|
Muloqot va axborot ayirboshlash
|
səhifə | 7/10 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 7,68 Mb. | | #138741 |
| PPS 134 GURUH TALABASI ATAKULOVA GAVHAR MUSURMONOVNANING MULOQOT PSIXOLOGIYASI
B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi mavjud:
1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa.
Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi.
2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa.
Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar.
3. Perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifa.
Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi.
Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir.
KOMMUNIKATSIYA (nazariy ma’lumot)
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “bog‘layman, muloqot qilaman” ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. 1960-yillar boshida falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’rifi yuzaga keldi. Masalan:
- «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».
- «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».
- «Kommunikatsiya – insonlarning kognitiv (kognitiv – shaxsning tashqi ma’lumotni aqliy idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama) va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishining o‘ziga xos shakli».
- «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».
Dostları ilə paylaş: |
|
|