Muloqot va uning ijtimoiy psixologik ahamiyati


“MULOQOT VA UNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK AHAMIYATI” O‘QUV KURSINING MAZMUNI



Yüklə 28,26 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü28,26 Kb.
#142759
1   2   3   4
1 modul 1 (2)

“MULOQOT VA UNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK AHAMIYATI” O‘QUV KURSINING MAZMUNI


I. Kirish

Ushbu ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi 2019-yil 29- apreldagi PF-5712-son Farmoni xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab- quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora- tadbirlari” to‘g‘risidagi 4963-son qarori doirasidagi talablarni tatbiq эtish orqali xalq ta’limi tizimida o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish hisobiga ularning muloqot va munosabatga kirisha olish mahoratini muntazam yuksaltirishni nazarda
tutadi.

II. Kursning maqsadi

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlari
faoliyatlari jarayonida muloqotchanlik kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.

III. Kursning vazifalari

  • umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kommunikatsiya va muloqotga kirishuvchanlikka doir tayyorgarlik darajasini oshirish;

  • umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab-internati va ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘qituvchilari muloqot madaniyatiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llay olishini ta’minlash;

  • umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab-internati va ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kommunikatsiya, muloqotchanlikka oid bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish;

  • Xalq ta’limi sohasidagi malakali o‘qituvchi mutaxassislarini tayyorlash.


Yüklə 28,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə