Mundaraja kirish I. Bob. Mustaqillik yillarida ilm-fanning


Istiqlol yillarida O’zbekiston sportchilari



Yüklə 123,13 Kb.
səhifə7/14
tarix06.06.2023
ölçüsü123,13 Kb.
#115718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlarining qo\'lga kiritgan yutuqlari (ilm-fan va sport sohalari misolida)

Istiqlol yillarida O’zbekiston sportchilari
Olimpiya o’yinlarida jami 25 ta medallarga (9 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza), Osiyo o’yinlarida 271 ta medallarga (62 ta oltin, 95 ta kumush, 114 ta bronza) sazovor bo’lgan.

O’zbekiston sportchilarining yozgi va qishki Olimpiya o’yinlaridagi
natijalari

O’yin

Yil

Shahar, mamlakat

Jami davlat

O’z.terma jamoa tarkibi

Medallar turi
va soni

Umum jamoa
o’rni

olt

kum

br

XXV

1992

Barselona, Ispaniya

169

17

3

1

-

MDH

XVII

1994

Lillexammer, Norv.

67

7

1

-

-

14

XXVI

1996

Atlanta, AQSH

197

76

-

1

1

58

XXVII

2000

Sidney, Avstraliya

199

77

1

1

2

41

XXVIII

2004

Afina, Gretsiya

202

69

2

1

2

34

XXIX

2008

Pekin, Xitoy

204

58

1

2

3

40

XXX

2012

London, Angliya

205

56

1

-

2

47



O’zbekiston spotchilarining Olimpiya o’yinlaridagi yutuqlari

Olimpiya o’yinlari

Yil

O’tkazilgan joyi

Sportchilarning olgan o’rni

Sport turi

XXVI

1996

Atlanta AQSH

А. Bagdasarov – 2
K. Тo’laganov – 3

dzyudo
boks

XXVII

2000

Sidney Avstraliya

М. Аbdullayev – 1
А. Тaymazov – 2
R. Saidov – 3
S.Mixaylov – 3

boks
erk/kurash
boks
boks

XXVIII

2004

Afina Gretsiya

А. Таymazov – 1
А. Dokturashvili – 1
М. Ibragimov – 2
U. Xaydarov – 3
B. Sultonov - 3

erk/kurash
kurash
kurash
boks
boks

XXIX

2008

Pekin Xitoy

А. Тaymazov – 1
А. Таngriyev – 2
S. Тigiyev – 3
R. Sobirov – 3
Е. Хilko – 3
А. Fokin – 3

erk/kurash
dzyudo
kurash
dzyudo
trampolin
gimnastika

XXX

2012

London Angliya

А. Тaymazov – 1
R. Sobirov – 3
А.Аtoyev – 3

erk/kurash
dzyudo
boks

II.BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUSTAQILLIK YILLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (1991 – HOZIRGI DAVRGACHA)
2.1. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi va istiqbollari. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni va uning ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlari.
Ommaviy sport tadbirlari. O’zbekistonda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini rivojlantirishga doir musobaqalar. O’quvchi yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” uch bosqichli sport musobaqalari. Bolalar sporti. Ayollar sporti. Nogironlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shahslarning moslashtiruvchi sportini rivojlantirish yo’llari.

Xasanboy Do’smatov g’alaba ehtiroslari
O'zbekiston brinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 31 avgustdagi Farmoniga asosan mustaqil Respublika deb rasmiy ravishda e'lon qilindi. Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga yangi baxt-saodat keltirdi. Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o'zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo'ldi.
Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy tarbiya va sport ham o'z o'rni va mavqeiga egadir. Bunda brinchi Prezident I.A.Karimov va hukumatimizning g'amxo'rligi olqishga sazovordir.
O'zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan.
Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kafolatlarini berdi. «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni 2000 yil 26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
2015 yil 5 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonunining uchinchi Yangi tahriri qabul qilindi. Bu Qonun 8 ta bob va 47 moddalardan iborat.
O’zbekistonda yoshlarning uch bosqichli sport musobaqalari

«Umid nihollari»

«Barkamol avlod»

«Universiadа»













2000

Namangan







2001

Jizzax







2002

Farg’ona







2002

Buxoro

2003

Urganch

2003

Andijon



















2004

Samarqand







2005

Toshkent







2006

Qarshi

























2007

Toshkent







2008

Nukus







2009

Guliston

























2010

Andijon







2011

Termiz







2012

Termiz

























2013

Buxoro

2014






















2015










O'zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun, qator qarorlarni amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda.
O'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi brinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta'lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.




Yüklə 123,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə