Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə13/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

Qoida buzilishi va jazo.
Burchak zarbasi maydon o’yinchisi tomonidan bajarilsa (darvozabon tomonidan emas). Agar to’p o’yinga kiritilgandan so’ng zarbani bajargan o’yinchi to’pga boshqa o’yinchi tegishidan oldin, ikkinchi marta to’pga tegsa (qo’li bilan emas) - qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba berish xuquqini oladi. Agar to’p uyinga kiritilgandan so’ng zarbani bajargan o’yinchi to’pga boshqa o’yinchi tegishidan oldin ataylab qo’li bilan o’ynasa - qrshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi. Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o’yinchining jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11metrlik zarba tayinlanadi.
Darvozabon tomonidan bajariladigan burchak to’pi.
Agar to’p o’yinga kiritilgandan so’ng darvozabon to’p boshqa o’yinchiga tegmasidan avval ikkinchi marta (qo’li bilan emas) tegsa: qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi. Agar to’p o’yinga kiritilgandan so’ng darvozabon to’p boshqa o’yinchiga tegmasdan avval ataylab qo’l bilan o’ynasa- agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasining tashqarisida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi. Agar qoida buzilishi darvozabonning uzining jarima maydonida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi. Qoidaning boshqa har qanday buzilishida zarba qaytariladi.
Match g’olibini aniqlash tartibi.
11 m nuqtadan zarbalarni bajarish va oltin gol – bu musobaqa nizomiga ko’ra match durang natija bilan tugaganda g’olibni aniqlash uchun qo’llanila-digan usuldir: Oltin gol. Tartib - asosiy o’yin vaqti tugagandan so’ng tayinlangan qo’shimcha vaqt davomida birinchi to’p urgan jamoa g’olib deb e’lon qilinadi. Agar to’p urilmasa, unda match g’olibi 11 metrlik nuqtadan bajariladigan zarbalar yordamida aniklanadi. 11 metrlik nuqtadan zarba-larda hakam zarbalar uriladigan darvozani tanlaydi va birinchi zarbani bajaruvchi jamoani aniqlaydigan qur’a tashlashni o’tkazadi. U amalga oshirilgan zarbalarni ro’yxatga oladi (qayd etadi). Kelishilgan quyidagi shartlarga rioya qilish sharti bilan, har ikkala jamoa 5 tadan zarba bajarishadi. Zarbalar jamoalar tomonidan navbati bilan bajariladi. Agar ikki jamoa 5 tadan zarba bajarishdan oldin ulardan biri ko’prok gol ursa ikkinchi jamoa esa 5 ta zarbani ham bajarib bunday natijaga erisha olmaydigan bo’lsa zarbalarni bajarish to’xtatiladi. 5 tadan zarba bajar-gandan so’ng ikki jamoa ham bir xil gollar soniga ega bo’lsa yoki bitta ham gol urmasa, jamoalardan biri bir xil zarbalar mikdorini bajarib, ikkinchisiga qaraganda 1 gol ko’p urmaguncha xuddi shu tartibda zarbalarni bajarish davom etiriladi. 11 m nuqtadagi zarbalarda jarohat olgan va keyingi o’z vazifalarini bajara olmaydigan darvozabon, protokolga kiritilgan zaxiradagi o’yinchi bilan almashtirishi mumkin, lekin shu shart bilanki uning jamoasi musobaqa qoidasida ruxsat berilgan eng ko’p miqdordagi zaxira almashtirishdan foydalanmasligi kerak. Yuqoridagi keltirilgan xolatdan boshqa 11 m nuqtadagi zarbalarni qo’shimcha vaqt qo’shgan holda match oxirida maydonda bo’lgan o’yinchilargina bajarishi mumkin. Hamma zarbalar har xil o’yinchilar tomonidan bajariladi va ikkinchi marta zarbani bajarish xuquqini o’yinchi olishi mumkin faqat shu xuquqga ega bo’lgan hamma o’yinchilar o’z zarbalarini bajarib bo’lganidan so’ng zarbani bajarish xuquqiga ega bo’lgan o’yinchi 11 m nuqtadan zarbani bajarishning har qanday paytida o’z joyini darvozabon bilan almashtirishi mumkin. 11 m nuqtadan zarbalarni bajarish vaqtida maydonda faqatgina zarba bajarish xuquqi bo’lgan o’yinchilar va match hakamlari bo’lishi mumkin.
Zarbani bajarayotgan o’yinchi va ikki darvozabondan tashqari hamma o’yinchilar markazdagi doira ichida qolishlari kerak. Zarbani bajarayotgan o’yinchi jamoasi darvozaboni, jarima maydoni doirasi tashqarisida darvoza chizig’i va jarima maydonini chegaralovchi chiziqlar kesishgan joyda qoladi..
Qachonki jamoa o’z raqibiga nisbatan ko’prok o’yinchi bilan matchni tugallasa, u raqib bilan tenglashish uchun o’z o’yinchilari sonini qisqarti-rishi va qisqartirilgan o’yinchilar familisi va raqamini hakamga bildirishi kerak. Bunday barcha ma’suliyat jamoa sardoriga yuklatiladi.

Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə