Muhandislik texnologiyalari


Xaridorlarning munosabati



Yüklə 146,66 Kb.
səhifə15/17
tarix22.03.2024
ölçüsü146,66 Kb.
#180660
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Наримонова Нозима

2.Xaridorlarning munosabati
Iste’molchilar hali ham elektromobillarni oddiy avtomobillar deb bilishmaydi – ko‘pchilik ichki yonish dvigatellarini afzal ko‘rishadi. Bozorni barqaror transport mavzusida qo‘shimcha ravishda “o‘qitish” kerak. Masalan, tadqiqotga ko‘ra, 2019- yilda so‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 42 foizi hali ham elektromobillar benzin bilan yonilg‘i quyishgan deb o‘ylashgan.
3.Modellarga har xil talab
Tesla avtomobillari bir xil darajada talabga ega emas. 3 va Y modellari mashhur bo‘lsa-da, masalan, S va X kamroq sotib oladilar.
Ikkinchisi raqobatchilarning mashinalariga va Tesla’ning boshqa modellariga qaraganda ancha qimmat, bu ularga bo‘lgan talabga jiddiy ta’sir qiladi. Tesla Model S elektromobilining narxi 79 990 dollardan, Tesla Model 3 esa 38 490 dollardan boshlanadi. Masalan, Nissan Leaf xaridorga atigi 31 620 dollarga tushadi.
4.Dunyodagi pozitsiyalar
Kompaniya AQSh va Xitoy bozorlarida faol, ammo qolganlari bilan kurasha olmaydi. 2020-yilda Tesla’ning Yevropadagi sotuvi 30%ga, masalan, rivojlangan Gollandiya va Norvegiyada – mos ravishda 78% va 75%ga kamaydi.
5.Yo‘qotishlar
Moliyaviy muvaffaqiyat va Tesla bir xil ma’noga ega emas. Biznes butun tarixi davomida zarar ko‘rdi – va faqat 2020-yilda 721 million dollar foydaga erishdi, xususan, tartibga soluvchi kreditlar sotilishi evaziga. Masalan, 2019-yilda Tesla 862 million dollar zarar ko‘rdi.
Tesla Model 3 - bu Amerikaning Tesla brendi ostida ishlab chiqariladigan elektr avtomobil. U akkumulyator batareyalik, to'rt eshikli sedan bo'lib, aqshda o'rta o'lchamli avtomobil va Yevropada katta oilaviy avtomobil hisoblanadi. Model 3 ning cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi 2017-yilning o‘rtalarida boshlandi, aniqroq qilib aytilganda konveyer liniyasida birinchi ishlab chiqarish 2017-yil 7-iyul sanasida amalga oshirildi. Dastlabki 30 ta avtomobilning rasmiy taqdimoti va yetkazib berilishi 28-iyulda bo‘lib o‘tdi.
Model 3 baziviy komplektatsiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan baholangan ko'rsatkichga ko'ra bir martalik to'la quvvatda 272 milya (438 km) va uzoq masofalarga yurishga mo'ljallangan Long Range versiyasi esa 358 milya (576 km) masofani bosib o'tishga yetadi . Tesla kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, Model 3 o'zini o'zi boshqarsih funksiysiga ega, shuningdek davriy programmaivy yangilanishlar yanada ko'proq funksiyalarga ega bo'lishni ta'minlaydi.




Yüklə 146,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə