Mundarij a futbol musobaqalariga tayyorgarlik


Futbol musoboqalari va ularni o’tkazish xaqidagi “Nizom”



Yüklə 426,5 Kb.
səhifə16/32
tarix29.11.2023
ölçüsü426,5 Kb.
#140310
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Futbol musobaqalarini rejalashtirish va o’tkazish

Futbol musoboqalari va ularni o’tkazish xaqidagi “Nizom”
O’rta ta’lim maktablarida va Kasb – hunar kollejlarida futbol musobaqalari darsdan tashqari paytlarda o’quv yurti birinchiliklari sifatida o’tkazilib kelinadi. Musoboqalar o’quvchilarini mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishini oshiradi, mamlakatimizda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi, o’quvchilar sog’ligini mustaxkamlaydi, iqtidorli futbolchilarni maktab terma jamoalariga saralab olishga yordam beradi, shaxar birinchiliklarda ishtirok etuvchilarni tanlab olishga xizmat qiladi, shuning bilan uzliksiz sport musoboqalari tizimidan o’rin olgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” sport musoboqalariga tayyorlaydi. Bolalar futbol o’yinlarida, ya’ni mashg’ulotlarida muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydilar. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axlokiy-irodaviy jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi, maktab jismoniy tarbiya jamoasini ishiga baho beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Musoboqaning g’olib jamoalarni aniqlaydi.
Futbol musobaqalari o’quvchilarda qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, maktab jamoasi, shahar, respublika, mamlakatimiz oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. Musoboqalarning keskinligi futbolchilarning ruhiyatini oshiradi.
Hamisha futbol musobaqalari ochiq havoda o’tkazilganda qatnashchilarni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositasi bo’lib hisoblanadi. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan birga sportni futbol turini targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
Futbol musoboqalarida o’yin hakamlarning ya’ni bosh hakam va yordamchi hakamlarning tarbiyachi - pedagog va o’yin rahbari sifatidagi o’rnining ahamiyati nihoyatda katta va juda ma’suliyatlidir. Musoboqa o’yinlarida mohirlik bilan halol hakamlik qilish, futbol o’yini jarayonida maydonda ro’y beradigan qo’polliklarni o’z vaqtida payqab futbol o’yin qoidasiga binoan tegishli choralar qo’llashi, ayrim futbolchilarning o’yindagi intizomsizliklariga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbeh va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi. Futbol musoboqalarini boshlanganidan toki tugab ketgunga qadar musoboqa hakami tartibsizliklar uchun javobgar hisoblanadi.
Futbol musoboqalarini o’tkazish amaliyotida musoboqaga raxbar tashkilot, qatnashuvchilar xaqida ma’lumot, uning o’tkazish muddati, sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuziladi. Ushbu nizomlar futbol Federatsiyalari yoki musobaqalarni o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot raxbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy tarbiya harakatining tashkiliy tuzilishi hususiyatlarini hisobga olgan xolda, jismoniy tarbiya jamoalarida o’tkaziladigan futbol musobaqalarining muayan tizimi qaror topgan. Bu tizim turli ko’lamdagi musobaqalarning hisobga olgan holda maktablarda qizlar – o’g’illar orasida muttasil, izchil bo’lishini va almashinib turishini talab etadi.
Musobaqaning rejasi faqat tadbirlar ro’yxati emas, balki jismoniy tarbiya jamoasining futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan olib borayot-gan ishlarningsamarasini ham belgilaydi. U maktab, Kasb – hunar kollejlari o’quvchilari orasida uyushtiriladigan musobaqalarni o’tkazish bilan aloqador barcha masalalarni o’z ichiga oladi. Rejani respublika, viloyat va shahar miqiyosidagi “Umid nihollari ” “Barkamol avlod” musobaqalarining hisobga olgan holda ko’p yillik qilib tuzish maqsadga muvofiqdir.
Hamisha musobaqa xaqidagi “Nizomi” katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. “Nizom” o’quv-mashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy - uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun etarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlana va musobaqada qatnashuvchilarga tarqatiladi.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotni obro’iga putur etadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, xolos.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan “Nizom” dan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotni obro’yiga putur etadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Musobaqa xaqidagi nizom musoboqalar boshlanishidan ancha oldin unda ishtirok etuvchi jamoalarga etkazilishi shart.
Musobaqalar xaqidagi “Nizom” da quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:

  1. Sport turi bo’yicha o’tkazilishi kerak bo’lgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.

  2. Mazkur musobaqani kim tomondan o’tkazilishi (federatsiya, tashkiliy komitet va h z).

  3. Bo’lib o’tadigan musobaqani aniq o’tkazish muddatlari va kerakli shartlari.

  4. Musobaqaga qo’yilishi kutiladigan jamoalarning soni va ularning nomlari, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal va minimal miqdori.

  5. Musobaqalar o’tkaziladigan o’yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizimlar).

  6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.

  7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday holatlarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda g’olibni aniqlash usullari (11 – metrlik jarima to’pi tepish), o’yin qoidalarida ko’rsatilgandan tashqari nechta o’yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).

  8. Jamoalarning va musobaqa qatnashchilarining rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.

  9. Musobaqalar uchrashuvlarini olib boradigan hakamlar jamoasining (brigadasining) nomi.

  10. O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish, uni ko’rib chiqish, shuning-dek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizomiy choralar masalalarini o’z vaqtida qarab chiqish tartibi.

11. O’yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va jamoalar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.
12. Musobaqalar o’tkaziladigan maydonlar va ularga qo’yiladigan talablar.
13. Musoboqa g’oliblarini taqdirlab mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.
Barcha uchrashuvlarni musoboqa hakamlari guruhi mazkur nizom asosida o’tkazadilar va ular hamisha mazkur o’yinlarni yuqori saviyada o’tishiga ma’suldirlar.



Yüklə 426,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə