Mundareja: Kirish i-bob. Miliy Arxiv fondi hujjatlarning hisobini yuritish


II-BOB. O`zbekistondagi arxivlarda Milliy Arxiv fondi hujjatlar hisobini yuritish



Yüklə 59,34 Kb.
səhifə4/7
tarix22.05.2023
ölçüsü59,34 Kb.
#111858
1   2   3   4   5   6   7
Behruz

II-BOB. O`zbekistondagi arxivlarda Milliy Arxiv fondi hujjatlar hisobini yuritish
2.1.O`zbekistonda Milliy arxivlash hujjatlar hisobini yuritish. MAF ning davlat hisobi Arxivda arxiv hujjatlarining davlat hisobi amalga oshiriladi va arxiv ishi bo‘yicha yuqori boshqaruv organiga MAF hujjatlarining markazlashgan hisobini yuritish uchun hisob maiumotlarini taqdim etadi. Davlat hisobiga arxivdagi jami saqlanuvchi arxiv hujjatlari, shu jumladan ushbu arxivlar uchun moijallanmagan va yo‘naltirilmagan, sug'urta fondidagi arxiv hujjatlarining nusxasi va foydalanish fondining nusxasi, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati mansubdir. Arxiv hujjatlarining hisobi saqlash birliklari/hisob birliklariga arxiv shifrining tarkibiy qismi boigan hisobga olish raqamlarini berish orqali amalga oshiriladi. Arxiv shifri arxivning qisqartirilgan nomi (uning rasmiy abbreviaturasi)dan keyin ko'rsatiladigan quyidagi raqamlardan iborat boiadi: arxiv fondi, ro'yxati, saqlov birligi/hisob birligi. Uning hisobini ta’minlash va identifikatsiyalash maqsadida arxiv shifri har bir saqlov birligi/hisob birligiga kiritiladi.
Sug‘urta fondining saqlash birligi/hisob birligi arxiv shifri arxiv nomi, sug‘urta fondining ro'yxat raqami, sug‘urta fondi hisob birligi raqami «SF» indeksini qo'shgan holda tashkil topadi. Arxiv hujjatlarining asosiy hisob birliklari: arxiv fondi; arxiv jam g‘armasi; saqlov birligi hisoblanadi. Faqat birlamchi qayta ishlov berilgan shaxsiy kelib chiqish hujjatlari hujjatlar bo‘yicha hisobga olinadi. Arxivda arxiv hujjatlarining hisobini olib borish markazlashtirilgan maxsus bo'linma tomonidan olib boriladi yoki maxsus ajratilgan xodimga yuklanadi. Saqlovxonada hujjat hisobini yuritish uchun mas’ul xodim tayinlanadi.
Arxiv hujjatlarining hisobini yuritish tartibi, hisob hujjatlarining yordamchi turlari. arxivning hisob hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi rahbarnmg buyrug‘i asosida muvofiqlashtiriladi. Hisob hujjatlariga yozuvlar faqat hisobni olib borish uchun mas'ul xodim tomonidan kiritiladi. Arxivda arxiv hujjatlarining hisobini tashkil etish Arxiv hujjatlarining tashkiliy tartibga keltirilganligi va ularning manzilli qidiruvini amalga oshirish imkoniyati, ularning mavjudligi va holati ustidan nazorat arxivdagi arxiv hujjatlarining soni va tarkibi beigilangan hisob birliklarida hisob hujjatlaridagi mavjud soni va tarkibini ko‘rsatish yo`li bilan ta'minlanadi. Quyidagilarning hisobi yuritilishi lozim: arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari, shu jumladan belgilangan ushbu arxiv uchun ro‘yxatlanmagan va yo‘naltirilmagan, shuningdek arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxalari, foydalanish fondi nusxalari, hujjatlar va yig'majildlar ro‘yxatlari;
saqlov muddati 10 yildan ortiq bo ‘Igan, vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek idoraviy arxivda vaqtinchalik saqlovdagi doimiy saqlanadigan hujjatlar;
MAF hujjatlari, shuningdek arxivning jamlash manbalarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib hujjatlari.
Hujjatlar hisobi arxiv hujjatlariga (saqlov birliklariga/hisob birliklariga) arxiv shifrlarining tarkibiy qismi hisoblanadigan hisobga olish raqamlarini berish yo`li bilan amalga oshiriladi. Arxiv shifri har bir saqlov birligiga uni identifikatsiyalash va hisobga olish maqsadida beriladigan belgidir. Arxiv shifri quyidagi elementlardan iborat bo'ladi: arxivning qisqartirilgan nomi (uning rasmiy abbreviaturasi); arxiv fondi, yig‘majildlar (hujjatlar) ro'yxati, saqlov birliklari, hisob birliklarining raqamlari. Arxivlarda arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi va sxemasi ishlab chiqiladi. Arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi: markazlashtirilgan va har bir saqlovxonada hisob hujjatlari va hisob ma’lumotlar bazalari tarkibini aniqlaydi; hisobga olish ishlarini bajarishning ketma-ketligini ta’minlaydi. Arxivdagi arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi va sxemasi rahbaming buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro'yxatlaridan tashqari, hisob hujjatlari xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan va ular foydalanuvchilarga berilmaydi. Hisob hujjatlari belgilangan tartibda saqlanadi. Arxiv hujjatlarining hisob birliklari Manbaning turi, ma’lumotni biriktirish usuli va texnikasidan qat’iy nazar, arxiv fondi va hisob birligi arxiv hujjatlarining asosiy hisob birliklari hisoblanadi.
Arxivda asosiy va yordamchi hisob hujjatlari yuritiladi. Asosiy hisob hujjatlari barcha arxivlar uchun majburiy hisoblanadi. Yordamchi hisob hujjatlarining tarkibi va shakli arxiv tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. Arxivning asosiy hisob hujjatlari tarkibiga: hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish kitobi— arxivga kelib tushuvchi, shuningdek aniq xronologik davr uchun saqlashga topshirilgan har bir hujjatning soni va tarkibini, ularni ro'yxatlash holatini hisobga olish uchun; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to'g'risida guvohnoma; fondlar ro‘yxati
— saqlashga qabul qilingan arxiv fondlarini, ularga raqam berish, saqlovdagi va saqlovdan chiqarilgan arxiv fondlari sonini hisobga olish uchun; fond varag'i
— arxiv fondi doirasida yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati soni va tarkibini, ularni raqamlashni, arxiv hujjatlarining soni va tarkibini, ro'yxatlash holati, har bir yiginajild (hujjat) ro‘yxatlari va umuman arxiv fondi bo'yicha o ‘zgarishlar dinami'- kasi, arxiv fondi nomidagi c'zgarishlarni belgilash uchun; yig'majildlar (hujjatlar) ro yxati
— arxiv hujjatlarining alohkte va jamlangan hisobi, ularni tizimlashtirish tartibini belgilash, shu ro‘yxatga kiritilgan arxiv hujjatlarining tarkibi va hajmidagi o'zgarishlarni hisobga olish uchun, arxiv saqlovxonasi pasporti
— ushbu arxiv saq’ovxonasidagi arxiv fondlari va arxiv hujjatlarining jami hisobini yuritish uchun; noyob hujjatlarning hisob va ro'yxat varag‘i; alohida qimmatli hujjatlardan iborat boigan fondlar ro‘yxati, alohida qimmatli yig'majildlar (hujjatlar) ro'yxati yoki alohida qimmatli yig'majildlar raqamlari ro‘yxati; alohida qimmatli yig‘majildlar (hujjatlar)ning ro‘yxatlari reestri;
sug‘urta fondi va foydalanish fondining kelib tushishini hisobga olish daftari; sug'urta fondining ro‘yxati; fond yig'majildi
— har bir arxiv fondiga, birlashgan arxiv fondi va arxiv jamg'armasi uchun yuritiladigan, jamlash manbai (fond tashkil etuvc-hi) va arxiv fondining tarixi bo‘yicha hujjatlar majmui, audiovizual va elektron hujjatlarning fondi tashkil qilinmaganda
- tashkilot-hujjat topshiruvchining yig‘majildi;
yig‘majild ishonch varag‘i
— yig‘majilddagi varaqlar sonining hisobini yuritish uchun; Arxivning yordamchi hisob hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi: fondlarning harakati haqidagi kartochkalar va kitoblar, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati, boshqa arxivlarga yuborilgan hujjatlarni hisobga olish daftarlari. yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlar fondlarini hisobga olish daftari, hujjatlarni turlariga qarab hisobga olish daftarlari va boshqalar kiradi. Arxiv hujjatlarni hisobga olish tizimiga kiruvchi boshqa yordamchi hisob hujjatlarini yuritish mumkin. Yordamchi hisob hujjatlari qog'ozda va/yoki elektron manbalarda yuritilishi mumkin. Hisob hujjatlarini yuritish « O‘zarxiv» agentligi tomonidan belgilangan talablarga va boshqa standart me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarining kelib tushishi va chiqishini hisobga olish Arxiv hujjatlarining arxivga tushishini hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi: saqlash uchun hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida; shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini saqlash uchun qabul qilish dalolatnomasi asosida. Arxiv hujjatlari arxiv ishlarining alohida turlarini amalga cshirish natijalari bo'yicha ham hisobga qo‘yiladi. Arxivga qabul qilingan barcha arxiv hujjatlari hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish daftariga kiritiladi.
Arxiv fondiga kelib tushgan barcha hujjatlar arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi, arxiv jamg'armasi fondlar ro‘yxatiga yoziladi unga fond varag‘i, fond varag‘iga ko‘rsatkich kartochkasi to‘ldiriladi va fond yig‘majildi ochiladi. Dastlab tushgan har bir yig‘majild (hujjatlar)lar ro‘yxati ro'yxatlar reestrida hisobga olinadi. Tegishli hisob maTumotlari belgilangan tartibda m a’lumotlar jamlanmasiga ham kiritiladi. Arxiv hujjatlarini arxivdan chiqarish quyidagilar asosida hisobga olinadi: saqlanishi kerak boTmagan hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish haqidagi dalolatnoma; tuzatib boTmas darajada yaroqsizlangan hujjatlar haqidagi dalolatnoma; hujjatlarni saqlovga topshirish-qabul qilish haqidagi dalolatnoma qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqidagi dalolatnoma; hujjatlarni egasiga qaytarish dalolatnoma; asl saqlov birligidagi hujjatlarni olish haqidagi dalolatnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi ( O‘zR MAF) tarkibiga 1917 yildan oldingi davr hujjatlari, shuningdek sovet tashkilotlari, idoralari, korxonalari faoliyatida yuzaga kelgan hujjatlar, o‘zbek xalqi madaniyati, tarixi, san'ati, adabiyoti va yozma yodgorliklari, ilmiy-texnik hujjatlari, kino-fotofonohujjatlar, plakatlar, varaqalar, proklamatsiya va hokazolar kiradi. O'zbekiston Respubliaksi MAF hujjatlarini turkumlash (klassifikatsiyalash) uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi hujjatlarining umumiy turkumi;
2)arxiv doirasidagi hujjatlar turkumi;
3) arxiv fondi doirasidagi hujjatlar turkumi.
Shunday qilib, turkum ob’ekti: birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi barcha hujjatlari, ikkinchi bosqichda-ma’lum bir arxivning hujjatlari va uchinchi bosqichda esa, ayrim arxiv fondining hujjatlari bo‘ladi.
a) O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi hujjatlarini umumiy turkumlash O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi hujjatlarini turkumlash davlat arxivlariga to'g'ri taqsimlash maqsadida ilmiy guruhlashni nazardatutadi.O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi hujjatlari quyidagi asosiy belgilari bo‘yieha turkumlashtiriladi va natijada davlat arxivlari tizimi tashkil qilinadi:
1) Ma’lum bir tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar;
2) respublika va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlar;
3) ma’lum bir viloyat, shahar va tumanlarga tegishli hujjatlar;
4) davlat va jamoat faoliyatining ma’lum bir sohalariga tegishli hujjatlar (masalan. adabiyot va san'at. harbiy va boshqa sohalar);
5) hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi belgisi bcfyicha turkumlash.
M a’lum tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar Bu turkum belgisiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi hujjatlari uch gu-- ruhga - 1917 yilgacha bo‘lgan hujjatlar, sovet va mustaqillik davri hujjatlariga bo‘lingan. Shu qoidaga asosan ko‘p yillar respublikada maxsus 0 ‘zSSR Markaziy davlat tarixiy arxivi (MDTA), O'zSSR Oktabr inqilobi markaziy davlat arxivi (OIMDA) mavjud edi. MDTAda respublikadagi oktabr to'ntarishidan oldingi barcha arxiv hujjatlari saqlangan. Viloyatlardagi oktabr to'ntarishidan oldingi barcha arxiv hujjatlari ham shu arxivda jamlangan. OIMDAda sovet davri arxiv fondlari yig‘ilgan. 1958 yili har ikkala arxiv O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi ga birlashgan va har ikkala arxiv maxsus bo‘lim hisobida saqlangan. Hozirda mustaqillik davri hujjatlari ham O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi da saqlanmoqda. Respublika va mahalliy tashkilotlarga tegishli hujjatlar Arxiv hujjatlarini markaziy va mahalliy ahamiyati bo‘yicha taqsimlash, respublika idoralariga va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlarga ajratish, tegishli davlat arxivlari-respublika, viloyat, shahar, tuman arxivlarini tashkil qilishga asos bo'ladi. Respublika idoralari hujjatlari markaziy davlat arxivlarida, viloyat idoralari hujjatlari esa, viloyat davlat arxivlarida saqlanadi. Viloyat, shahar va tumanlarga tegishli hujjatlar Arxiv hujjatlari qaysi hududda-viloyat, shahar, tumanda tuzilgan boisa, o‘shajoyda saqlanishikerak. Shu qoidaga asosan Turkiston general-gubernatorligi.
Turkiston ASSR respublika idoralari arxivi Toshkentda paydo bo'lganligi tufayli Toshkent shahrida saqlanadi va bu arxiv fondlarida O'zbekiston tarixidan tashqari barcha 0 ‘rta Osiyo respublikalari harnda Qozog' iston tarixiga oid hujjatlar ham bor. Davlat va jamoat faoliyatiniig ma’lum sohalariga tegishli hujjatlar Davlat va jamoat faoliyatining ma 5 bir sohalariga tegishli arxivlar ham bo‘ladi. Biroq, O'zbekiston Respublikasida hozir davlat va jamoat faoliyatining ma’lum sohalarga tegishli davlat arxivlari yo‘q. Boshqa mamlakatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiyada Adabiyot va san’at markaziy davlat arxivi, qurolli kuchlar MDA, Markaziy davlat harbiy-tarixiy arxivi va hokazo arxivlar bor.
a) hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi. O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi hujjatlari tarkibida ilmiy-texnikaviy hujjatlar, kino-fotofonohujjatlar va boshqa maxsus hujjatlar bor. Shu sababli hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi bo'yicha 63 turkum lashzarurbo'ldi. Shum aqsaddaO ‘zbekistonRespublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi hamda 0 ‘zR kino-foto- fonohujjatlari markaziy davlat arxivi tashkil etilgan.
b) arxivlar doirasida hujjatlarni turkumlash. Arxivlardoirasida hujjatlar arxiv fondlari bo'yicha turkumlashtiriladi. Arxiv fondi-bu m a’lum tashkilot, idora, korxona yoki ayrim shaxs faoliyati natijasida vujudga kelgan arxiv hujjatlaridir. Arxiv fondlari hajmi jihatdan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, 1- 15ta yig;majildidan iborat arxiv fondi ham bo'lishi mumkin. Masalan, MDAda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari ayrim volostlar qozilarining arxiv fondlarida 1-Ztadanyig‘majild bor, xolos. Shuningdek, Turkiston general-gubernatori devonxonasi fondida 30 mingdan ortiq yig‘majild bor. Lekin ushbu arxiv fondi shunday katta bo‘lishiga qaramay, u bitta fond deb hisoblanadi.
v) arxiv fondi doirasida hujjatlarni turkumlash. Arxiv fondi doirasida hujjatlar yig'majildlar bo‘yicha turkumlashtiriladi.Arxiv fondi shu fondni tashkil qilgan idora faoliyat ko‘rsatgan davmi, ya’ni tashkil qilingan kundan to tugatilgan kungacha bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Arxiv fondiga arxiv jamg‘armasiham kiradi va fond o‘mida hisobga olinadi. Arxiv jamg‘armasi arxiv fondiga o‘xshab bir idora hujjatlari emas. Jamg1 armada bir necha idora hujjatlari bo'lishi mumkin. Jamg'arma-ma'lum bir turdagi hujjatlar yig'indisidir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi da Vaqfnomalar jamg‘armasi va Frontdan kelgan xatlar jam g‘armasi saqlanadi.
g) fondlarni arxiv binosida joylashtirish Arxiv binosida arxiv fondlarini joylashtirishda ularning o'za64 ro bogMiq jihatlari hisobga olinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Miliiv arxiv fondi da 1917- yildan oldingi arxiv fondlari alohida saqlanadi. Sovet davri arxiv fondlari ham ma'lum tartibda saqlanadi. Masalan, oliy davlat organ (idora)lari fondlari bir joyda, sanoat, qishloq ho‘jaligi, madaniyat va xokazo sohalar bo‘yicha hujjatlar esa, alohida saqlanadi.

Yüklə 59,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə