Mundareja: Kirish i-bob. Miliy Arxiv fondi hujjatlarning hisobini yuritish


O`zbekiston ilmiy texnikaviy arxivi hujjatlarning yuritilishi



Yüklə 59,34 Kb.
səhifə6/7
tarix22.05.2023
ölçüsü59,34 Kb.
#111858
1   2   3   4   5   6   7
Behruz

2.3 O`zbekiston ilmiy texnikaviy arxivi hujjatlarning yuritilishi . O‘zbekiston SSRda 3 ta markaziy arxiv tashkil qilingan bo‘lsa ularning ichida eng oxirgi tashkil qilingan arxiv Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxividir. Hozirgi kunda bu arxivning tashkil topganiga 60 yil bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Bu arxiv tashkil etilgan paytda tibbiyot xodimi To‘xta Usmonov direktor qilib tayinlandi. Uning faoliyat davrida arxivning dastlabki ish rejalari va faoliyati tashkil qilingan. To‘xta Usmonov 1962 yildan 1971 yilgacha faoliyat yuritgan.
Arxiv xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot sahasidagi tashkilotlarni boshqarib, ularning hujjatlarini qabul qilish va saqlashni nazorat qilish bilan birga uslubiy yordamlar ham ko‘rsatdi. 1965-yili arxivda texnik hujjatlar bo‘limi tashkil etilib, xodimlari soni 8 nafarga yetdi. Ilmiy-texnikaviy hujjatlarning ahamiyati oshib borgani sababli arxiv 1965-yil 26-martdagi O‘zbekiston SSR Ministirlar Kengashining qaroriga binoan tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy Davlat arxiviga aylantirildi. Shundan so‘ng, ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari davlat saqloviga topshirishni tashkil qilish tartibli amalga oshirilib, shu yilning o‘zida hujjatlarning umumiy soni 30 mingga yetdi.
1966 yil 1-yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan, kelajakda hujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan. 1965-yilda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga solingan yig’majildlar soni tartibga solinishi kerak bo‘lgan yig’majildlarning 70% ni tashkil qilgan. 1966-1980-yillarda davlat arxivlariga tashkilot va korxonalardan 580 ming boshqarish hujjatlari yig`majildlari, 5939 ta Ilmiy-texnikaviy hujjatlar yig’majildlari, 5048 ta kino-hujjatlar saqlov birligi, 53987 ta fotohujjatlar saqlov birligi va 5345 ta fonohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan.
1980-yil 18-dekabrda O‘zbekiston SSR tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy davlat arxivi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb o‘zgartirildi. Arxivda 1930-yillarga tegishli hujjatlardan tortib sovet davri va mustaqillik yillariga oid hujjatlar saqlanadi.
Xalilova Ra`no Mirzaxidovna 1971-1997 yillar arxivda direktor lavozimida faoliyat olib borgan Ra'no Xalilova 1940 yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug'ilgan. 1957 yil Toshkent shahridagi Pushkin nomli 13-o'rta maktabni tugatib, "Barovskiy" nomli tibbiyot bilim yurtiga o'qishga kirgan. Bilim yurtini tamomlab 1959-1970 yillarda turli tibbiyot muassasalarida o'z sohasi boʻyicha faoliyat olib borgan. Ra'no Xalilova rahbarligi yillarida arxivning rivojlanishi va faoliyat yo'nalishiga aloqador hujjatlarni saqlovga qabul qilish ishlari rivojlantirilgan. Rano Xalilovaning arxivga qo‘shgan beqiyos hissasidan biri o‘sh vaqtda Bosharxiv boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. L. Vays bilan hujjat tayyorlab, 1987-yildan yangi arxiv binosi qurila boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Bosharxiv boshqarmasining direktiori 1997 yil 26 dekabrdagi 32 son buyrug‘iga asosan o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan.
Hojimetova Mastura To' xtamuratovna 1998-2009 yillar arxivda direktor lavozimida faoliyat olib borgan Mastura To‘xtamuratovna Xojimetova Mastura 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yilda o‘rta maktabni tamomlab, "Oxunboboyev" nomli Respublika tibbiyot bilim yurtining farmasevtika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 1991 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) huqugshunoslik fakul'tetini tugatgan. Mastura To'xtamuratovna direktor lavozimida faoliyat olib borgan yillarda arxivning asosiy faoliyat rejalari bajarilib, ko'zga ko'ringan arxivlar qatorida bo'lgan. M.Xojimetova 2004 yilda arxivning alohida yangi binoga ko'chirilishida ulkan hissa qo'shgan direktor sifatida arxiv tarixida qolgan. Mastura To‘xtamuratovnaning ko‘pgina shogirdlari arxiv sohasida, jumladan O‘zbekiston lImiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida ham faoliyat yuritmoqda. Ustoz darajasiga yetgan sobiq rahbar bugungi kunda ham ezozda. Arxivning barcha bayram tadbirlariga taklif qilinib, yuksak ehtirom ko‘rsatilib kelinadi.
1990-yilda respublika arxiv tashkilotlari shahobchalari O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Kengashi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, 11 viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv bo‘limlari. 3 ta markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 viloyatlar davlat arxivlari, 40 dan ortiq viloyatlar davlat arxivlari filiallaridan iborat edi.
Arxivda hujjatlarning soni yildan yilga ortib borgan 1992 yilga kelib hujjatlarning soni 207907 tani tashkil qilgan 2009-yilda arxiv jamg‘armasiga jami 4354 ta; shundan 1501 ta boshqaruv; 1888 ta shaxsiy tarkib hujjatlari; 758 ta ilmiy va shaxsiy fond egalarining 207 ta hujjatlari qabul qilindi Hozigi kunda arxivda fond, 250000 ta saqlov birligiga ega. Bundan tashqari 500 ga yaqin turli korxona va tashkilotlarning shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanadi.. 2004-yilda mazkur arxiv o‘zining yangi binosiga ko‘chib o‘tdi. Arxiv binosi tomini tamirlash va arxiv hududini devor bilan o‘rash uchun 102,787 mln so‘mga hujjatlar tayyorlanib tenderdan o‘tkazildi. 2010 yilning noyabr oyida 98,3 mln so‘mga arxiv tomi va arxiv devorlari mustahkam qilib kapital tamirdan chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-sentabrda 5834-sonli PF qabul qilindi, bunda “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish”, qog‘oz shaklidagi, kino, foto va fono hujjatlarini raqamlashtirishni yanada jadallashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi negizida O‘zbekiston «O‘zarxiv» agentligi tashkil etilmoqda. 2020-yil 1-yanvardan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boshqa hujjatlarning arxiv saqloviga topshirilishida hamda o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishida ularning elektron va Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarining sug‘urta nusxalari talab etiladi. 2020-yil 1-iyungacha Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917-yilgacha) arxiv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi. 2020-yil 1-iyundan quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi belgilandi:
o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;
arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).
Farmon bilan yil oxiriga qadar doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qilish, Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish, arxiv ishi jarayonlarini to‘liq qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud bo‘lgan «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi yaratish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi. 2021-yil 1-yanvargacha davlat arxivlarida saqlanayotgan fondlarni xatlovdan o‘tkazib, ular haqida tegishli ma’lumotlarni qamrab olgan ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Quyidagilar tuziladi:
Markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Milliy arxivi;
Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;
Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;
Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi;
Agentlik huzurida muassasa shaklida Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi;
Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020 yil 1 martgacha respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan tuzilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlarni Agentlik idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazishlari va ular negizida shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarini tashkil etishlari lozim. 2020-yil 1-iyunga qadar shaxsiy tarkib bo‘yicha davlat arxivlari davlat-xususiy sheriklik asosidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlariga aylantiriladi va 2023-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich davlat arxivlari saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkib hujjatlari shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida hujjatlar saqlov
xonalarini ko‘zdan kechirganimizda bu yerda ham hujjatlar maxsus hujjat saqlov
anjom (stelaj)larida va maxsus tayorlangan quti (korobka) larda joylashtirilgan edi.
Hujjatlar ketma ket raqamlashtirilib quti(korobka)larga joylashtiriladi. Qutilar esa
yilma yil joylashtiriladi. Hujjatlar qutilarga joylashtirilganidan so‘ng qutilar yuziga
maxsus qog‘ozlarda hujjat qaysi muassasa yoki korxonaga tegishli ekanligi yozib
qo‘yiladi. Hujjat saqlanayotgan xona harorati bir xilda saqlanib turishi alohida
ahamiyat kasb etadi. Havo haroratini o‘lchovchi asbob termometr, namlikni
o‘lchovchi asbob barometr deyiladi. Hujjatlar saqlanayotgan xona harorati 15 – 18
gr namlik esa 50 – 55 gr. bo‘lishi lozim. Hujjatlar saqlanayotgan xonaga eng asosiysi quyosh nuridan saqlash lozim.
MDH mamlakatlari arxivlari orasida O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot milliy arxivi birinchi bo‘lib va bugungi kunda yagona ISO 9001:2008 sifat menejmenti tizimi sertifikati hamda ISO 37001: 2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi sertifikatiga ega bo‘ldi. Arxiv mutaxassislarining ishi nihoyatda mas’uliyatli va mashaqqatli. Tarixning tilsiz guvohlari bo‘lgan, vaqt sinovlari natijasida uvadalanib, sarg’ayib ketayotgan qo‘lyozma, durdona manbalarni tiklaydi. Hujjatlarni asrab-avaylaydi, kelgusi avlodga bezavol etib borishi uchun jon kuydiradi. Bitta misol. Shu kungacha Ikkinchi jahon urushida 1 million 500 ming O‘zbekistonlik ishtirok etgan deb hisoblanar edi. Arxiv hujjatlarini o‘rganish asnosida fashizmga qarshi kurashda 1 million 951 ming nafar vatandoshimiz qatnashgani ma’lum bo‘ldi. Bu bir qarashda shunchaki raqamlar o‘zgarishiga o‘xshashishi mumkin. Biroq buning uchun millionlab arxiv hujjatlari qayta o‘rganib chiqilgan. O‘zbekistonda arxivlarning paydo bo‘lishi uch ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog’liq. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish sharoitida an’anaviy saroy, diniy va shaxsiy arxivlar bilan bir qatorda devon, kutubxona va madrasalarda ham hujjatlarni jamlash hamda saqlash rivojlangan. Markaziy Osiyo hukmdorlarining bugungi kungacha saqlanib qolgan arxiv hujjatlari, asosan, mukofotlar berish to‘g’risidagi qaydlar, soliqlarning to‘lov qog’ozlari, iqtisodiy mazmundagi yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar nusxasidan iborat. Saroylarda ish yuritish va hujjatlarni saqlash bilan shug’ullanuvchi devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar bo‘lgan.


Xulosa
Arxiv hujjatlarini e’lon qilish uchun ulami tanlab olingandan keyin kompyuter yoki mashinkada ularning nusxasi tayyorlanadi. I ini chop etishga tayyorlash jarayonida arxiv hujjatida mavjud bo'lgan imlo xatolari to'g'rilanadi, qisqartirib yozilgan so'zlar kvadrat qavs ichida to'la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunini o'zgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyutsiya va har xil belgilar bo"Isa, ular tushirib qoldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi. Hujjatning oxirida imzo bo'ladi. Imzoni o'qib, uning egasi ism-sharifini aniqlab vozib qo'yish lozim. Mabodo uni o'qishning iloji bo'lmasa «imzo» so‘zi yozilib, imzoning ismi-sharifini o'qib bo'lmaganligi haqida izoh berib o’tiladi. Har bir arxiv fondida yuzlab, yiriklarida-m inglab у ig ‘ maj ildlar jamlangan. Bulardan kerakli yig'majildlar tanlab olishda fond ro‘yxatlari, yig'majild ro'yxatlaridan foydalanish mumkin. Hujjatlar yig‘majildlar ichida saqlanadi. Arxiv yig‘majildi o'rganilib, kerakli hujjatdan ko'chirma qilinayotganda quyidagi qoidalarga e’tibor berish kerak: hujjatdan ko‘chirma to‘la, so‘zma-so‘z ko'chiriladi.
Ko‘chirilgan hujjatning biror qismi tushirib qoldirilsa, uch nuqta qo'yiladi, ko‘chirmaga biror so‘z yoki jumla qo‘shiladigan bo‘Isa, u kvadrat qavs ichida yoziladi. Ko'chirmadan oldin hujjat-tamg‘adagi ma’lumotlar. hujjatning sarlavhasi, sanasi yozib qo'yiladi. Shu bilan birga hujjatdagi rezolyutsiya, belgi, muhr ko'chirmadan keyin yoziladi. Ko'chirilgan hujjatning oxirida arxiv shifri ko'rsatiladi. Shunday qilib, arxivlarda barcha kerakli fondlar, yig‘maj ildlar, hujjatlar sinchiklab o'rganiladi va tekshirilayotgan mavzuga oid zarur hujjatlar ko'chirib olinadi. Davlat arxivlarining tarmog'i partiya arxivlarinikiga nisbatan ancha keng. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Ы ta viloyat davlat arxivlari va ulaming 40 dan ortiq filiallari bor. O'zR MDAda 0 ‘zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlarining oktabr to'ntarishdan oldingi va sovet davri tarixiga oid qimmatli hujjatlari saqlanadi. Bu erda bir milliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar to'plangan, Viloyatlar arxivlarida, va ulaming fihallarida faqat sho-rolar davri tarixiga oid hujjatlar saqlanmoqda.

Yüklə 59,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə