Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə5/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Falsafa

Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san’at va shu kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida sо‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq о‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo kо‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyati. О‘ziga xos, betakror hodisa – fanning juda kо‘p ta’riflari mavjud, ammo uning murakkabligi va serqirraligi tufayli fan tushunchasiga qandaydir bitta, universal ta’rif berish mumkin bо‘lmasa kerak. О‘z tarixi mobaynida fan shu qadar kо‘p о‘zgarishlarni boshdan kechirgan va uning har bir qoidasi ijtimoiy faoliyatning boshqa jihatlari bilan shu darajada bog‘liqki, fan tushunchasiga ta’rif berishga har qanday urinish faqat uning tomonlaridan bittasinigina ozmi, kо‘pmi aniq ifodalashi mumkin. Shunga qaramay barcha hollarda fanni tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, aniqroq aytganda uning keng va tor talqinlari aniq-ravshan kо‘zga tashlanadi.
Keng ma’nodagi fanbu butun inson faoliyati jabhasi bо‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni о‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda «fan», «olim» tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. «Fan» tushunchasi falsafaga tatbiqan kо‘pincha ayni shu kontekstda qо‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman о‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning о‘zigagina xos bо‘lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona sanalgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega bо‘ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni tо‘g‘ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni tо‘g‘ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bо‘lgan voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bо‘lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog‘liq emas. Ular mazkur sohada olg‘a siljish uchun о‘zlashtirish lozim bо‘lgan, vaqt va amaliyot sinovidan о‘tgan bilimlar yig‘indisi sifatida avloddan-avlodga о‘tadi.
Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ua’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko’rsatadi.
Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi.
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bolmaganida, har qanday jism o’z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalang’och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo’lar edi.
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko’rsatadi. Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bolgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir.
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir.
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qiladi hamda o’ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va i tobora ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o’rganadigan alohida yo’nalishlar ham paydo bo’ldi. Ular olamni o’z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o’rganishga yordam beradi.
Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo’lagiga aylanadi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o’zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda.
Falsafiy dunyoqarashning quyidagi tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.

  1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, Chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli obektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.

  2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.

  3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur yetadi.

  4. Falsafly dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega.

  5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvoflq bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzuumidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi.

  6. Falsafly dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantiI ish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.

  7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.

Yuqorida ko’rsatilgan funksiyalarning o’zaro ichki bog’liqligi lalsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o’rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida, lalsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo’llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.
Falsafly tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o’zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o’z-o’zidan yuz bermaydi. Ayniqsa, inson tafakkurining o’zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo’lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g’oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo’lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o’zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g’oyat murakkab bo’lib, quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:

  • kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g’ayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish;

  • O’zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish;

  • bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish;

  • ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o’rganish;

  • falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko’proq moslash, qo’llanma va darsliklarimizda milliy g’oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish;

  • istiqlol talablariga mos keluvchi sog’lom g’oyali ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish;

  • jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o’rganish, bu jarayonda turli g’oya va mafkuralarning davlatlar va xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko’rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.

Ana shu masalalarni uyg’un holda hal qilish falsafly dunyoqarashimizni yangilashga yordam beradi.
Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg’ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog’liq ravishda, Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni ya ngi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g’urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o’rin tutadi.
XXI asrga kelib, insoniyat g’oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xomashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan o’sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g’oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo’lib bormoqda.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Bir tomondan, jamiyatning o’zgarib borish tamoyili falsafiy g’oya, nazariya va ta’limotlar o’zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o’zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg’ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag’batlantirish, milliy o’zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o’rni va ahamiyati g’oyatda ulkandir.
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g’oyaviylik, mustahkam e’tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma’rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, ularning ibtidosi va inlihosi, hayoti va о‘zaro munosabatlari, inson gafakkuri, tabiag va jamiyat laraqqiyozining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammo.lardir. Shu bilan birga, muayyan davrda tug‘iladigan va hal etiladigan о‘tkinchi muammolar ham bо‘ladi. Ular abadiy muammo.lar dara jasiga kо‘tarilmasa-da, о‘z davrining pshab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi goyalarning tug‘ilishiga imkon beradi. Hayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog‘liq holda rivojlapadi. U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorliqda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qо‘yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug‘iladi. Aynan ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va о‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə