Muhandislik-texnologiya


Qadimgi Misr va Bobil falsafasi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə7/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   193
Falsafa

Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Ko’xna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi boylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topa boshlagan edi. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog’liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’liq bolganini ko’rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o’rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu — o’sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u — davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga garchand sodda tarzda bo’lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo’lgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bolgan odamzod, albatta, tevarak-atrofdagi voqeahodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish konikmasi hali shakllanib ulgurmagan o’sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yoq edi. Bu — osha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xo’jayinning oz quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Muganniyning qo’shig’i», «O’z hayotidan xafsalasi pir bolgan kishining oz joni bilan suhbati» kabi bitiklarda aks etgan.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, ilohiy kuchlarga ishonch, ularning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bolgan bolsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bolsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə