turqunlikdan chiqishning yo’lini g’arbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko’rdilar. Shu zaylda «Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik paydo bo’ldi. Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bo’lgan neotomizm ham yoqlab chiqdi. Neotomizm shu bugunga qadar ham o’z mavqeini yo’qotmagan bo’lib, katolik cherkovi tomonidan qo’llabquvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi rahbarlik qiladigan Vatikanning faoliyad rnuhim o’rin tutadi.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u o’rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma Akviniyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va e’tiqod o’rtasida to’la muvofiqlik, uygunlik bor. Ular bir-birini to’ldirib turadi, har ikkisi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qo’llanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko’r-korona, shunchaki ishonch bo’lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bo’lishi kerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Neotomizm hozirgi dunyoda sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. O’z navbatida bu demokratiya ustuvor boIgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi.
Neokantchilik XIX asr o’rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan ta’limotdir. Uning vakillari I. Kant oz davrida qoygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahil etadilar. Bu ta’limotga kora, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti ozi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir oz maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari ozi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamoatchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo oz haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yonalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyandalari misol boladi.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm Garbda XIX asrning 20-yillarida paydo bolgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Neopozitivistlar verifikatsiya prinsipini ilgari su radilar (lot. Veritas — haqiqat). Ularning fikricha, faqat tajribada o’z tasdig’ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.
Shundan so’ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko’ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning haqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60—70-yillariga kelib, neopozitivizmning mavqeyi kamayib, asosiy o’ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.
Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning obektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan LeviStross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga to’la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko’ra shunday prinsipga, umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g’oyalariga asosiy diqqatini qaratadi. Jamiyat, bu ta’limotga ko’ra, kishilar o’rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o’rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. Bu oqim vag’illari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror-bir tarixiy manbaning to’g’ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to’la his etishi, tushunishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko’plab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30-yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya tom ma’noda mavjud bo’lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo’nalishdagi talimotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g’oyalari asosida umumlashtirdi. Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o’rtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo’lib qoldi. Ekzistensializm vakillari asosan ikki yo’nalishga bo’linadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspers, Marsel) bo’lib bunday bo’linish nisbiydir.
Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko’ra, inson o’zining yaratish jarayonini o’zi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo’lib, ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson o’z mohiyatini o’zi erkin belgilaydi, uning kim bo’lib yetishishi faqat uning o’ziga bog’liq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga o’xshatiladi. Erkinlik insonning o’zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir, Chunki bunda inson o’zi, boshqalarni hamda uni o’rab turgan olamni ham qayta yaratadi.
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspers va Marsel fikricha, inson o’z erkin faoliyati davomida Xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolg’izlikda namoyon bo’ladi. «Axlika, mas’uliyat sof erkinlikning o’zidir, faqat shunday sharoitda inson o’zini to’laligicha anglaydi. Hayot va o’lim, qo’rqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bo’lmasligi abadiy, inson umri o’tkinchi bo’lganligi uchun ham dahshatlidir.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQShda keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo’llari va usullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan ana shunday nazariyalardan biri marksizm bo’lib, keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga aylangan bu talimotning asoslari K. Marks (1818—1883) va F. Engels (1820—1895) asarlarida ta’riflab berilgan va keyinchalik hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. Uning K. Kautskiy, V. Plexanov boshliq mo’tadil tarafdorlari sotsial-demokratiyaga ko’proq moyil bo’lishdi. Rossiyada V.Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish yo’lidan bordilar. Bu o’z navbatida, inqilobiy sakrash usulini tanlashga olib keldi va Rossiyani terror yo’liga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar taqdirida g’oyat salbiy o’rin tutishi ma’lum bo’ldi.
G’arbda Marksning hozirgi davrdagi tarafdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar. Ko’pgina neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqilobiy emas, tadrijiy sakrash yo’lidan borish ustuvor bo’lishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ularning asl qarashlariga ko’ra jamiyat, millat emas, sinf va ular o’rtasidagi kurash taraqqiyotni belgilaydi, degan o’sha ta’limotga bog’liqligicha qolmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari hududida mutlaq hukmron bo’lgan ushbu mafkuraning taqdirini va oqibatini o’rganish, uning tarixidan xolisona xulosa chiqarish, bu talimotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib qoyish ham foydadan xoli emas. Bu borada lommim demaslik foyda bermaydi. Zero, talimotlar tarixi — insonlar, xalqlar va ularning taqdiri, jamiyat va davlatlar yuksalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu yuksalish yoki tanazzul ko’p hollarda muayyan g’oyalar, mafkuralar ta’sirida roy beradi. Gohida minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi g’oyalar yoki mafkuralar oxir-oqibat ana shu millionlarning zavoliga sabab bolishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va keyinroq u paydo bo’lgan hududda shakllangan natsional sotsializm (fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida esa, biror ta’limot qadriyatlarini mutlaqlashtirish, albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu o’z navbatida jaholat va qabohatga eltuvchi yoldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi.
XX asrga kelib jamiyat tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning xilmaxilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko’ra, jamiyat tarixi — o’ziga xos madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organik tabiatdagi hayot shakllarining rang-barangligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi bo’lsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg’unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning o’z o’rni bor.
Bu g’oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880— 1936) va ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889—1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler o’zining «Yevropaning so’nishi» nomli asarida tarixni bir-biridan mustasno bo’lgan madaniyatlar majmuyidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni ko’rsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va rus-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o’ziga xos diniy asosga ega bo’lib, ularning har biri qat’iy biologik maromga (ritmga) boysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib o’tadi: tug’ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so’nish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud, deb ko’rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»),
O.Shpengler yevropotsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish g’oyasiga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o’ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g’oyasini mutlaqlashtirdi. Ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion konsepsiyasi ko’pchilik faylasuflar tomonidan tan olinmoqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat g’oyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko’ra, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rangbarang falsafiy talimotlar shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmasa-da, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bog’liq murakkab fan ekanligi to’g’risida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, o’z navbatida bizning milliy g’oya va mafkuramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə