Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə14/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   193
Falsafa

Sо‘fizm falsafasi. Bilish muammosi sо‘fizmning eng muhim tomonini tashkil etadi. Mо‘tadil sо‘fizm ta’limotiga kо‘ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish – haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga о‘zini о‘zi takomillashtirish va о‘zini о‘zi bilish yо‘li bilan erishiladi. О‘z mohiyatini bilish jarayonida inson о‘zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir tо‘g‘ri usuli о‘zini о‘zi bilish, ya’ni о‘zlikni anglash ekaninini tushuna boshlaydi.
Biroq bilishning bu darajasiga yetish uchun odam о‘zini butunlay о‘z о‘zligini anglashga baxshida etishi lozim. U sо‘fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek haqiqat sari yо‘l tutgan kishilarga qо‘yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mо‘tadil sо‘fizm vakillari qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G‘azzoliy va boshqalar kiradi. Ular sо‘fiy shariat chizig‘idan chetga chiqmasligi, uning barcha sо‘zlari va ishlari Qur’oni karim aqidalari va Muhammad payg‘ambar hadislariga muvofiq bо‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.
«Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida turuvchi sо‘fiylar sо‘fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir deb qaraydilar. Tabiat ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya zanjirida oxirgi bо‘g‘inni egallaydi. U nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga yetadi, balki о‘zi ham Haqiqat – «Alloh»ga aylanadi. Sо‘fiylikning bu tariqati vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal kо‘rib, shariat aqidalari va meyorlarini tan olmaganlar.
Sо‘fizm Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi dunyoda, mavjud har bir narsa bilan tenglashtiradi va ularda Allohning siymosi, mohiyatini kо‘rib, tabiat, atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon, bu yashirin hodisalarning har birida ilohiy haqiqat belgisi, mohiyatini topish va bilish maqsadida muayyan qadam tashlaydi.
Sо‘fizmdagi Allohni bilishda bilish usullari va vositalari sifatida vahiy va ilhom amal qiladi. Bu yerda sezgilar va aql bilish vositalari sifatida ishlamaydi. Borliqning birligi tarafdorlari sanalgan sо‘fiylarda panteistik an’analar ustunlik qiluvchi ta’limotlarda Allohni bilish nazariyasi bilan bir qatorda dunyoni bilish nazariyasi ham mavjud bо‘lib, unda bilish obyekti sifatida moddiy dunyoning о‘zi, bilish vositalari va usullari sifatida esa – sezgilar, aql, kuzatish, taqqoslash, sо‘zning tor ma’nosidagi tajriba amal qiladi. Garchi ular bilishning turli shakllarini tan olsalar-da, mohiyatlar mohiyati (Alloh)ni bilish darajasi tо‘g‘risida sо‘z yuritilgan hollarda bilish shakllarining ahamiyatini cheklaydilar. Allohni bilishga faqat Uning karami va nuri yordamida muvaffaq bо‘linadi.
Mutlaq haqiqatning tagiga yetish yо‘lidan boruvchi odam (orif) о‘z oldiga haqiqatni bilish vazifasini qо‘ygan faol individga aylanadi va uzoq izlanishlar, turli mistik bosqichlar, maqomlardan о‘tish va о‘zlikni anglash natijasida о‘zida mutlaq haqiqat (Alloh)ni topadi va yetuk insonga aylanadi.
Sо‘fizm ta’limotiga kо‘ra, haqiqatning tagiga yetish uchun odam о‘z ichki dunyosi, qalbini har xil dunyoviy qusurlardan forig‘ etishi lozim. Bunga erishish uchun u bir qancha ma’naviy bosqichlar yoki sо‘fiylar ta’biri bilan aytganda maqomlardan о‘tishi darkor.
Bilish va ma’naviy sayohat yо‘lida odamga uning tafakkuri yо‘l kо‘rsatadi. Kо‘rsatilgan bosqichlarning har biridan о‘tish natijasida odam axloqiy va ma’naviy jihatdan takomillashadi va haqiqatni bilishga yaqinlashadi.
Abu Homid G‘azzoliy sо‘fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi. Bunga u muvaffaq bо‘ldi. G‘azzoliy fikriga kо‘ra, «har qanday ma’naviy poklanishlardan qat’i nazar, inson hech qachon Xudoga aylana olmaydi». Bu bilan u sо‘fizm va panteizm о‘rtasida о‘ziga xos «xitoy devori» о‘rnatdi.
O’sha davrda yashagan, ijod etgan mutafakkirlardan biri Yoqub ibn Isoq al-Kindiy (800—879-yillar) falsafiy qarashlari o’z davrining eng ilg’or oqim sifatida tanilgan va Mu’tazila ta’limoti bilan uzviy bog’liq holda yuzaga kelgan.
Arab falsafasi mutaxassislarining fikricha, garchand musulmon Sharqida juda ko’p yirik mutafakkirlar o’tgan bo’lsa ham, ,,faylasuf” degan nomga faqat al-Kindiy musharraf bo’lgan, xolos.
Al-Kindiy falsafa bilan fan o’rtasidagi tortishuvni falsafa foydasiga hal qiladi. U falsafa fanining zarurligini isbot qilishga urinib, uni borliqni bilishning muhim quroli, hatto falsafaning dushmanlari ham falsafaga muhtojdirlar, deb uqtiradi. Al-Kindiy falsafaning zarurligini uqtiribgina qolmay, uning vazifasi nimadan iborat, inson o’z aqli, idroki bilan narsa va hodisalarning asl mohiyatini bilishga qodirmi, degan savollarga ham javob berishga harakat qiladi. „Falsafa, — deydi u, —narsa va hodisalarning mohiyatini, asosiy sabablarini tekshiradi, no’malum haqiqatning sababini topish orqaligina, uning mohiyatini bilish mumkin“.
Al-Kindiyning fikricha, plant to’g’risidagi butun haqiqatni bir mutafakkirning o’zi to’liq tushunib, egallab yetolmaydi. Haqiqat necha necha asrlar davomida, qanchadan-qancha mutafakkirlar tomonidan to’planib kelingan bilimlar majmuasidan iborat. Bir odamning umri qancha uzun, aqli teran, ilmiy izlanishlari chuqur bo’Imasin, ko’p mehnat qilmasin, baribir, olam to’g’risidagi bor haqiqatning hammasini to’liq anglab yetolmaydi. „Buning uchun, — deydi u, — yuzlab, minglab yillar, necha-necha avlodlarning matonatli izlanishlari, o’tkir fikrlari zarur bo’ladi. Shu tufayli biz biroz bo’lsa-da, haqiqatni bizga bildirib ketgan o’tmishdoshlarimiz, ota-bobolarimizdan minnatdor bo’lmog’imiz lozim“, — degan xulosaga kelgan.
Al-Kindiyning arab falsafasida sharq aristotelchiligi paydo bolishidagi roli g’oyat kattadir. U Arastu falsafasini juda yaxshi bilgan va, hatto uning ba’zi bir g’oyalariga tanqidiy yondashgan. U Arastuning 10 ta kategoriyasi o’rniga o’zining 5 ta parasubstansiyasini (materiya, shakl, harakat, makon va zamonni) ilgari surgan. Uning nuqtayi nazaricha, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan. Materiya esa to’rt unsur: olov, suv, havo va tuproqdan iboratdir. Materiya doimiy harakatda, harakat esa narsalaming bir turdan ikkinchi turga o’tishidan iborat. Bu, o’z navbatida, o’zgarishlarga olib keladi. Harakatni u olti turga bo’ladi: 1) paydo bo’lish; 2) yo’q bo’lish; 3) uzayish; 4) qisqarish; 5) o’zgarish va nihoyat, 6) siljish. Vaqt harakatning sekin va tezligidan iborat bo’lib, u o’tgan zamon va kelgusi zamonni bog’laydi. Materiya shaklga ham ega. Faqat shakliy tafovut materiyani (xayulo) makon atributi ekanligini ham e’tirof etadi. Makon deb, jisrnni o’z ichiga oladigan, jismdan tashqaridagi sathga aytamiz. Makon bilan uni to’ldirib turadigan narsa bir-biriga bog’liq. Agar makon bo’lsa, uni to’ldiruvchi biron narsa bo’lishi kerak va aksincha, degan xulosaga kelgan.
Al-Kindiyning falsafiy qarashlarida. dunyoni ilmiy bilishning uch bosqichi haqidagi ta’limoti ham muhim o’rin tutadi. Bunda bilishning birinchi bosqichi mantiq va matematika yordamida yuzaga kelsa, tabiatshunoslik bilimlari orqali inson bilishning ikkinchi bosqichiga ko’tariladi. Inson bilishning uchinchi bosqichiga esa, metafizika (falsafa) orqali ko’tariladi. U o’zidan oldin o’tgan olimlar va zamondoshlarining qarashlarini umumlashtirib, tanqidiy ravishda qayta ishlab chiqqan, qadimgi faylasuflar, xususan, yunon falsafasining durdonalari bilan butun kelgusi avlodlarni bahramand qila olgan qomusiy mutafakkirdir.
O’rta asr Sharq falsafasining Al-Kindiydan keyingi yana bir yirik vakili ar-Roziydir (864—925-yillar). Uning to’liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziydir. U tibbiyot, kimyo, botanika, astronomiya, matematika, mantiq va falsafaga oid ilmlami chuqur egallab, Sharqning buyuk ensiklopedist olimi, tabib va mutafakkiri bo’lib yetishdi.
Roziyning falsafiy qarashlari ham Eron, Arab, Hind, Xitoy, Turon zaminidagi diniy-falsafiy sistemalari hamda qadimgi yunon falsafiy ta’limotlari asosida shakllandi. Roziyning ilmiy tadqiqotlari tajriba va kuzatishlarga asoslangan bo’lib, u o’z davrining dogmatik qarashlaridan xolidir. Roziy o’zining original falsafiy qarashlari bilan zamondoshlaridan ancha oldinga ketib, qator ilg’or g’oyalami ilgari suradi.
Roziy o’z falsafiy qarashlarida Arastuning izidan borgan o’z o’tmishdoshi Al-Kindiyga nisbatan butunlay mustaqil yo’l tutdi. Uning falsafiy ta’limotiga ko’ra, real dunyo beshta azaliy boshlang’ich: materiya, makon, zamon, jon (an-nafas) va Xudo (bori)dan iboratdir. Roziy Xudoni azaliy sabablardan faqat bin deb biladi. U dunyoning vujudga kelishida boshqa azaliy sabablar qanday rol oynasa, Xudo ham shunday rol oynaydi, deb hisoblagan. Shu sababli u Xudoni dunyoni yaratuvchi emas, balki boshqaruvchi kuch, deb tasawur qiladi. Ko’rinib turibdiki, Roziy borliqning abadiyligi, uning makon va zamondagi cheksizligi, dunyo hech kirn tomonidan yaratilmaganligi, harakat esa narsalarning ajralmas xususiyati ekanini, harakatning manbayi narsalarning ichidaligini ko’rsatadi.
Roziy kishilarni ilm-fan va ma’rifatni egallashga chaqiradi, baxtli hayotga erishish ilm-fanni egallash orqali royobga chiqadi, deb tushuntiradi. „Biz uchun eng sharafli bo’lgan narsa, — deydi u, — faqat jismoniy lazzatlarga intilish emas, balki ilm va ma’rifat orttirish va haqiqatga erishishdir". Uning ta’limoticha, inson hayotining mohiyati baxtli turmushga erishishdir. Shuning uchun har bir kishi baxtli hayot uchun kurashishi kerak. Bu kurash ikki yo’ldan iborat. Birinchisi — hayotning hamma moddiy ne’matlaridan foydalangan holda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish; ikkinchisi — eng oliy axloqiy holga erishishdir. Eng baxtli odam boshqalarga ko’p foyda keltirgan kishidir. Uningcha, eng ohy axloqiy yetuklik kishilarning bir-biriga nisbatan adolatli munosabatda bo’lishi, bir-birini ochiq ko’ngillilik va hushmuomalalik, rahmdillik bilan qabul qilish, yordam berishidir. Boshqalami baxtsiz qilish yo’li bilan baxtli bo’lish mumkin emas.
Roziy hatto Islom dini aqidalarini tanqid qiluvchi ikki asar ham yozgan. Bular: „Naqd aladyon“ („Dinlardagi ziddiyat“) va „Hiyal almutanabbiyyin“ („Soxta payg’ambarlar nayrangi“)dir. Bu asarlarning bizgacha faqat ayrim qismlarigina yetib kelgan.
Roziy o’z qarashlarida o’sha davr uchun eng ilg’or va qimmatli bo’lgan — xalqlaming o’zaro tengligi, kishilarning dinga, e’tiqodga nisbatan erkinligi haqidagi fikrlarni ham ilgari suradi.
O’rta asr musulmon falsafasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlardan biri Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliydir (1058-1111-yillar), G’azzoliy mashhur islom ilohiyotchisi, Kalom falsafasining yirik vakilidir.
Abu Hamid G’azzoliy islomiy ilmlarning turli sohalarini dunyoviy ilmlarga qo’shib chuqur egallaydi. U nimani o’rgansa, shu sohani to’ldirishga, rivojlantirishga harakat qilib, har bir o’rgangan narsasini islom tarozisiga qoyib, o’lchab ko’rish asosida baholashga harakat qiladi. Oqibatda, islomning turli sohalariga oid yuzdan ortiq asarlar yaratadi. U fikx ilmiga oid ,,Bosit“, ,,Vajid“ va „Kosit“, ,,Kalom“ ta’limotiga doir „Tavxid ul A’qoid“, ,,ArRisolat-ul-Qudsiya“, ,,Al-iqtisod-u fil-e’tiqod“ kabi asarlarni yozgan.
G’azzoliyni jahonga mashhur qilgan va dunyo tan olgan faylasuflar qatoriga qo’shgan asarlari — mu’tazilachilar, botiniylar (ular ko’proq aqlga tayanganlar)ning yo’ldan ozganini asoslashga va islomni zaiflashtirishlariga qarshi yozgan „Fadoix al-Botiniya“, „Al-Qismoi-aI-Mustaqim“, „Hujjatul-Haq“, ,,Mufasiul-Xilof’ va „Ad-Diras al-Marqum“ nomli kitoblaridir.
Abu Hamid G’azzoliy jahon faylasuflari, xususan, yunon faylasuflari asarlari bilan ham tanishib chiqqan. U Forobiy va Ibn Sinolarning Platon va Arastuning falsafasi ta’sirida qolganliklarini, ularga ergashganliklarini tanqid qilib, „Taxofut-ul-falosifa“ („Faylasuflarga qarshi“) asarini yozgan. Bu asarida u Islomni, Qur’onni insoniyatning aqliy bilimlari mezonlari bilan o’lchab bo’Imasligini ta’kidlaydi. Insoniyatning aqliy bilimlarini Qur’on nuqtayi nazaridan ko’rib chiqish lozimligiga e’tibomi qaratadi. Agar shunday qilinmasa, Islomni yanglish tushunish davom etaveradi, biz buning oldini olishimiz kerak, deydi u.
G’azzoliy o’z ta’Iimotida Islom falsafasi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, kishilar haqiqatni tanish uchun awal Ollohni tanishi kerakligini, aks holda ular his-tuyg’uda ham, aqliy bilimlarda ham adashishlari mumkin, deydi. Xullas, G’azzoliy o’zining asarlarida islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqib, uni falsafiy jihatdan asoslab beradi. U islomning eng yirik nazariyotchisi hisoblanadi.
G’azzoliy islom ilohiyotiga oid falsafiy qarashlariga qarshi chiqqan faylasuf — Ibn Rushddir (1126—1198-yillar).
Ibn Rushd Arastuning falsafiy qarashlarini davom ettirdi va, shu asosda, o’ziga xos falsafiy tizimni yaratdi. U o’z qarashlarida Xudoning mavjudligini e’tirof etsa-da, dunyoni Xudo yaratmagan, uning ibtidosi ham, intihosi ham yo’q, deydi. Uning fikricha, materiya benihoyat abadiy va azaliy bo’lib, moddiy dunyoda faqat zaruriyat hukm suradi, Xudo ham shu zaruriyatga boysunadi.
Ibn Rushd „ikki haqiqat“ to’g’risidagi ta’limotni ham yaratdi. Bu ta’limotda aytilishicha, ilmiy-falsafiy fikr erishgan haqiqat — haqiqiy bilim, diniy ta’limotlar mavjud haqiqatlarga mos kelmasligi ham mumkin.
Ibn Rushd o’zining Abu Hamid Muhammad G’azzoliy asari — „Taxofut al-falosifa“ („Faylasuflarni rad etish“) ga qarshi yozgan „Taxofut-ut-taxofut“ („Faylasuflarni rad etishni rad etish“) asarida G’azzoliy ta’limotini qattiq tanqid qiladi. U, kishi oliy kamolotga faqat zikr-u sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilimlami egallash orqali erishadi, deb ta’lim beradi. Ibn Rushdning bu ta’limoti O’rta asrdagi Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, keyinchalik esa, Uyg’onish davri Yevropa mamlakatlarida falsafiy qarashlar rivojlanishida katta rol oynaydi. U O’rta asr hurfikrliligining eng yirik namoyandalaridan biri bo’lgan.
Kalom va Mu’tazila g’oyalari O’rta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy qarashlarida ham o’z ifodasini topadi.
X asrda yashagan Turkistonlik olimlar Abul-Qosim Samarqandiy va Abu Mansur as-Samarqandiy bergan ma’lumotlarga ko’ra, Mu’tazilagbyalari Samarqand, Buxoro madrasalarida ham keng tarqalgan, ular bilan Kalom falsafasi tarafdorlari o’rtasida katta munozaralar olib borilgan. Ray shahrining qozikaloni Qozi Abdujabbor mu ‘tazila falsafasi tarafdorlariga boshchilik qilgan. U har qanday bilimni mantiqiy dalillar asosida himoya qilish zarurligini ko’rsatgan. Shu bilan birga, u islom aqidalari, shariat talab va taqiqlariga ko’r-ko’rona rioya qilish mumkin emasligini ham ko’rsatgan.
Xorazmlik olimlar Abu Mudar binni Jarir-al-Dabbiy alIsfahoniy, Abul-Qosim ibn Umar az-Zamaxshariy, Imom Tojiddin Muhammad Abdu-ul-Karim ash Shahristoniylar Mu’tazila ta’limotini ochiqdan-ochiq himoya qilib, falsafada ratsionalistik yo’nalishni ancha yuksak bosqichga ko’tardilar. O’z zamonining eng yirik, obro’-e’tiborli olimlaridan bin bofigan Abu Mudar Urganchda kuchli mu’tazila maktabini tashkil etgan. Uning shogirdi bo’lgan Zamaxshariy qattiq ta’qib va tazyiqlarga qaramay, mu’tazila e’tiqodidan yuz olgirmagan, mustaqil aqliy mulohazalar haqiqatni bilishning asosiy sharti ekanini ko’rsatgan, ratsionalizm — aqliy bilimlarni, mantiqiy dalillarni ko’r-ko’rona e’tiqoddan ustun qoygan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə