Muhandislik-texnologiya


FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə6/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Falsafa

FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti jarayonida inson va uning mohiyati, borliqqa munosabati, borliq haqidagi umumiy bilimlarning shakllanishi va rivojlanishiga oid bo’lgan turli ta’limotlar yuzaga keldi. Bu ta’limotlarda insonning mohiyati va borliqqa munosabati masalasi o’sha davrdagi nazariy fikrlar, dunyoqarashlar asosida tahlil etildi. Ayrim falsafiy ta’limotlar tarix sahnasidan tushib, o’rniga yangilari shakllandi. Lekin, inson o’zini qiziqtirgan falsafiy muammolarga hanuz to’la javob topa olgani yo’q. Biror muammo falsafiy chuqur tahlil etilsa, o’rniga ko’plab yangilari kun tartibiga qoyila boshladi. Shu asosida o’rganiladigan falsafiy muammolar doirasi ham tobora kengayib,murakkablashib bordi. Umar Hayyom yozganidek:
Azal sirin bilolmasmiz, na sen-i, na men,
Bu jumboq, hal etolmasmiz, na sen-i, na men.
Parda orqasidadir bu g’uvurimiz,
Parda ketar-u, qolmasmiz, na sen-i, na men“.
Tarixda, men o’zimni qiziqtirgan barcha savollarga to’liq javob topdim, degan dono mutafakkir bo’lgan emas. Donolarning donoligi — bilganidan ko’ra, bilmagani ko’pligini anglashidir. Tarixda falsafa rivojiga hissa qo’shgan buyuk allomalar ham umrining oxirida, men hech narsa bilmay dunyodan o’tib ketmoqdaman, deb armon bilan hayotdan ko’z yumganlar. Ular hayot vaqtida „parda orqasida“ bo’lib ko’ringan sirlar keyin ochilgan. Lekin buni ko’rish ularga nasib etmagan. Shu sababli insoniyat tarixida yuzaga kelgan har bir yangi ta’limot haqiqatni bilish yo’lidagi kichik bir pog’onadir. Bu yo’ldagi falsafiy bilimlar rivojining har bir pog’onasi xoh idealistik bo’lsin, xoh materialistik bo’lsin, inson ma’naviyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor.
Qadimgi Sharqda falsafaning rivojlanishi, о‘ziga xosligi va betakrorligidan qat’iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson о‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ikkinchidan, Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bо‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa bu yerda jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Shu bilan birga, Sharqning о‘ziga xosligi, unga mansub bо‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qо‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani vauning qadriyatlarini о‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir kо‘rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, kо‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz о‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bо‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining о‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bо‘lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat о‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida “Eng qadimgi tarix" darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar о‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bо‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun о‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, о‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Kо‘hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bо‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk о‘troq hayot va о‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bо‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi1.
Uchinchidan, Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mо‘ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni о‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da kо‘rsatilgani kabi «qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi sо‘zlash va yaxshi ish kо‘rish mumkin», degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bо‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni о‘zlashtirishi lozim: u dunyo va uni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga о‘xshash muammolarda mо‘ljal ola bilishi kerak.
Qadimda Sharq falsafasi yaxshilik va yomonlik, gо‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, dо‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon о‘sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bо‘rtib namoyon bо‘ladi:
Zardо‘sht: “Ezgu fikr, ezgu sо‘z, ezgu amal”
Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan bog‘langan sahovatlilik”;
Aristotel: “Dо‘stlik birga yashashning zaruriy shartidir”;
Konfusiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, о‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek”;
Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bо‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bо‘lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”.
Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‘liqligi Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yо‘qmi, lekin falsafiy g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba’zan eklektik (bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bо‘ladi. Masalan, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi «Upanishada»da, shuningdek «Chorvaka» qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, yer, havo, Zardushtiylik ta’limotida olov butun borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi.
Sharq falsafasi rivojlanishining navbatdagi umumiy qonuniyati uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yо‘lida ilmiy izlanishlar olib borishidir. Bu yerda gap fanga va falsafaning metodologik funksiyasiga bо‘lgan munosabat haqida ketmoqda. Falsafiy ta’limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar yordamida turli hodisalarning tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan konfusiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, «syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom kо‘rsatish konsepsiyasi yosh jihatidan ham, ijtimoiy iyerarxiya bо‘yicha ham kattalarga nisbatan о‘z xulq-atvorini barcha fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yо‘lga qо‘yishni taklif qiladi.
Sharqda faylasuflar narsalar va hodisalarni о‘rganish, tahlil qilish, tushuntirishning о‘z metodlarini yaratganlar. Yangi davr tadqiqotchilari, Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy metod – dialektik va metafizik metodlarni ilgari surganlar. Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan ongli ravishda idrok etilmagan. Ular stixiyali, aniqroq aytganda, falsafiy ta’limotlar, tizimlar va qarashlarga ichdan xos bо‘lgan metodlar sifatida amal qilgan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə