Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari


Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari



Yüklə 216,4 Kb.
səhifə5/19
tarix11.12.2023
ölçüsü216,4 Kb.
#148012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mundarij a-fayllar.org

1.2. Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari
Qadimgi odamlar borliq to’g’risida o’ylaganlarida, afsona, hikoyat yoki dostonlar so’ylaganlarida olamning qadri, uning cheksizligi, koinot va odamzod aloqalari, inson umrining ma’nosi, mazmuni, maqsadi hamda botirlik, oqillik, hokisorlik, yaxshilik, vafodorlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlarga izoh berganlar, hatto ularning ba’zilarini ilohiylashtirganlar. Qadriyatlar mavzusi diniy dunyoqarashlar va ularning eng qadimgi shakllarida ham o’z aksini topgan, har bir din o’ziga xos ilohiy qadriyatlar tizimiga ega. Ular birbirlaridan ana shu dinlarining asosiy kitoblari Qur’on, Injil, Veda, Upanishad va boshqalarda muayyan ilohiy qadriyat tizimlari o’z ifodasini topgan. Dinlarning tarixiy shakllari takomillashib borgani sari, ulardagi qadriyatlar tizimi ham yangi qirralarini namoyon qilib boravergan. Ajdodlarimizning qadimgi kitobi Avesto diniy-falsafiy merosimizning eng yorqin namunasi, qadimgi xalqlarimizning umuminsoniy qadriyatlari yoritib berilgan asardir. Avesto zardushtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga kitobda umuminsoniy qadriyatlarga, ularning inson ma’naviyati va amaliy faoliyati uchun ahamiyatiga katta o’rin berilgan. Asarda yaxshilik, barkamollik, hurfikrlilik, insonparvarlik kabi xislatlar Axuramazda qiyofasi orqali ko’rsatilgan. Kitob mualliflaridan biri Zaratushtra (Zardusht) fikricha, odamlar yaxshilik, yorug’lik kuchlariga ergashishi, yaxshilikni yomonlikdan, adolatni haqsizlikdan farqlab olishi, hayoti davomida Axuramazda tomonida bo’lishi lozim.10 Insonning bu jarayondagi qadri esa, yaxshilikning g’alabasi uchun kurashda befarq turmasligida, yashash tarzida, ma’naviy qiyofasida, ijtimoiy faoliyatida o’z ifodasini topadi. Avestoda yurtimiz zaminida yashagan xalqlarning islomgacha bo’lgan davrdagi tabiiy-ilmiy, ayniqsa, axloqiy qadriyatlarining rivojlanishi tarixiga oid g’oyat o’iqiz manbalar borki, ularni yanada chuqur o’rganish lozim. Qadriyatlar mavzusi «Moniy davri» (milodning III-IV asri, asoschisi Moniy 216-276 yillarda yashagan) falsafiy-ilohiy ta’limotida ham yaqqol ifodalangan. Moniy fikricha ikki dunyo – «zulmat va ziyo dunyosi» mavjud, birinchisida adolatsizlik, zulm, zo’ravonlik hukm suradi, ikkinchisi adabiy, yemirilmaydigan, doimiy qadriyatlar dunyosidir. Moniy ta’limotida qadimgi zamonning asosiy qadriyatlari jamlangan, ularning umumiy tizim mifologiya, filosifiya, kosmogoniya, astronomiya va boshqa ijtimoiy-tabiiy bilim sohalari bilan bog’liqlikda bayon qilingan. Qadriyatlar mavzusining izlari VI asrda yashagan Mazdak (51 yilda qatl qilingan) ta’limotida ham ko’zga tashlanib turadi. Afsuski, islom rasmiy dinga aylanganidan so’ng bu izlar xiralashib qolgan, ularni izlab topish qiyinlashgan. Markaziy Osiyoda qadriyatlar to’g’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom rasmiy hukmron dinga aylangan, ijtimoiy-siyosiy hayotda muayyan tinchlik hukm surayotgan edi. Islom dini Osiyoda faqat arablarning dini bo’lib qolmadi, u ko’pgina sharq xalqlarining ham umumiy diniga aylandi. Alohida e’tirof etish kerakki, Qur’onda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyatlar xalqlarimiz tarixi va madaniyatiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan. Bu ta’sirning ahamiyatini turlicha baholash, tahlil qilish mumkin, ammo uning o’tmishda ham muayyan qadrga ega ekanligini inkor qilishning ilohi yo’q. Zaminimizda yashagan har bir mutafakkir, olim, alloma ijodida islom dini ilohiy qadriyatlarining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shu bilan birga islomning yurtimizda tarqalishi va arab itilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini alohida qayd qilmoq kerak. Bu to’g’rida Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Kezi kelganda yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, vatanimiz sivilizasiyasining qadriyatlari arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham katta aks ta’sir o’rsatganligi shubhasiz. horazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Ulug’bek kabi mutafakkirlar, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari, Lutfiy, Navoiy. Bobur, Bedil, Mashrab kabi zotlarning kamolotida nafaqat islom, balki sivilizasiyamiz madaniyati va qadriyatlarining ta’siri beqiyos. Ularning islomga, uni zamona zayllari orasidan o’tishi jarayoniga ta’sirlari to’g’risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Zamonaviy islom ilohiyotchilarining al-Buxoriy asarlarini Qur’ondan keyingi muqaddas kitoblar sifatida tan olayotganliklar, al-Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy va Naqshbandning qabrlariga muqaddas sajdagohlar sifatida sig’inishlari bejiz emas! Manbalar yetarli bo’lishiga qaramasdan yurtimiz sivilizasiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga aks ta’siri to’g’risida yozilgan asarlar haligacha yetarli emas, bu to’g’rida tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon yetilgan. Islom dini yurtimizga kirib kelganidan keyingi davrlarda ichki urushlar nisbatan barham topgan, ijtimoiy hayotda nisbatan barqarorlik hukm surayotgan edi. Bu nisbiy barqarorlik davrida madaniy rivojlanish, ilm-fan hamda adabiyotning taraqqiyoti uchun imkoniyat ochildi. O’sha davrning buyuk mutafakkirlaridan biri Muhammad Muso al-Xorazmiy xalifa al-Ma’mun tashkil qilgan «Baytul xikma»da katta mavqyega ega bo’lgan. U ilgari surgan g’oyalarda qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari izohlangan. 2 Xorazmiy olimning qadri, o’tmishlari fikrlarini kelajakka hokisor yetkazib berishda, deb hisoblar edi. Mutafakkir quyidagicha yozadi: «O’tmish davrlarda o’tgan olimlar fanning turli tarmoqlari sohasida asarlar yozish bilan o’zlaridan keyingi keladiganlarni nazarda tutardilar. Ulardan biri o’zidan avvalgilardan qolgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi, uni o’zidan keyin keluvchilarga meros qoldiradi, boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi, bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi… o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi, takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi»3 . Bu so’zlar butun sharq olimlari uchun umumiy talab, kamolot mezoni, hozirgi intellektual mulk egalari ma’naviy qiyofasining asosiy xususiyati sifatida namoyon bo’ladi. Sharq madaniyati tarixida muhim o’rin tutgan alloma Abu Nasr Forobiy (873- 959) ham qadriyatlarga katta e’tibor bergan. Forobiyning qadriyatlar to’g’risidagi fikrlarini «Madina al-fozila» ta’limotida yaqqol kuzatish mumkin. Qomusiy olim sifatida Forobiy fozil jamiyat to’g’risidagi ta’limotida yuksak g’oyalar, adolatli ijtimoiy munosabatlar qaror topgan davrda vujudga keladigan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning umumiy tizimini izohlab bergan. Forobiy bunday jamiyatda diniy qadriyatlar ham muayyan ahamiyatga ega bo’lishini, ammo unda kalom (teologiya) va fiqh (huquqshunoslik) vakillari kishilarning ma’naviy-ahloqiy kamoloti uchun javob beradigan sohalarni boshqarishlari, ijtimoiy munosabatlarning asosiy sohalari esa faylasuf-hukmdorlar tomonidan boshqarib borilishini ta’kidlaydi. Mutafakkir diniy qarashlar g’oyaviy sohada eng asosiy ahamiyat kasb etgan o’sha davrda, nafaqat Alloh g’oyasini, balki inson, jamiyat va ilm-fan qadriyatlarini falsafiy bilimlarning asosiy mavzularidan biri sifatida qaray olgan dastlabki Sharq faylasuflaridan biridir. Qadriyatlar mavzusini Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham chetlab o’tmagan. Uning fikricha, ma’naviy qadriyatlarning vujudga kelishi ijtimoiy munosabatlar, kishilarning yashash tarzi, moddiy ehtiyojlari, qiziqishlari, manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan uzviy bog’langan. Masalan, kishilar o’rtasidagi hamkorlik odamlarning birlashish ehtiyojlari ko’pligi, himoya qilish qurollari kamligi va dushmanlardan o’zini himoya qilish zarurati tufayli vujudga kelgan. Beruniy hunar, savdo-sotiq, mamlakatlararo madaniy-ilmiy aloqalarni kuchaytirish, ijtimoiy hayotda ilm-fanni rivojlantirish, uning rolini oshirishning tarafdori edi. Shu bilan birga u arab bosqinchiligini, ularning yurtimiz madaniy yodgorliklarini yo’qotish sohasidagi siyosatini qoralaydi, madaniy taraqqiyotda vorislikning zaruriy ekanligini ta’kidlaydi. Qadriyatlar muammosi Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) ham diqqat markazida turgan. Olim asarlarining katta qismi falsafiy muammolarga bag’ishlab yozilgan, afsuski, ularning ko’pchiligi (masalan, «Adolat» nomli falsafiy ensiklopediyasi, «Sharq falsafasi», «Yaxshi ish va gunoh» asarlari) bizgacha yetib kelmagan. Qadriyatlar muammosi Ibn Sinoning «Donishnoma», «Solomon va Ibsol» kabi bizgacha yetib kelgan asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Uning nazarida o’z ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni o’rab turuvchi abadiy makondir. Shu jihatdan uning qadri beqiyos, inson esa hamma boyliklarni tabiatdan oladi, undan o’ziga davo topadi. Ibn Sino inson, uni o’z-o’zini idora qilishi haqidagi fanlarning ahamiyatini to’g’ri ta’kidlaydi. 4 Afsuski, Sharq falsafasida asosiy mavzulardan biri bo’lgan bu yo’nalishdagi fanlarga sobiq sovet davrida yetarli e’tibor berilmadi, holbuki, bu borada yaxlit «Insonshunoslik» fanini rivojlantirish zaruriyati allaqachon yetilgan edi. Ibn Sino ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyatiga ham katta e’tibor bergan. Uningcha, odamning qadri boshqalar bilan hamkorligi, yaxshi ahloqiy fazilatlarga ega bo’lishga intilishi, donologi, boshqalarga yaxshilik qila olishidadir. Qadriyatlar mavzusining tahlilini xalqimiz hayotida katta mavqyega ega bo’lgan tasavvuf oqimining asosiy namoyandalari ilgari surgan qarashlarsiz tasavvur qilish qiyin. 5 Tasavvuf g’oyat murakkab va serqirra diniy-falsafiy oqim bo’lib, uning qadriyatlar tizimida eng asosiy o’rinni Alloh, u bilan bog’liq ilohiy qadriyatlar shariat, tariqat, haqiqat va ma’rifat g’oyalari egallaydi. Lekin tasavvuf falsafasini faqatgina ana shu jihatlar bilan ta’riflashning o’zi yetarli emas. Bu borada chet el islomshunoslari, sobiq sovet davri olimlarining asarlari anchagina. «Biroq hanuzgacha tasavvuf ta’limoti batamom o’rganilgan va uning tarixi, dunyoqarashi xususida aniq, yaxlit xulosalar chiqarilgan, deb ayta olmaymiz». Biz tasavvuf oqimini atroflicha tavsiflamoqchi emasmiz, bunga ishimizning hajmi imkon bermaydi. Ammo mavzuning tarixi nutqtan nazaridan quyidagi mulohazani bayon qilmoqchimiz. Qadriyatlar muammosining yurtimizga tegishli falsafiy-tarixiy tahlili Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar merosi bilangina chegaralanib qolmaydi. Uning Al-Buxoriy, At-Termiziy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy kabi zabardast namoyondalari bo’lgan tasavvuf ta’limotiga ham to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bor. Shu bilan birga jahon madaniyatiga bebaho durdonalar qo’shgan Hofiz, Sa’diy, Jomiy, Navoiy kabi allomalarning bu boradagi qarashlarini tilga olmay bo’ladimi? Ularning butun jahonga mashg’ur bo’lgan «Saodatnoma», «Guliston» va «Bo’ston», «Bahori-ston», «Xamsa» abi ma’naviy qadriyatlarimizning tamal toshlarini qo’ygan asarlarining har biriga alohida tadqiqotlarni bag’ishlash mumkin. O’tmish madaniyatining hassos namoyandalari Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Imodiddin Nasimiy, Boborahim Mashrablarning dunyoviy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga munosabati, bu boradagi butun Sharq xalqlari orasida mashhur bo’lgan qarashlari to’g’risida ham shunday fikrni aytish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan asarlarga kelganda esa dunyoda ularga qiyoslaydigan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning umumiy tizimlari izohlangan kitoblar barmoq bilan sanarli. Ushbu an’ana yurtimiz madaniyati tarixida aslo to’xtab qolgani yo’q va bu borada A. Donishning «O’g’illarga nasihat» (XIX asr oxiri), A. Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» (XIX asr boshlari) asarlarini eslash kifoya. Holbuki, bu ikki keyingi asar ham shu sohadagi o’nlab kitoblar jumlasiga kiradi. Tasavvufning eng asosiy namoyandalaridan biri A. Yassaviy (1105-1166) diniy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning o’sha zamonga mos keladigan tizimining namoyon bo’lishi va amal qilish shartlarini islom dini nuqtai nazaridan ta’riflab bergan. So’fiylik asoslarini targ’ib qiladigan «Devoni hikmat» majmuasida A. Yassaviy ma’naviy qadriyatlarning asosiy shakllari – poklik, hayo, bardosh va sabr-qanoat, chidam, beozorlik, hokisorlik kabi xislatlarga ta’rif bergan. Sovet davrida Yassaviy qarashlari tanqid qilinar edi. Aslida, Yassaviy tariqati Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan, madaniy merosimizga juda katta ta’sir ko’rsatgan. Bizningcha, Yassaviy ta’limoti va tasavvufning ma’naviy qadriyatlari mo’g’ul istilosidan ozodlikka erishish, Temur davlatini o’rnatish, unda siyosat yuritishdagi asosiy va yetakchi g’oyalardan biri vositasini o’tagan. Bundan tashqari, bu ta’limot mo’g’ullar istilosidan oldingi davr qadriyatlarini, temuriylar davri bilan bog’laydigan ma’naviy asoslardan biri bo’lganligi shubhasiz. Qadriyatlar muammosi tahlilida naqshbandiya taroiqati, Bahouddin Naqshband (1388 yilda vafot etgan), Xo’ja Ahror (1409-1492) va Husayn Voiz Koshifiy kabi ilohiyot ilmi allomalari ilgari surgan g’oya va qarashlarning ham o’z o’rni bor. Naqshbandiya tariqati Sharqda keng yoyilgan, A. Jomiy, A. Navoiylar va boshqa mutafakkirlar ham unga chuqur hurmat bilan qaraganlar. Navoiy «Xoja Bahouddin Naqshband» nomli asar ham yozgan. Naqshbandiylikning vujudga kelishida Yassaviy ta’limotining ta’siri sezilib turadi. Ammo naqshbandlik tariqati o’zining ko’pgina jihatlari bilan boshqa oqimlardan farq qiladi. Naqshbandiyada Alloh visoliga yetish uchun dunyodan voz kechish yoki tarki dunyo qilish emas, balki «qo’l ishda, ko’ngil Allohda» bo’lmog’i, poklik, hayo, kamtarinlik komil insonning asosiy fazilatlari bo’lishi lozimligi uqtiriladi. O’rta asrlardagi siyosiy qadriyatlar talqinida Amir Temurning, umumbashariy qadriyatlarning ilmiy tahlilida Ulug’bekning qarashlari katta o’rin tutadi. Podshohlar, hukmdor va siyosiy arboblarning axloq-odob talablari, davlat va siyosat yuritish san’ati bayon qilingan «Temur tuzuklari»da ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga katta ahamiyat berilgan, asar Sharqda va G’arbda mashhur bo’lgan, ko’p marta chop etilgan. Unda siyosatdonning yurish-turishi, siyosat bobidagi faoliyati, xalq, qo’shin, ularmolar, arkoni-davlat va boshqalarga munosabati uchun asosiy mezon bo’ladigan siyosiy qadriyatlar o’sha zamon nuqtai nazaridan bayon qilingan. Temurning tariximizdagi o’rni va mamlakatni ozod qilishdagi xizmati katta. Uning mohir davlat arbobi, tajribali siyosatdon sifatidagi o’git va nasihatlari keyingi davrning siyosiy arboblari uchun qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Umumbashariy qadriyatlar tahlilida Ulug’bek-ning fikrlari ham o’ziga xos o’rin tutadi. U o’z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mutafakkirlarni to’pladi, ular bilan birga umumbashariy qadriyatlar, koinot sirlari, unda ro’y berayotgan jarayonlarning ahamiyatini o’rganish borasida o’z zamonasidan ilgarilab ketdi. Sirasini aytganda, ular nafaqat umumbashariy qadriyatlarni tadqiq etdilar, balki ilm-ma’rifat, haqiqat, ziyolilik, fozillik kabi umuminsoniy qadriyatlar-ning turli xususiyatlarini izohlab berdilar. Ulug’bek akademiyasining faoliyati o’rta asrlar ilmiy hurfikrliligining eng yaqqol namunalaridan biridir, u boshchilik qilgan olimlar esa koinot va yulduzlarni inson uchun abadiy makon bo’lgan olamning bashariy qadriyatlari sifatida tushunganlar va tadqiq qilganlar. Yurtimiz madaniyatida o’chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) o’zining asarlarida qadriyatlar masalasiga katta e’tibor bergan. Uning fikrlari ham tasavvuf ta’limoti bilan bog’liq. Ushbu ta’limot faqat Navoiy emas, balki Sa’diy, Jomiy kabi boshqa o’rta asr mutafakkirlarining qarashlariga ham ta’sir ko’rsatgan. Navoiyning odil jamiyat to’g’risidagi qarashla-rida umumijtimoiy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa eng yetuk inson qiyofasiga xos shaxsiy qadriyatlar tizimi ta’riflangan. Bunda ikki qadriyatlar tizimining aloqadorligi yaqqol ko’rinib turadi. Mutafakkirning ma’naviy qadriyatlar to’g’risidagi g’oyalari bugungi mustaqillik sharoitida katta ahamiyat kasb etmoqda. Alisher Navoiyning vafotidan besh-olti yil o’tar-o’tmas, mamlakatda hukmronlik qilgan temuriylar davlati tanazzulga uchradi, uning o’rniga Shayboniyxon davlati tuzildi. Ammo oradan ko’p o’tmay, Shayboniyxon vafotidan (1510 yildan) keyin, bu yerda markazlashgan davlat parchalanib ketdi. Avval Xiva xonligi va Buxoro amirligi, so’ngra Qo’qon xonligi vujudga kelda. Uch yuz yildan oshiqroq davrni o’z ichiga olgan bu jarayon xonlik, amirlik, turli sulolalar, urug’lar o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi. Yaxlit sivilizasiyamizning hamjihatligini ta’minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimidan darz ketdi. Kezi kelganida shuni alohida ta’kidlash kerakki, yurtimizda ana shu davrga kelib islomning ilohiyot ilmi ham bir qadar tanazzul davrini boshidan kechirdi. Shu bilan birga islomga xos qadriyatlar sistemasining yangi zamonga mos qirralarini ochib bera oladigan, shon-shuhrati bilan butun islom dunyosiga tanilgan Al-Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast teran fikr egalari bilan tenglashadigan mutafakkirlarni bu davr tarixidan topish qiyin. Bu davrda Yusuf Qorabog’iy, Bedil kabi mutafakkirlar ijod qildilar. Hassos shoir va mutafakkir B. Mashrab (1657-1711) ana shu davrda yashadi. Tasavvufning ko’pgina ilg’or namoyandalari qatori Mashrab ham islomning qadriyatlar tizimini va Alloh g’oyasini butunlay inkor etmaydi. Ammo g’oyaviy ustozlari Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj va Imodiddin Nassimiylarning izidan borganligidan, u bir qator umuminsoniy qadriyatlarni, ularning o’rni va ahamiyatini o’ziga xos talqin qiladi. Bu o’ziga xoslik islom paydo bo’lganidan keyin ming yil o’tishi, hayotda o’zgarishlar bo’lishiga qaramasdan, ba’zi din arboblarining islom qadriyatlari sistemasidan eskicha, o’z manfaatlari yo’lida foydalanishlariga nisbatan tanqidiy munosaba tarzida namoyon bo’ladi. Mashrab ko’pchilik o’rganib qolgan ma’naviy «qolip»larga sig’maydigan murakkab zotdir. Uning qalandarligida – olam sirlaridan xabardor faylasuf, isyonkorligida islom qadriyatlarining zukko bilimdoni, sodda hayot tarzida xalqqa donolarcha yaqinlikni kuzatish mumkin. «O’zining butun umrini haqiqatga yetishish yo’lida sarflagan Mashrabning bevafo olamda ma’naviy tubanlik, razolat, aqliy najosatga botgan insonlarga – podshodan tortib qozigacha, soxta oliu vafosiz obidgacha, o’g’ridan tortib nobop dehqongacha bo’lgan nafrat-g’azabi, haq ishqi yo’lidagi sobit imoni, odilparvar va odamparvarligi, el-ulus umidlarining ifodasi yanglig’ tobora majoziylashib, afsonaviylashib borgan». An’analarning kelib chiqishi tarixiga nazar solinsa, ular din hukmronlik qilgan bir davrda paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak, diniy an’analar shu davr talab va ehtiyojlariga mos holda may donga kelgan hamda asrlar davomida o’zining ba’zi bir axloqiy talablari bilan xalq uchun ma’qul bo’lib kelmoqda. Shuning uchun diniy qadriyatlaming ham aksariyatining mazmuni mehr-oqibat, imon-e’tiqod, adolat, insonparvarlik kabi g‘oyalar bilan sug‘orilgan bo’lib, xalqni nopoklik, oqibatsizlik, jaholat botqog‘iga botish, ichkilikbozlik, zino, jabr-zulm kabilardan saqlashga xizmat qilib kelganligini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur11
Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri boy va sermazmun ma’naviyatga ega bo’lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg’or bo’lish jamiyat norasoligining xolis ko’rsatkichidir. Shu bois, O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan istiqlolning dastlabki yillaridanoq «Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, ma’naviy boylik – moddiy boylikdan ming bor ustun» degan purma’no g’oya ilgari surilib, xalqimizning, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarimizning ma’naviy darajasini yanada yuksaltirish kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishdagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligiga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda. Islom Karimov o’zining ko’plab nutq va ma’ruzalari, asarlarida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga azmu qaror qilgan xalqimizning boy merosi, bebaho qadriyatlari, ezgu niyat, orzu-umidlariga, shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga asoslangan milliy mafkurani shakllantirish, ommalashtirish, kishilar ongiga chuqur singdirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratganlar. Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi masalasiga alohida urg’u berilishi bu masalaning bugungi kun uchun ham o’ta muhimligidan dalolat beradi. Birinchi Prezidentimiz bu borada quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlab o’tgan: «Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritganda, bu borada asrlar davomida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’lib kelayotgan bir masalaga alohida to’xtalib o’tish lozim, deb o’ylayman. Ya’ni, odamning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o’rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar mav jud bo’lganini va bunday tortishuvlar hozirgacha davom etayotganini kuzatish qiyin emas». Shuningdek, o’quvchi-yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish quyidagi dolzarb metodologik masalalarga e’tibor qaratishni talab etadi:
1) hozirgi zamon globallashuvi sharoitida turli madaniy an’analarga ega xalqlarning o’zaro yaqinlashuvi bir-biriga bog’liq holda dolzarblik kasb etib, har bir xalqning milliy o’ziga xosligini muhofaza qilish va saqlab qolish yo’nalishini izchil davom ettirish, shu bilan birga dunyoviy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarning ilg’or jihatlarini o’zlashtirib borishni talab etmoqda. Bu masalalar jamiyatda o’quvchi-yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish muammosini to’g’ri hal qilib olish bilan bevosita bog’liq;
2) insonning o’zi, uning dunyoqarashi kabi ma’naviy madaniyat ham hyech qachon bir ma’noli qat’iy yechimga ega bo’lmaganligi, uning shaxs, millat, jamiyat ma’naviy madaniyati kabi xilma-xil ko’rinishlari mavjudligi, uni o’rganishga yangicha yondashish, masalani yangicha talqin etishni kun tartibiga ko’ymoqda;
3) fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayoni ma’naviy madaniyat doirasidagi ma’naviy-axloqiy ong, ma’naviy-axloqiy xatti-harakat, ma’naviy faoliyat, ma’naviyaxloqiy munosabat hamda o’zini o’zi anglashi bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi, zero, vatanimiz kelajagi, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsadlarga erishish avvalo ma’naviyaxloqiy jihatdan yetuk shaxslarga, ularning axloqiy kamolotiga bog’liqdir;
4) milliy mustaqillikni mustahkamlash uning iqtisodiy asoslarini, milliy ma’naviy madaniyat bilan bog’liq tomonlarini tadqiq etish, jamiyat hayotining yangilanishi unda yuzaga kelayotgan demokratik o’zgarish larni, dunyodagi globallashuv hodisalari bilan bog’liq holda qarab, bu jarayonlarning o’quvchi shaxsi ma’naviyatiga ta’sirini ilmiy asoslash muhimdir;
5) ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy omillarini tahlil etish jamiyat taraqqiyotini kafolatlovchi mustaqil tafakkur yuritishga qodir o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qiladi.
Masalan, yu. M. Lotmanning ta'kidlashicha, madaniyatning ikki turi mavjud, ulardan biri ob'ektiv faol hayot tarziga, ikkinchisi-avtokommunikatsiya, introspektsiya va tafakkurga qaratilgan (Lotman yu.M., 1973). Bizning tadqiqotimizdagi asosiy narsa bu madaniyatlar kelib chiqqan pozitsiyalarni taqqoslash bo’ladi. Bu madaniy matritsaning tagida joylashgan qadriyatlar ierarxiyasini yaratish uchun amalga oshirilishi kerak.
Bugungi murakkab davrda ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan muhim ekanligi, jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitini sog’lomlashtirish va barqarorlashtirish borasida bir qator amaliy ishlarning samaradorligini kuchaytirish milliy taraqqiyot modelimizning ma’no-mazmuniga singdirilgan millati, tili va dinidan qat’i nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib tinch, osuda hayot sharoitini yaratish kabi ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish, har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash, xalqimizning qadriyatlari va mentaliteti, milliy davlatchilik an’analariga tayanish, dunyo tajribasining ilg’or yutuqlariga asoslanish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish kabi sog’lom ma’naviy-axloqiy muhit mezonlariga asoslanishni talab etadi;
6) ma’naviy madaniyat bir tomondan, o’quvchi-yoshlarning axloqiy kamolotida asosiy mezon hisoblanadi, ikkinchi tomondan, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy faoliyati natijasida takomillashib boradi. Bunda ulug’ ajdodlarimiz tomonidan ma’naviy-axloqiy yetuklikka erishishga xizmat qilgan va tajribadan o’tgan, asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat, andisha, sharmu hayo, ibo, iffat kabi yuksak axloqiy tushunchalar, axloqiy qadriyatlar milliy axloqiy mezonlar majmui – sharqona axloq kodeksi kelajak avlod tarbiyasida muhim manba vazifasini bajaradi;
7) oila va oilaviy munosabatlar, barkamol avlod ma’naviy-axloqiy fazilatlari, shaxs, millat ma’naviyatining shakllanishi hamda istiqbolini belgilovchi ijtimoiy asos ekanligini, oilaning ma’naviy madaniyatni shakllantirish bilan bog’liq funksional vazifalarini ochib berish, oila muhiti va ta’lim jarayonlarining o’zaro ta’siri, milliy tarbiya xususiyatlari, shaxs ma’naviyati, millat hamjihatligi, undagi bag’rikenglikni belgilashdagi o’rni kabi masalalarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy madaniyat va uning tarkibiy qismi sifatida ta’limga bo’lgan e’tiborning tobora ortib borishiga jahon miqyosida kuzatilayotgan yana bir qator omillar sabab bo’lmoqda:
1) yuqori rivojlanish sur’atiga ega, o’zgaruvchan, ko’p funksiyali, zamonaviy sharoitda ijtimoiy makonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun ta’lim sohasi mutaxassislarining madaniyati darajasiga qo’yiladigan talablarning o’sishi;
2) jamiyat hayotining barcha sohalaridagi taraqqiyot uchun kasbiy va kommunikativ jarayonlarning ma’naviy-madaniy asoslariga doir ahamiyatlilikning kuchayishi; madaniy hamda badiiy voqyelikning haddan tashqari ko’p va xilma-xil, ayni vaqtda uzluksiz axborot oqimi bilan uzviylikda rivojlanib kelayotgani, yoshlarning madaniy talab-ehtiyojlari oshib borayotgan bir sharoitda qaror topayotgani, ularning o’ziga xosligi va ko’p qirraliligi;
3) yoshlarga axloqiy va estetik madaniyatning yuksak namunalarini o’rgatish jarayonining samarali emasligi, jamiyatning yuksak madaniy qadriyatlari, mutaxassis va shaxs sifatida mukammallikka intilish haqidagi tasavvurlar, qarashlarning barqaror emasligi;
4) bunday sharoitda o’sib kelayotgan yosh avlodning madaniy ta’lim-tarbiyasi jarayonini yo’lga qo’yish, boshqarish, qo’llab-quvvatlash zaruriyati1. Mazkur omillar tahlili o’quvchi-yoshlarda milliy ma’naviy madaniyatni tarkib toptirish lozimligini ko’rsatadi. Pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronovning fikricha, har bir milliy madaniyat – umuminsoniy qadriyatning muayyan ko’rinishidir. Chunki insoniyat – xalqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai nazardan milliy tarbiya – har bir insonni o’z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat asosida shakllantirish jarayonidir; har bir inson o’z hayoti Egamberdiyeva N.M. Madaniy insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy hamda kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti davomida turli ijtimoiy rollarni o’taydi. Bu rollar mazmuni, ko’lami, namoyon bo’lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko’payib, kengayib, murakkablashib boradi. Ana shunday tug’ma va ilk o’zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri – shaxsning milliy rolidir; aslida dinlar, millatlar orasida ziddiyat uchun hyech qanday asos yo’q. Jahonda dinlar va millatlar orasida bo’lib o’tgan ziddiyatlar ayrim ulamolar, siyosatchilarning o’z maqsadlariga erishmoq uchun din, millat nomidan ish ko’rishga chaqiriqlari va insoniyatning ularga ergashib yo’l qo’ygan xatolaridir; xalqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya jarayoni bizning xohishimizdan tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi1.
1.3. Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning amaliyotdagi holati.
Bugungi kunda ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog’liq jamiyatda muhokama qilinayotgan muammolar ushbu tadqiqotning dolzarbligi va amaliy ahamiyati haqida gapiradi hodisa. Ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi kamchiliklar va noto’g’ri hisob-kitoblar bolalar muhitida hayotiy ziddiyatlarni kuchaytiradi. Muayyan ong zamonaviy yoshlarning bir qismi ijtimoiy infantilizm, skeptisizm, qaram kayfiyat bilan tavsiflanadi, jamiyat ishlarida ishtirok yetishni istamaslik.
Ma’naviyat yetishmasligining bu ko’rinishi ulardan ayrimlarining xayoliy, virtual olamda bo’lishi bilan osonlashadi. Dunyoga kiri illyuziyalar ular tomonidan nafaqat amalga oshiriladi kompyuter texnologiyalari yordamida, balki spirtli ichimliklar, chekish aralashmalari va giyohvand moddalar ta’siri ostida.
Tadqiqotimizning dolzarbligi ijtimoiy-pedagogik jihatdan rus tilidagi ma’naviy va axloqiy inqirozni bartaraf yetish zarurati bilan belgilanadi ta’lim orqali jamiyat. Shuning uchun , asosida ushbu muammoni hal qilishni boshlash samaraliroq o’quv jarayoni subyektlarining ixtiyoriy ishtiroki boshlang’ich maktab yoshidan boshlab, ya’ni, o’qituvchilar, o’rta maktab kuratorlari, qo’shimcha ta’lim o’qituvchilari va ota-onalarning birgalikdagi faoliyatida.
Qo’shma maqsad
- belgilash, shart-sharoitlar yaratilmoqda
bolalar o’zlari ishtirok yetgan vaziyatlarni hissiy jihatdan boshdan kechirishadi. Qo’shma faoliyat, sifatida bizning tajriba ko’rsatdi, yeng muhim biridir muhim qadriyatlarni ifoda yetish vositalari
ta’lim jarayoni subyektlarini bir-birlarini bilish va tushunish, samarali muloqot va o’zaro ta’sir qilish ko’nikmalarini yegallashga imkon beradigan usul. Bunday Ittifoq norasmiy do’stona muhitni yaratish, ta’lim o’rtasidagi samarali muloqotni amalga oshirishning kafolati hisoblanadi
yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolarini hal qilishda institutlar va oila maktab o’quvchilari.
N. V. Arxangelskiy, I. A. Kairova, K. V. Makarova, L. I. Matveyeva, L. E. Pasmurova, L. A. Regush, A. G. Yakovleva va boshqalar o’z asarlarini yosh maktab o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi masalalariga bag’ishladilar.
Pedagogikaga salmoqli hissa fanni V. P. Bespalko, Ye. N. Stepanov, M. Yu. tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalari yedi. Frolov va amaliy talabalar tarbiyasi sari-R. M. Asadullin va boshqalar tomonidan .
So’nggi o’n yilliklarda, ma’naviy-axloqiy tarbiya muammosi bo’yicha doktorlik dissertasiyalari himoya qilingan (I. V. Boburova, N. M. Borytko, I. A. Parkhomenko, Buni hal qilish yo’llarini ko’rib chiqqan V. M. Pustovalov, N. P. Shityakova) jamiyatda turli xil qiymat tizimlarining shakllanishi sharoitida muammo. Yuqorida aytib o’tilgan tadqiqotchilar faqat ko’rsatilgan muammoni qisman hal qildi. Shuning uchun ma’naviy-axloqiy soha yosh maktab o’quvchilarining ta’limi qoladi kam o’rganilgan.
Yosh maktab o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini aniqlash uchun biz uning mezonlari va ko’rsatkichlarini aniqladik
1). M. M. Potashnik bahs yuritadi bu mezonlar boshlanishidan oldin ilgari surilishi kerak boshqarish, chunki natijalar ularga muvofiq baholanadi. Qo’yilgan mezonlar asosida, mumkin bo’lgan nazorat texnologiyalarini qiyosiy baholash va maqbul tanlov amalga oshiriladi. Mezonlar soni va ularning mazmuni boshqaruv obyektiga bog’liq. Ular kerak o’qituvchilar faoliyatini diqqat markazida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xatolarni minimallashtirish, mumkin bo’lgan zaxiralardan maksimal foydalanish. Mezonlar kerak tajribada qo’yilgan maqsadlarga yerishishning yeng muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi [2]. Ular tadqiqot asosida aniqlanadi pedagogik nazariyadagi muammoning, tahlil va amaliy o’qituvchilarning mavjud tajribalarini umumlashtirish.
Ma’lumki, tuyg’ular barqaror shaxsning voqyelik hodisalariga aks yettiruvchi hissiy munosabatlari ushbu hodisalarning ma’nosi uning yehtiyojlari va motivlari bilan bog’liq bo’lib, shaxsning bilimlari bilan uzviy bog’liqdir va namoyon bo’ladi o’zlari uning faoliyatida [1].
Mezon ko’rsatkichlari bolalar harakatlarining yetakchi maqsadlari, niyatlari va motivlari, qobiliyati hamdard bo’lish, boshqalarga hamdard bo’lish, rahm-shafqat va rahm-shafqatning namoyon bo’lishi. Tajriba, hamdardlik zarur yosh maktab o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi.
Ushbu bilimlarning samaradorligi, birligi va tajribalar, bularning ifodalanish darajasi tuyg’ular va ularning faoliyatda amaliy namoyon bo’lishi yorqin ko’rsatkichlar bo’lib xizmat qiladi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
2. Intellektual mezon (ma’naviy va axloqiy ong) xarakterlaydi har tomonlama, madaniy, yestetik, axloqiy va xabardor shaxs.
Uning ko’rsatkichlari:
- ma’naviy-axloqiy qadriyat mohiyatini bilish, bolalarni ma’naviy-axloqiy tushunchalar yuzasidan anglash;
- bolalarning hodisalarni baholash qobiliyati va ijtimoiy hayot faktlari;
- tayyorgarlik va himoya qilish qobiliyati ma’naviy-axloqiy qarashlar va ye’tiqodlar muayyan hayotiy vaziyatlarda jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, ma’naviy-axloqiy xulq-atvor normalari.
3. Motivasion mezon (ma’naviy va axloqiy xatti-harakatlar) aloqa va harakatlarning mohiyatini ko’rsatadi va qoidalariga rioya qilish.
Motivasiya-bu psixologik va fiziologik dinamik jarayon yosh maktab o’quvchilarining xatti-harakatlarini boshqarish, bu uning tashkil yetilishi, yo’nalishi, barqarorligi va faolligini belgilaydi
Uning ko’rsatkichlari:
- talabalarning ijobiy ta’siri boshqalarda;
- ma’naviy-axloqiy xulq odatlarini shakllantirish;
- yoshroq xatti-harakatlarning muvofiqligi
yegallangan bilimlar bilan o’quvchilar;
- ijtimoiy shartli munosabat
bolalarning moddiy va ma’naviy qadriyatlarga, atrofdagi haqiqatga;
- bolalarning o’zlarini jamoani shakllantirishga targ’ib qilish;
- erkin tanlov holatlarida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni amalga oshirish.
Pedagogik usullardan foydalanish diagnostika, dastlabki aniqladik yeksperimental bolalarda ma’naviy va axloqiy salohiyatning rivojlanish darajasi va nazorat guruhlari. eksperimentning birinchi bosqichida olingan diagnostika natijalari shuni ko’rsatdiki, mavjud o’quv dasturlari yetarli darajada rivojlanmagan bolalarning ma’naviy va axloqiy salohiyati. Natijalar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga mavjud yondashuvdan farqli ravishda boshqacha yondashuv yaratish zarurligini tasdiqladi va uning pedagogik yordam. Aniqlash bo’yicha tadqiqot ma’lumotlarining talqini yosh maktab o’quvchilarining ma’naviy va axloqiy salohiyatini shakllantirish darajasi statistik mezondan foydalanib amalga oshirildixizmat*
Bunda ishning mazmuni bosqich yosh maktab o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi modelini amalga oshirish yedi. Har bir bosqich mos keldi tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarning ma’lum bir kombinasiyasiga.
Agar dastlabki bosqichda tajribadagi ko’rsatkichlarning daraja qiymatlari Keyingi bo’limlar ma’lumotlari ijobiy o’zgarishlar dinamikasini namoyish yetadi tajriba sinflarida
Boshlang’ich umumiy ta’lim bosqichida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish va tarbiyalash dasturini amalga oshirish natijasida o’quvchilarning yutug’i ta’minlanishi lozim:
ta’lim natijalari-talaba ma’lum bir faoliyatda ishtirok yetish natijasida olgan ma’naviy va axloqiy yutuqlari (masalan, u tadbirda ishtirok yetish orqali o’zi va boshqalar haqida ba’zi bilimlarni, mustaqil harakatlar tajribasini, qadriyat sifatida nimanidir boshdan kechirgan va his qilgan);
ushbu ta’sir-natijaning oqibatlari, natijaga yerishish nimalarga olib keldi (o’quvchining shaxs sifatida rivojlanishi, uning kompetentligi, o’zligini shakllantirish va h.k.).
Shu bilan birga, samaraga yerishish — talaba shaxsini rivojlantirish, uning ijtimoiy vakolatlarini shakllantirish va boshqalar hisobga olinadi. - o’qituvchining ta’lim faoliyati, ma’naviy-axloqiy rivojlanish va ta’limning boshqa subyektlari (oila, do’stlar, yaqin atrof-muhit, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va boshqalar) tufayli mumkin bo’ladi.), shuningdek talabaning o’z harakatlari. Ta’lim natijalari uch darajaga bo’linadi.
Natijalarning birinchi darajasi-bu talabalar tomonidan ijtimoiy bilimlarni yegallash (ijtimoiy normalar, jamiyat tuzilishi, jamiyatdagi ijtimoiy ma’qullangan va ma’qullanmagan xulq-atvor shakllari va boshqalar.), ijtimoiy haqiqat va kundalik hayotning asosiy tushunchasi. Ushbu natijalarga yerishish uchun talabaning o’qituvchilari bilan o’zaro munosabati (asosiy va qo’shimcha ta’limda) u uchun ijobiy ijtimoiy bilim va kundalik tajribaning muhim tashuvchisi sifatida alohida ahamiyatga ega.
Natijalarning ikkinchi darajasi-talabalar tomonidan tajriba orttirish va jamiyatning asosiy qadriyatlariga ijobiy munosabat, umuman ijtimoiy voqyelikka qadriyat munosabati. Ushbu natijalarga yerishish uchun o’quvchilarning sinf darajasida, ta’lim muassasasida bir-biri bilan o’zaro ta’siri, ya’ni bola olingan ijtimoiy bilimlarning birinchi amaliy tasdig’ini oladigan (yoki olmaydigan) himoyalangan, do’stona prosocial muhitda ularni qadrlay boshlaydi (yoki rad yetadi).
Natijalarning uchinchi darajasi-talaba tomonidan mustaqil ijtimoiy harakatlarning dastlabki tajribasini yegallash, yosh o’quvchida ijtimoiy maqbul xulq-atvor shakllarini shakllantirish. Faqatgina mustaqil ijtimoiy harakatda inson haqiqatan ham fuqaro, ijtimoiy faol, yerkin shaxsga aylanadi (va nafaqat qanday bo’lishni o’rganadi). Ushbu natijalarga yerishish uchun talabaning ta’lim muassasasidan tashqarida, ochiq jamoat muhitida turli xil ijtimoiy aktyorlar vakillari bilan o’zaro aloqasi alohida ahamiyatga ega.
Natijalarning bir darajasidan ikkinchisiga o’tish bilan tarbiyaviy ta’sirlar sezilarli darajada oshadi:
birinchi darajada ta’lim o’rganishga yaqin, ta’lim mavzusi esa o’qitish sifatida ilmiy bilim emas, balki qadriyatlar haqidagi bilimdir;
ikkinchi darajada ta’lim maktab o’quvchilarining hayoti sharoitida amalga oshiriladi va qadriyatlar ular tomonidan individual axloqiy yo’naltirilgan harakatlar shaklida o’zlashtirilishi mumkin;
Uchinchi darajada talabalarning axloqiy yo’naltirilgan ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda ishtirok etishlari va axloqiy xulq-atvor va hayot tajribasi elementlarini egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Shunday qilib, qadriyatlar haqidagi bilimlar haqiqiy, ongli xulq-atvor motivlariga aylanadi, qadriyatlar qadriyatlari talabalar tomonidan tayinlanadi va ularning shaxsiy ma’nosiga aylanadi, talabalarning ma’naviy va axloqiy rivojlanishi nisbiy to’liqlikka yetadi. Ta’lim natijalarining bir darajasidan boshqasiga o’tish izchil, bosqichma-bosqich bo’lishi kerak. O’quv natijalarining uch darajasiga erishish talabalarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish va tarbiyalashning muhim ta’sirlari paydo bo’lishini ta’minlaydi—o’zbek xalqining o’ziga xosligi asoslarini shakllantirish, asosiy milliy qadriyatlarni egallash, axloqiy o’zini anglashni rivojlantirish, ma’naviy va ijtimoiy-psixologik salomatlikni mustahkamlash, ijobiy hayotga munosabat, odamlar va jamiyatga ishonch va boshqalar. Boshlang’ich umumiy ta’lim bosqichida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish va tarbiyalash yo’nalishlarining har biri uchun quyidagi tarbiyaviy natijalar ta’minlanishi lozim va ularga o’quvchilar erishishi mumkin.

Yüklə 216,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə