Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə9/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193
Falsafa

Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o’ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo’jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo’liga o’tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy g’oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551—479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy talimotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o’ziga xos tarzda namoyon bolishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g’oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o’zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko’ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug’, u o’ziga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rmasligi, o’ziga ravo ko’rgan narsani boshqalariga ham ravo ko’rishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g’oyalari takomilida muhim o’rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko’tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan biri LaoSzidir (VI—V asrlar). Uning ta’limotiga ko’ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga boysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, yer va yog’och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harakatsiz holda bolishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o’rtasidagi kurash, ya’ni In va Yan orasidagi munosabat — bizni o’rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbayidir. In va Yan o’rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, ozini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr korsatishi lozim. Bolmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. LaoSzi bu orinda ekologik faloqatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta och oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik faloqatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.
Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bolish, Ona zamin va Vatanni asrab-avaylash, odamlar ortasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — qadimgi xalqlarga xos bolgan falsafaning bosh g’oyalaridir. O’sha, hamma narsa oddiy tushunilgan qadim zamonlardayoq buyuk aql egalari odamlarni tabiatni asrashga, insonni qadrlashga chaqirgani bejiz emas. Ular insoniyat hayotiga xavf soladigan darajaga yetmay turib, u boradagi muammolarning oldini olish togrisida juda ibratli o’gitlar bergan. Qadimgi dunyo falsafasini chuqurroq organgan odam osha davr mutafakkirlari hozirgi zamon sivilizatsiyasi qarshisida turgan barcha umumbashariy muammolardan odamlarni ogohlantirganligining guvohi bolishi murnkin. Gap bu ogohlantirishni eshitish, ularni o’zlashtirish va hayotning qonuniga aylantirishda edi, xolos. Afsuski, odamzod nasli ozi yaratgan buyuk daholarning barcha ogitlariga hamma vaqt ham quloq solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfiyotlar qilingan, ammo ulardan oz vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga kohna tarix guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik togrisidagi da’vatlari eskirgani yoq. Yillar, asrlar o’tishi ularning qadrini tushirmaydi. Zero, bu talimotlar insoniyatning o’tda yonmas va suvda cho’kmas umuminsoniy qadriyatlari to’g’risidadir.
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bolgan diniy-falsafly ta’limotlardan hiri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan bo’lib, Sliarq va G’arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko’ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanligi haqida aniq bir to’xtamga kelingani yo’q. U ozini paygambar deb e’lon qilgan. Lekin uning paygambarligi ilohiy kitoblarda oz tasdig’ini topmagan.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni korsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bolgan. Zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, oziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik, yoruglik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va olim borasidagi qarashlar oz ifodasini topgan. «Avesto»da, Shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning ogli Aleksandr (eski ozbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim orin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning kopgina qismini yondirib yuborgani haqida malumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni oqiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish togrisida korsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bolsa-da, xasposhlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr oz zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga kotargan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta’lim olgan edi. Binobarin, Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa deb ta’riflash tarix haqiqatiga togri kelmaydi.
To’g’ri, u «Avesto»ni o’tda kuydirgan bolishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki yerli xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qoygan milliy g’oyalar timsoli bo’lgan va o’z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. U, yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o’zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbayi bo’lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning yerini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo’q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi.
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va millatlarni zo’rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo’lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o’z tarixi va an’analaridan uzib qoyish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma’naviyatini yo’qotishdan iborat bo’ladi. Tarixning bu achchiq sabog’i mustamlakadan ozod bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo’lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidharta urug’idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan. Buddaviylik Islomga qadar O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o’rin tutadi. Bu ta’limot O’rta Osiyoga eramizdan avvalgi II—I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi.
Buddaviylikning O’zbekiston va Hindiston xalqi o’rtasida o’z davrida ma’naviy ko’prik bo’lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do’stlik va birodarlikning ildizlari ham o’sha davrg.i borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqislii tasodifiy emas.
Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. U zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha lisolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy Imtto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. Uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi — yaxshilik va zulmat dunyosi— yovuzlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli)dan iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi taMimot bo’lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V—VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470—529-yilIar) bo’lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari o’z qarashlarida xalq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qoyish va o’ta kambag’allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho’chigan shox Mazdakni turli hiylalar bilan o’limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan.
Markaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo’lingan edi. VII asrning oxiri VIII asrning boshlarida Mavoraunnahr xalqlari Arab xalifaligi hokimiyati ostida qoldilar. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug’-qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI asrda arab qabilalari o’rtasida markazlashishga bo’lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o’z ifodasini xaniflaming (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ’ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi.
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o’tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo’ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo’lgan Qur’onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo’lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə