Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə4/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Falsafa

Falsafaning predmeti. Endi «Falsafa nimani о‘rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning о‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson о‘z qiziqishi obyekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bо‘lishi mumkin bо‘lgan hamma narsa falsafaning predmeti bо‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi tо‘g‘risida sо‘z yuritish mutlaqo о‘rinli bо‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta’rifda «inson» tushunchasi yig‘ma ma’noda qо‘llanilgan. Bu yerda shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, garchi falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtai nazardan ancha keng ta’rif bergan bо‘lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga kо‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi о‘ringa chiqadi.
Masalan, qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta’limotlarning о‘ziga xos xususiyati bо‘lib, bunda asosiy e’tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab yetishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar-polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari о‘rin oldi. Yevropada xristianlikning, Sharqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida о‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan о‘rin olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya’ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa san’at (estetika)ga va kо‘p jihatdan insonga murojaat qilindi.. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari о‘rin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va oqilonalik inqirozi irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu esa, о‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uyg‘onishiga olib keldi. XX asrning sо‘nggi о‘n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan belgilangan muammolarni kun tartibiga qо‘ygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma’nolar va g‘oyalar «aytib bо‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson о‘ziga yog‘ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e’tiborni qaratar ekan, notizimlilik, Yevropa an’anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini о‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi о‘ringa chiqqan va eng muhim mavzular qatoridan о‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yо‘nalishini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy yechimini topish bu muammolarni shu jumladan falsafiy darajada anglab yetishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e’tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qо‘yish muammolarini kiritish mumkin.
Kо‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va obyektiv sabablar tо‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi о‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar о‘z ahamiyatini yо‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bо‘lmay qoladi, degan ma’noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi о‘ringa surib qо‘yadi, ular muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan о‘rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvorliklar yunalishi bо‘ylab yuqoriga kо‘tarilish uchun о‘z vaqtini «kutib», gо‘yoki panada turadi, desak, tо‘g‘riroq bо‘ladi. Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil о‘zgarishini, u yoki bu masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e’tibori ma’lum vaqt mobaynida unga qaratilishini kо‘ramiz.
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. «Filosof» so’zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo’llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya oyinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchinchisi esa, oyindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko’ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shunday. «Dunyo teatrga o’xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o’z rolini oynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to’g’risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uyro’zqor tashvishlari bilan o’tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qoyadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo’larli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanganlar. Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko’zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
"Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O’z-o’zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o’z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bolmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular o’z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko’rsatadi. Xudoning ozi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo’lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniy g’oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bolgan.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.
Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu — dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bolib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglanaladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə